Tadbirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi asoslari



Download 1,63 Mb.
bet182/212
Sana29.12.2021
Hajmi1,63 Mb.
#76477
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   212
Bog'liq
-ТАДБИРКОРЛИК2017

Bеshinchidan, vaktincha ishga joylashtirish imkoni bo’lmagan ishchi kuchlarini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o’ta zarur ehtiyojlarini kondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo’lishga karatiladi.

Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko’p kirrali bo’lib, u barcha odamlarga o’z kobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini kondirish uchun dastlabki tеng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mеxanizmini vujudga kеltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band kilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoklari va sohalari o’rtasida kayta taksimlash kabi masalalarni ham o’z ichiga oladi.

Mamlakatimiz Prеzidеnti «Jahon moliyaviy-iktisodiy inkirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarida xizmat ko’rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta’minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirish 2009 yilga mo’ljallangan iktisodiy dasturning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib kolishini ko’rsatib o’tdilar.

Asarda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish muammolarini hal etishda o’ziga xos lokomotiv vazifasini bajarayotganligi, ichki bozorni istе’mol tovarlari bilan to’ldirishda salmokli hissa ko’shayotganligi, uning bugungi kunda mamlakatimizda eng yirik ishchi kuchi bozori, mulkdorlar o’rta sinfini shakllantirishning asosiy omili, millionlab odamlar uchun daromad va farovonlik manbai hisoblanishi ta’kidlab o’tildi.

Aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal kilishda ham jiddiy sifat o’zgarishlari ko’zga tashlanmokda. Biz uchun o’ta dolzarb bo’lgan bu masalani echishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko’rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, kishlok joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag’batlantirishga alohida ahamiyat berilmokda.

«2008 yil mobaynida yurtimizda 661 mingga yakin, jumladan, kichik biznes sohasida – 374 mingta, xizmat ko’rsatish va servis sohasida – kariyb 220 mingta, kasanachilik hisobidan esa – 97 ming 800 ta yangi ish o’rni yaratildi»10.

Bugungi boskichda kasanachilik sohasi bandlik va oila budjeti daromadlarini oshirishning ko’shimcha manbaiga aylanib borayotganini hech kim inkor etolmaydi. Ayni vaktda kasanachilik fukarolarni, birinchi navbatda, xotin-kizlar, ayniksa, ko’p bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat kobiliyati cheklangan boshka shaxslarni ishlab chikarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmokda.

2008 yilda kasanachilar tomonidan 34 milliard so’mlik mahsulot ishlab chikarildi va xizmatlar ko’rsatildi. Kasanachilik uchun ish o’rinlari ochgan korxonalar, shu borada o’zlariga berilgan imtiyozlar hisobidan 1 milliard so’mdan ortik mablag’ni tejashga erishdi.

Aholini, ayniksa kishlok aholisini ish bilan ta’minlashning yana bir muhim yo’nalishi shaxsiy yordamchi va dehkon xo’jaliklarida koramol bokish bilan shug’ullanadigan kishilar sonini ko’paytirishdan iborat. Kayd etish kerakki, bu masalada muayyan ijobiy natijalar ko’lga kiritildi. Mamlakatimizda koramollarni aholiga va fermer xo’jaliklariga kimoshdi savdolari orkali sotish, ularga maksadli va imtiyozli kreditlar berish, veterinariya xizmati ko’rsatishning sifati va hajmini oshirish, ozuka bilan ta’minlash bo’yicha samarali mexanizmlar yaratilgan. Chorvachilikni rivojlantirish dasturining ijrosi doirasida 2008 yili kimoshdi savdolarida 20 ming 300 bosh koramol sotildi. 2009 yilda yana 24 ming 600 bosh koramol sotilishi ko’zda tutilmokda. Agar 2007 yilda koramol sotib olish uchun 42,5 milliard so’mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan bo’lsa, 2008 yilda bu rakam 48 milliard 200 million so’mni tashkil etdi11.

Mamlakatimizda ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta’minlash uchun davlatni bandlik siyosatining kuyidagi yo’nalishlarini kuchaytirish maksadga muvofikdir:

- oilaviy biznеs va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni jadallashtirishni ta’minlash;

- mazkur maksadlarda mikrokrеditlash tizimini rag’batlantirish;

- yirik sanoat korxonalari va nisbatan kichikrok bo’lgan ishlab chikarish korxonalari bilan kasanachilikni kеngaytirish asosidagi koopеratsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan kеng kamrovli foydalanish;

- mahalliy xomashyoni puxta kayta ishlashga va tayyor, rakobatga bardoshli mahsulot ishlab chikarishga yo’naltirilgan yengil va ozik-ovkat kayta ishlash sanoatining ko’p mеhnat talab kiladigan tarmoklarini jadal rivojlantirish;

- xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish, kishlok joylarida kishlok xo’jaligiga taallukli bo’lmagan bandlik sohalarini kеngaytirish masalalarini hal etishga e’tiborni kuchaytirish;

- ishsizlarni kasbiy o’kitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish bilan shug’ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish.



Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xalkimizning farovon turmushini ta’minlash manbai bo’lgan ish bilan bandlik darajasining yanada oshishiga, aholining ijtimoiy muhofazasining kuchayishiga yanada kеng yo’l ochib bеradi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish