"Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish – eng muhim vazifamizdir" Reja



Download 9,46 Mb.
Sana23.03.2022
Hajmi9,46 Mb.
#507137
Bog'liq
EIZт

"Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish – eng muhim vazifamizdir"

Reja

  • Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida.
  • O’zbekistonda mavjud erkin iqtisodiy zonalar.
  • Ularga berilgan imtiyozlar.

1. Erkin iqtisodiy zonalar


Erkin iqtisodiy zonalar-davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xoʻjalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar koʻp hollarda davlatlararo tutash hududlarda (bir necha davlatlarning chegaralari tutashgan hudud), xalqaro aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yoʻllari tutashgan hududlarda tashkil etiladi.
Erkin iqtisodiy zonalarni hozirgi zamon iqtisodiy integratsiya jarayonlarining mahsuli, deb qarash unchalik toʻgʻri emas. Uning tarixi juda koʻhna. Erkin iqtisodiy zonalar tarixi mil.oldingi davrlarga borib taqaladi. Qadimiy yunonlar va rimliklar savdo ishlarini rivojlantirish maqsadida chet el savdo kemalarining oʻz portlariga erkin kirib chiqishini va ularning xavfsizligini taʼminlaganlar. 16 va 17-asrlarda Yevropaning qator shaharlari oʻzlarini "erkin savdo shaharlari" deb eʼlon qilganlar. Buyuk Amir Temur davrida Samarqand ana shunday erkin savdo markazi boʻlgan, mamlakatning barcha karvon yoʻllari hokimiyat himoyasiga olingan.
2. Oʻzbekistonda Erkin iqtisodiy zonalar gʻoyasi milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun ijobiy baholandi. Shu bois 1996-yilning 25-aprelda mamlakat parlamenti Oʻzbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida" qonunini qabul qildi. Bu qonun chet el investitsiyalari, savdo va sanoat sohalarining rivojlanishi, aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash uchun qulay sharoit yaratishga meʼyoriy huquqiy asos yaratdi.
Mamlakatimiz hududlarining ishlab chiqarish, resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash, transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarning alohida o‘rni bor.
Bugungi kunda mamlakatimizda 23 ta erkin iqtisodiy va 348 ta kichik sanoat zonasi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda umumiy qiymati 2,6 milliard dollarlik 453 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 36 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Kichik sanoat zonalarida esa 5 trillion so‘mlik 1 ming 497 ta loyiha ishga tushirilib, 36 mingdan ziyod kishining bandligi ta’minlangan.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning 2008 yil 2 dekabrdagi PF-4059-sonli “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil qilish to‘g‘risidagi farmoniga asosan tashkil qilindi. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 500 gektarli yer uchastkasida joylashgan. 2016 yil holatiga ko‘ra Navoiy viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi zamonaviy korxonalar soni 55 tani tashkil etadi. Shundan, Navoiy shahrida 18 ta, Zarafshon shahrida 4 ta, Karmana tumanida 23 ta, shundan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida 18 ta, Konimex, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida 2 ta, Nurota, Tomdi, Uchquduq va Xatirchi tumanlarida 1 tadan xorijiy investitsiya ishtirokidagi zamonaviy korxonalar faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning 2013 yil 18 martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan tashkil qilindi. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida 19 zamonaviy korxona ishga tushirildi. Erkin iqtisodiy zonaning Jizzax shahridagi hududida 363,7 gektar maydonda 14, Sirdaryo viloyatidagi filialining 150 gektar maydonida 5 loyihani amalga oshirishgan va korxonalarda mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan. Hozirgi kunda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida avtomobillar va yuk mashinalari uchun tormoz kolodkalari, televizor, konditsioner, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mikroto‘lqinli pech, svetodiodli lampalar, polipropilen iplar, video va IP telefonlar, telekommunikatsiya uskunalari, internet tezligini oshiruvchi butlovchi qismlar kabi turli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2013 yil 13 apreldagi PF-4436- sonli “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risidagi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 26 oktyabrdagi farmoniga muvofiq ushbu hudud “Angren” erkin iqtisodiy zonasi deb ataldi hamda imkoniyatlari va imtiyozlari kengaytirildi. “Angren” erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda quyidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyat olib bormoqda. “Poli teknoloji” korxonasida konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.“Angren” shakar zavodining foydalanishga topshirilishi bilan bu yerda yiliga 300 ming tonna tayyor mahsulot yetkazib berish imkoniyati yaratildi. Angren quvur zavodi misdan yiliga 8 ming tonna elektrotexnika, kimyo sanoati, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun zarur hisoblangan quvurlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi N PF-4931- sonli farmoniga asosan “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini jadallashtirish va kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining muvofiq EIZ ishtirokchilari:

  • - yer solig‘i, foyda solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari umumta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar;
    - o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
    - respublikada ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kelinadigan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini jadallashtirish va kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiya hajmiga bog‘liq ravishda 3 yildan 10 yil muddatgacha beriladi, shu jumladan ekvivalentda:

  • - 300 ming AQSh dollaridan 3 mln AQSh dollarigacha investitsiya kiritilganda — 3 yil muddatga;
    - 3 mln AQSh dollaridan 5 mln AQSh dollarigacha investitsiya kiritilganda — 5 yil muddatga;
    - 5 mln AQSh dollaridan 10 mln AQSh dollarigacha investitsiya kiritilganda — 7 yil muddatga;
    - 10 mln AQSh dollari va undan ortiq investitsiya kiritilganda — 10 yil muddatga, keyingi 5 yil mobaynida foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi stavkalari amaldagi stavkalardan 50 foiz past miqdorda qo‘llanilgan holda beriladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 9,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish