Tadbirkorlik


 BIZNES-INKUBATORLAR VA TADBIRKORLIKDA



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

7. 4 BIZNES-INKUBATORLAR VA TADBIRKORLIKDA
ULARNING ROLI
Biznes-inkubatorlar birinchi bo‘lib XX asming 50- yillarida Buyuk 
Britaniyada paydo bo‘lgan. Ammo Amerika Qo‘shma Shtatlarida,3 xu- 
susan, 1983- yildan keyin tez rivojlanib, hozir 575 tadan, butun dun- 
yoda esa 2000 tadan oshib ketgan. Biznes - inkubatorlaming bunday 
tez rivojlanishiga quyidagi uch omil olib keldi:
- o ‘sha paytda inqirozga yuz tutgan shahar markazlarini qayta jon- 
lantirish;
- investitsiyalarda innovatsiya faoliyati va tadbirkorlik faolligini 
rag‘batlantirish;
- xususiy investorlar uchun jozibador shart-sharoitlar yaratib bera­
digan inkubatorlar ochish bo‘yicha tashabbuskorlik.
Biznes-inkubator - bu kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish 
va ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratishga ixtisoslashgan tashkilotdir. Ularning asosiy vazifasi yangi 
tuzilgan korxonalar rivojlanishining boshlang‘ich bosqichlarini oson- 
lashtirish, tadbirkorlarni o'qitish, tadbirkorlik subyektlarini tezroq 
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ayrim resurslar taqdim 
etish hisoblanadi.
Biznes-inkubatorlaming asosiy maqsadi - biznes-inkubatorga kir- 
gan va ikki yoki uch yildan so‘ng undan chiqib, mustaqil yashay 
oladigan barqaror tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishdir. Yangi 
korxonalar, ayniqsa, kichik korxonalar tuzilgandan so‘ng anchagina 
muammolar va qiyinchiliklarga duch keladilar, ularni qo‘llab-quvvatla- 
masa, ko‘pchiligi sinib ketishi mumkin. Ana shunday muammolar va 
qiyinchiliklami osonroq yengib chiqishlari uchun biznes-inkubatorlar 
turli yo'nalishlarda qo‘llab-quvvatlaydilar: ularga maqbul shartlarda bi- 
nolar, inshootlar va boshqa ishlab chiqarish vositalari berish, tadbirkor- 
lami o ‘qitish, ularga turli xizmatlar ko‘rsatish, moliyaviy va psixologik 
qo‘llab-quvvatlash va boshqalar.
123


Biznes-inkubatorlar mijozlari ikki guruhga - ichki va tashqi mijoz- 
larga ajratiladi. Biznes-inkubatorlar hududida o ‘z ishlab chiqarishlari 
va offislarini joylashtirgan kichik tadbirkorlik korxonalari ichki mijoz- 
lar (subyektlar) hisoblanadilar. Biznes-inkubatorlar hududidan tashqa- 
rida joylashgan, ammo biznes-inkubator xizmatlaridan foydalanishda 
ichki mijozlar bilan teng huquqlarga ega bo‘lgan kichik tadbirkorlik 
korxonalari tashqi mijozlar (subyektlar) hisoblanadilar. Tashqi mijozlar 
doimiy va bir martalik bo‘lishi mumkin. Bir martalik mijozlar inku- 
batsiya dasturiga kirmasdan, biznes-inkubator xizmatlaridan foydalan- 
ishlari mumkin, lekin bozor narxlarida haq to‘laydilar.
0 ‘zbekistonda biznes-inkubatorlar tuzish respublika Davlat mulki 
qo‘mitasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi bilan 
hamkorlikda 1996- yildan boshlab “O ‘zbekistonda biznes-inkubator- 
lar tizimini tashkil qilish va rivojlantirish” qo‘shma loyihasi asosida 
amalga oshirilgan. 0 ‘zbekistonda hozirgi kunda 36 ta biznes-inkubator 
faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning rivojlanishi va faoliyatini talablar 
darajasiga ko‘tarish, qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qi­
lish maqsadida respublikada 2000- yilda nodavlat notijorat tashkiloti 
“Biznes-inkubatorlar va texnoparklar uyushmasi” tuzilgan.
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxslar ishni ni- 
madan boshlashni bilmay, qiynaladi. Shunday paytda biznes-inkuba­
torlar yordamga kelib, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Kichik tadbirkorlik 
korxonalari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish maqsadida, ularni 
ikki yilgacha bo‘lgan muddatda biznes-inkubatsiya jarayoniga jalb 
etish, tadbirkorlik subyektlariga tashkiliy yordam ko‘rsatish, ularning 
iqtisodiy savodxonligini oshirish, ular uchun kadrlarni qayta tayyorlash 
va kasb-hunarga o ‘rgatish yo‘nalishida qisqa muddatli o‘quv kurslarini 
tashkil etish biznes-inkubatorlarning asosiy vazifalari hisoblanadi. Ular 
o‘zlariga tegishli tushuncha va m a’lumotlami egallab olgach, ushbu 
yo‘nalish bo‘yicha m a’lum bir ijobiy natijalarga erishishlari mumkin. 
Aslida maqsad ham shu - tadbirkorlik subyektlarini bozor iqtisodiyoti 
sharoitida erkin faoliyat yurita oladigan yetuk xo‘jalik yurituvchi sub- 
yekt sifatida shakllantirishdan iborat. Mazkur sohada erishilgan bir qa- 
tor ijobiy natijalar buning yorqin dalilidir. Masalan, biznes-inkubatorlar 
va ulaming subyektlari tomonidan 2005- yilda 5 mlrd so‘mdan ortiq 
miqdorda mahsulot ishlab chiqarilgan va xizmatlar ko‘rsatilgan. Bu 
ko‘rsatkich rejalashtirilgan darajadan 1,5 barobar ko‘pdir.
124


0 ‘tgan davr mobaynida biznes-inkubatorlar tarmog‘idan 167 ta 
subyekt chiqarilgan bo‘lsa, ulardan 146 tasi mustaqil faoliyat yuri­
tish uchun chiqib ketgan. Shu tufayli biznes-inkubatorlarda inkubatsi- 
ya davrini o‘tashni xohlovchi subyektlar soni ortib borgan. Biznes- 
inkubatorlar rahbarlarining malakasini oshirish uchun maxsus o‘quv 
seminarian tashkil etib turiladi. Tadbirkorlar kichik tadbirkorlikni 
qo‘llab-quvvatlash xalqaro dasturlari va aloqalarda ishtirok etib, o‘z 
malakalarini oshirib bormoqdalar.
Biznes-inkubatorlar o‘z faoliyatlarini ikki yo'nalishda olib boradi-
lar:
1) ichki faoliyat bo‘lib, biznes-inkubatorlarda joylashadigan ichki 
subyektlarga tayyorlangan binolar va xonalar, komputer va aloqa vosi- 
talaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish va inkubatsiya 
davrini o‘tishni xohlovchilar sonini aniqlash;
2) tashqi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun 
amaliy texnik yordam va maslahatlar majmuasini taklif etish va amalga 
oshirish.
0 ‘zbekistonda bugungi kunda biznes-inkubatorlar subyektlarining
24 foizi (140 tasi) ichki va 76 foizi (394 tasi) tashqi subyektlar hisob­
lanadi.
Biznes-inkubatorlar konsalting xizmatlaridan foydalangan tad- 
birkorlarning 105 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 
894 mln so‘m va 213 ming AQSh dollari miqdorida kredit va grant 
mablag4lari jalb qilingan. Masalan, “Registon” biznes-inkubatori sub­
yekti “Karvon” xususiy firmasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
qayta ishlash investitsiya loyihasini moliyalash uchun Buyuk ipak yo'li 
bankining 20 mln so‘mlik imtiyozli krediti jalb qilindi. “Angor” biznes- 
inkubatori subyekti “Biznesga-ko‘maklashish” markaziga Yevropaning 
“Qishloqlami rivojlantirish” dasturidan 10000 yevro miqdorida grant 
ajratilgan. “Jizzax” biznes-inkubatori subyekti “Munira-Sherzod” xu­
susiy firmasiga kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 10 mln 
so‘mlik imtiyozli kredit olishga yordam berildi.
Umuman olganda, 2005- yilda 1500 dan ortiq tadbirkorlar, dehqon 
va fermer xo‘jaliklari, kichik tadbirkorlik subyektlariga katta miqdorda 
konsalting xizmatlari ko‘rsatilgan. Inkubatsiya davrining jozibadorligi- 
ni va bu jarayonga tadbirkorlaming qiziqishini oshirish maqsadida sub­
yektlar umumiy sonining kamida 50 foizini qamrab olish uchun tegishli
125


chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Natijada biznes-inkubatorlar va ulaming 
hududiy boMinmasiga bino ajratish, uni ta’mirlash bo‘yicha muayyan 
ishlar amalga oshirildi. Buning uchun kerakli mablag‘lar 0 ‘zbekiston 
Davlat mulki qo‘mitasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot das­
turi, mahalliy hokimiyatlar tomonidan ajratib berilgan. Tadbirkorlik 
subyektlariga xizmat ko‘rsatishning yangi turlarini tashkil etish maqsa­
dida xalqaro donor tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator loyihalar 
amalga oshirilmoqda.
Osiyo Taraqqiyot banki “Kichik korxonalarni rivojlantirish bi­
lan yangi ish o'rinlari yaratish” loyihasining “lizing” komponenti 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi biznes-inkubatorida yaxshi yo'lga 
qo‘yilgan. Lizing jam g‘armasi 200 mln AQSh dollarini tashkil etib, 
tadbirkorlaming 197 mln so‘mlik 13 ta loyihasini moliyalash hisobidan 
152 ta asbob-uskuna xarid qilindi, qisloq hududlarida 208 ta yangi ish 
o‘rinlari yaratildi. “Pragma” korporatsiyasi bilan “Tadbirkor” biznes- 
inkubatori hamkorligida “Mintaqaviy savdo-sotiqni rivojlantirish” lo- 
yihasiga ko‘ra Xorazm viloyatida ishlab chiarilgan mahsulotlami elek­
tron savdo orqali eksportini kengaytirishga m o‘ljallangan, ishlab chiqa- 
riladigan eksportbop mahsulotlar to'g'risidagi m a’lumotlar internetda- 
gi maxsus saytga joylashtirilgan. “Muborak” biznes-inkubatori qoshi- 
dagi “Yangiliklarga ko‘maklashuvchi markaz” tomonidan Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining grant mablag‘lari evaziga 
Muborak tumanida yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy xomashyo -
jundan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sexi, “Angor” biznes-inku­
batorida mikrolizing xizmati tashkil etildi. Qishloq xo‘jaligi korxonala- 
rini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Boyovut” biznes-inkubatori tuman 
dehqon-fermer uyushmasi va bir necha fermer xo‘jaliklari bilan ham­
korlikda kichik mashina-traktor parki (MTP) tuzildi. Biznes-inkubator 
mijozlari ishtirokida biznes-inkubatorlarda kredit uyushmalari va sav­
do maydonchalari tashkil etish bo‘yicha o ‘quv seminarian o ‘tkazildi.
Tadbirkorlik subyektlarini axborot-maslahat yo‘li bilan qo‘llab- 
quvvatlashni yaxshilash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
biznes-inkubatsiya va kichik tadbirkorlik korxonalarini qo'llab-quvvat- 
lash jarayoniga tadbiq etish maqsadida jahon banki dasturining grant 
mablag‘lari hisobiga va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda 
kichik biznes va tadbirkorlik uchun m o‘ljallangan internet portal ishlab 
chiqildi. Mazkur portal tadbirkorlami biznesni tashkil etish tartib-qoi-
126


dalari bilan tanishtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, zamo- 
naviy texnika, texnologiya va investitsiyalami jalb qilish, qo‘shma 
loyihalami amalga oshirish uchun hamkorlar va sarmoyadorlar bilan 
aloqa o ‘matishda muhim ahamiyat kasb etadi. Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Taraqqiyot dasturining molyaviy ko‘magida barcha hudud- 
lardagi biznes-inkubatorlar qoshida xususiy tadbirkorlikni axborot bi­
lan ta’minlash markazlari tuzilgan. Markazlarda 400 dan ortiq tadbirkor 
intemetdan foydalanish bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qib chiqdi, 300 
dan ortiq tadbirkor esa doimiy tarzda internetdan m a’lumot olmoqda.

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish