OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
“TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV” fakulteti
“ RAQAMLI IQTISODIYOT ” kafedrasi
“Informatika o’qitish metodikasi” yo’nalishi
2 - bosqich 203 - guruhi talabasi
Soataliyev Sardorning
INFORMATIKA fanidan
11- LABORATORIYA MASHG’ULOT
DENOV-2020
Laboratoriya mashg’ulot: №11
Mavzu: Iqtisodiy masalalarni Excel dasturi yordamida yechish.
Ishdan maqsad: Excel dasturining imkoniyatlarini o’rganish.
Topshiriqlar:
1. Iqtisodiy masalalar haqida ma’lumot bering
2. Radianda berilgan burchak qiymatlarini ГРАДУСЫ funksiyasi orqali graduslarga
aylantiring: 25, 34, 48, 69, 94, 120, 150, 175, 203, 245
Tabiiy resurslar yer yuzi bo’ylab notekis joylashgan. Ayniqsa, Fos ko’rfazi
mamlakatlari neft va gazga, And mamlakatlari mis va polimetalga, shimoliy
yarimsharning o’rta kengliklari va ekvatorial mintaqa hududlari o’rmonlarga ancha
boy. Rossiya, AQSh, Xitoy, Kanada, Braziliya, Avstraliya kabi yirik mamlaktlar
tabiiy resurslarning deyarli barcha xillari bilan yaxshi ta’minlangan. Davlatning
iqtisodiy rivojlanishida tabiiy resurslarning ham ahamiyati beqiyos. Sanoatlashish
jarayonining dastlabki bosqichlarida asosiy xo’jalik tarmog’i bo’lmish sanoatning
joylashishi tabiiy resurslar, dastavval, foydali qazilmalar geografiyasi bilan
belgilangan. Jumladan, og’ir sanoat tarmoqlari toshko’mir va temir rudasi mavjud
konlar hamda havzalarga joylashtirilgan. FTI davrida esa bu jarayon birmuncha
o’zgargan bo’lsa-da, tabiiy resurslarning ahamiyati va iqtisodiyotdagi roli pasaygani
yo’q. Mamlakat qancha resurslarga boy bo’lsa, uning salohiyati va iqtisodiyotining
rivojlanishi shuncha yuqori bo’ladi.
Tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish uchun ularni analiz,
sintez, prognoz qilib borish talab etiladi. Xususan, tabiiy resurslarning miqdori va
xususiyatlariga bog’liq holda, ularga tegishli hisoblashlarni amalga oshirish juda
muhim va ahamiyatli hisoblanadi.
Inson ehtiyoji uchun eng asosiy resurslardan biri – suv hisoblanadi.
Sayyoramiz yuzasining deyarli 71 % qismi suvdan iborat bo’lsa-da, suv qobig’idagi
suvning 96,5 % qismi sho’r – iste’molga yaroqsiz dengiz suvlaridir.
Aholi va barcha ishlab chiqarish tarmoqlari, asosan, toza chuchuk suvni
iste’mol qiladi. Yaqin-yaqinlargacha suv ham havo kabi tabiatning to‘kin in’omi va
uning zaxiralari chegaralanmagan, deb hisoblanar edi. Lekin, amalda unday emas.
Chunki, chuchuk suv resurslari gidrosfera umumiy hajmining atigi 2,5 foizinigina
tashkil qiladi. Buning ustiga, chuchuk suvning asosiy qismi yer sharining chekka,
foydalanish qiyin bo‘lgan Antarktida, Arktika, Grenlandiya va dunyoning baland
tog‘lari bag‘ridagi ko‘plab qor va muzliklarda to‘plangan. Bundan xulosa shuki,
aholi faol hayot kechiradigan yer sharining asosan, mo‘tadil, tropik mintaqalari
chuchuk suv bilan ancha kam ta’minlangan.
Insoniyatning chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyojini qondiradigan asosiy manba
daryolar bo‘lib, ulardagi suvning umumiy miqdori atigi 47 ming km3 hisoblanadi.
Buning ustiga, bu suvning eng ko‘p qismi aholi ancha siyrak yashaydigan dunyoning
shimoliy va ekvatorial mintaqa hududlari bo‘ylab oqadi va ulardan har taraflama
foydalanish ancha qiyin.
Chuchuk suvga bo‘lgan talab uzluksiz oshib bormoqda. Chuchuk suv,
ayniqsa, ishlab chiqarish (sanoat va qishloq xo‘jaligi) ehtiyojlari uchun eng ko‘p
sarflanmoqda. Iste’mol suvidan foydalanish hajmining tez o‘sib borishi jahonda
chuchuk suv tanqisligining yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu bois, ayniqsa, chuchuk suvdan unumli foydalanish va isrof bo’lishiga yo’l qo'ymaslik lozim.
Yillar davomida ma’lum jarayonning o’zgarish grafigini tasvirlash uchun,
avvalo, ma’lumotlarni o’zaro jamlab olish lozim. Masalan, jahonda chuchuk suvdan
foydalanish hajmi 1950-yil 1100 km3
, 1980-yil 3300 km3
, 1990-yil 4100 km3
, 2000-
yil 4780 km3
, 2012-yilda esa 5500 km3 ni tashkil qildi. Ushbu ma’lumotlarga
tayangan holda, vertikal va gorizantal chiziqlardan iborat asosli diagramma
shakllantiriladi. Ushbu jarayonda vertikal holatda foydalanilgan qiymatlar,
gorizantal chiziq bo’ylab chapdan o’ngga qarab yillar joylashtiriladi. Shuningdek,
jarayon davomida masshtab qabul qilib olish lozim. Masalan, vertikal holatda 1 sm
balandlik 1000 km3 va h.z. Ma’lumotlarni chizmada aks ettirish orqali mazmun
yanada yorqinroq namoyon bo’ladi hamda tasavvurni shakllantirishda juda katta
ahamiyat kasb etadi (1-rasm).
1-rasm. Chuchuk suvdan foydalanish dinamikasi
Demak, foydalanish hajmi tadrijiy o’sib bormoqda. Bu kabi grafiklarni
boshqa jarayonlar uchun ham shakllantirish yuqori samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |