1.Ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirish.Kasaba uyushmalar nuktai nazaridan ish hakini oshirishning eng kulay usuli ishchi kuchiga bo’lgan talabni kengaytirish hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talabning ortishi natijasida ish haki stavkasi ham, ishchi o’rinlari soni ham ortadi. Kasaba uyushmalari bu talabni belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o’zgartirish yo’li bilan ishchi kuchiga bo’lgan talabni ko’’aytirish mumkin. Xususan, ular kuyidagilarga erishishga harakat kiladi: 1) ishlab chikariladigan mahsulot yoki ko’rsatiladigan xizmatga talabni oshirish; 2) mehnat unumdorligini oshirish va 3) ishchi kuchi bilan birgalikda foydalanadigan boshka ishlab chikarish omillari narxlarini o’zgartirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |