O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV" FAKULTETI
"MOLIYA VA BANK ISHI" KAFEDRASI
2-Bosqich 6MM-20 guruh talabasi
Omonov Husniddinning Biznesni rejalashtirish
Fanidan ‘‘Qurilish mollari do’koni ochish” bo’yicha
BIZNES REJASI
DENOV-2022
MUNDARIJ
1.Rezume
2.Do’kon tavsifi
3.Bozor va raqobatchilar tahlili
4.Marketing rejasi
5.Ishlab chiqarish rejasi
6.Tashkiliy tuzilma va xodimlar
7.Tavakkalchiliklar tahlili
8.Moliyaviy reja
Ilovalar
1.Rezume
Ushbu loyiha Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi 6mm-20 guruh talabasi Omonov Husniddin tomonidan ishlab chiqildi.
Loyihaning maqsadi Qurilish binolariga kerakli qurilish mollarini yetkazib berish. Shuningdek aholini yangi qurilish mollari bilan qiziqtirish. Aholiga sifatli va arzon qurilish mollari bilan ta‘minlash va aholini yashash tarzini yaxshilashga qaratilgan.
Do’kon binosi Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani Jahon bozori hududida joylashgan. Ushbu loyiha amalga oshirilishi bilan tuman aholisi va qo‘shni tumanlar aholisini do‘kondan qurilish mollari xarid qilishi bilan vaqti va moliyaviy harajatlari tejaladi.
Loyihaning umumiy qiymati 130.000.000 so’mni tashkil qiladi.
Har bir sotilayotgan tovar uchun qo’yiladigan o‘rtacha foiz 20% bo’ladi. Bir oyda Qurilish mollari do‘koning sof foydasi 10 000 000 so‘m tashkil qiladi. Do‘kon bir yil davomida 44 400 000 so‘m xarajat qiladi. Bir yil davomida do‘konning sof foydasi 120 000 000 so‘mni tashkil etadi.
2.DO’KON TAVSIFI
Do’kon binosi Qiziriq tumanidagi Jahon bozori hududida joylashgan. Ushbu loyiha amalga oshirilishi bilan Qiziriq tumanidagi va qo‘shni tumanlar, aholisini sifatli va arzon qurilish mollari bilan ta‘minlashni ko‘zda tutadi.
3.Bozor va raqobatchilar tahlili
Surxondaryo Viloyati Qiziriq tumanidagi Jahon bozorida qurilish mollariga bo‘lgan talabining yaxshiligi va xaridorni ko‘pligi tufayli bozorda savdo ko‘p bo‘ladi.
Qurilish mollari do‘koniga talabning borligi va raqobatchi do‘konlar kamligi uchun.
4.Marketing rejasi
Qurilish mollari do’koni tashkil etilishidan avval hududdagi istemolchilarni qanaqa tovarlarga bo‘lgan talabi o’rganib chiqiladi. Keyin turli xil plakatlar orqali do‘kondi tashqi tomoniga reklama asosida quyiladi. Shu jumladan onlayn savdo ishlari ham yo‘lga quyiladi. Onlayn savdo ishlari yo‘lga quyilgandan keyin xaridorni qaysi tavorga bo‘lgan talabini ko‘pligidan kelib chiqib, aholiga sifatli va arzon qurilish mollari do‘konga keltiriladi.
5.Ishlab chiqarish rejasi
Mazkur faoliyat savdo va xizmat ko’rsatish sohasiga tegishli bo’lib Surxondaryo Viloyati Qiziriq tumani Jahon bozori hududida qurilish mollari savdosini amalga oshiradigan do’kon.
Loyiha bo’yicha mablag’larning sarflanishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |