Tadbirkorlik


— 13. Sertifikatlash 19 32 14. Bank operatsiyalari 19 '  -



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari


13. Sertifikatlash
19
32
14. Bank operatsiyalari
19

-
Jadvaldan respublikada tadbirkorlikni tashkil etish, amalga oshirish 
va rivojlantirishdagi muhim masalalami hal qilishga xalaqit beradi- 
gan ko‘pgina qiyinchiliklar mavjudligi ko‘rinib turibdi. Mavjud qiyin- 
chiliklar va muammolarni tezroq bartaraf etish tadbirkorlikning yanada 
rivojlanishiga sezilarli yordam bo‘lardi.
3. 
2. JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIYINQIROZI
SHAROITIDA MAMALAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY
TARAQQIYOTIDA TADBIRKORLIKNING 0 ‘RNI VA ROLI
“Bugungi kunning eng dolzarb m uam m osi - bu 2008- yilda 
boshlangan jah o n m oliyaviy-iqtisodiy inqirozi, uning ta ’siri va 
salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish y o ‘llarini 
izlashdan iborat”, - deb ta ’kidlaydi 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I. A. Karimov. Bu inqirozning har bir mamlakatga ta’siri, 
undan ko‘riladigan zarar ko‘lami, birinchi navbatda, shu davlatning 
moliyaviy-iqtisodiy tizimining barqarorligi va himoya mexanizmlariga 
bog‘liq. M a’lumki, 0 ‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti barqaror 
yuqori sur’atlarga erishgan. Keyingi yillarda mamalakat yalpi ichki 
mahsuloti yiliga 8 - 9 foizdan ortiq darajada o ‘sib kelmoqda.
Bunday yutuqlarga erishishda tadbirkorlik sohasi ham m a’lum hissa 
qo‘shmoqda. Chunki yalpi ichki mahsulotning qariyb yarmi, ish bilan 
band aholining 76 foizi, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarining qariyb
48


60 foizi aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka to 'g 'ri keladi. 
Demak, tadbirkorlik mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim 
rol o ‘ynaydi va salmoqli o ‘rin egallaydi.
Buning ustiga, uning roli, y a ’ni yalpi ichki m ahsulot yaratish- 
dagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda va uni 2010-yilda 50 - 52 
foizga yetkazish m o‘ljallangan (3.1- chizmaga qarang) (manba: 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karim ovning “Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf 
etishning y o ‘llari va choralari” nomli asarini o ‘rganish b o ‘yicha 
o ‘quv qo ‘llanma ( - Т.: 0 ‘zbekiston, 2009) m a’lumotlari asosida 
tayyorlangan).
3. 1- chizma.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi va uning dinamikasi, foizda
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning respublika ijtimoiy- 
iqtisodiy taraqqiyotida muhim rolini e ’tiborga olib, uning rivojlanishi 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. 3.2-chizmada uni qo‘llab-quv- 
vatlash uchun ajratilgan kreditlar va ularning keskin o‘sib borishi aks 
ettirilgan (yuqorida keltirilgan manba).
48
2
2000
2001
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
49


2001
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
3. 2- chizma.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoilab-quvvatlash 
uchun ajratilgan kreditlar, mlrd. so‘m.
2008- yilda korxona va tashkilotlaming soliq yukini yanada kamay- 
tirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to ‘lovi 10 
foizdan 8 foizga, 2009- yildan boshlab esa 7 foizga tushirilishi, jis­
moniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkalarining pasay- 
tirilishi tadbirkorlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada 
izchil rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat 
qiladi. Davlatning qoMlab-quvvatlashi natijasida so'ngi 6 yilda faoliyat 
yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni 1,9 barobar ko‘payib, qa- 
riyb 400 mintaga yetdi.
Istiqbolga m o‘ljallangan dasturlarda tadbirkorlikni rivojlantirish us- 
tuvor yo ‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Bu yo ‘nalishda mamlakat 
Prezidenti tomonidan tadbirkorlik, kichik biznesning maqomi, o ‘rni va 
ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish vazifasi qo‘yilgan va shundan 
kelib chiqqan holda tegishli chora-tadbirlar belgilangan.
0 ‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida kichik biznesni rivojlanti- 
rishga katta ahamiyat berilmoqda. Kichik biznesning ixcham va hara- 
katchanligi, bozor konyunkturasi o ‘zgarishlari va iste’molchilar ehti- 
yojlariga nisbatan tez moslasha olishi uni jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi davrida yangi ish o ‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini 
oshirish borasida eng qulay va maqbul vositaga aylantiradi.
2009- yilda kichik biznesni yanada qo‘llab-quvvatlash vazifasi har 
qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki kichik biz-
50


nes yangi-yangi ish o‘rinlarini yaratib, ish bilan band aholi daromadi- 
ning 70 foizdan ortig‘ini tashkil etmoqda. Shu sababli inqirozga qarshi 
choralar dasturida kichik biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirishga 
alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imti- 
yozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivoj­
lantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida institutsional 
islohotlami yanada chuqurlashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Jumladan, 
yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo4llab-quv- 
vatlash maqsadida imtiyozli kredit jam g‘armasining resurs bazasini 
ikki barobar oshirish ko‘zda tutilgan, berilgan imtiyozlarning amal qi­
lish muddati uzaytirildi, aylanma mablag1 larni to‘ldirish uchun beri­
ladigan kreditlaming eng uzoq muddati 12 oydan 18 oygacha oshirildi.
2009-yil 1-yanvardanboshlabsanoatsohasidafaoliyatko‘rsatayotgan 
kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 8 foizdan 7 foizga 
tushirildi, moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatayotgan mik­
rofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovidan 3 yil muddatga, 
ularning oladigan dividendlarining investisiyalarga va avval olingan 
kreditlar foizlarini qaytarishga yo‘naltiriladigan qismi 5 yil muddatga 
soliqdan ozod etildi. Shuningdek, inqirozga qarshi choralar dasturida
2009-yilda xo‘jalik yurituvchi subyektlami tekshirishlar sonini kamida 
yana 30 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Tadbirkorlik 
subyektlaridan 
hisoblangan 
fermer xo‘jaliklari 
qishloq xo‘jaligida yetakchi o ‘rinni egallaydi. Hozirgi vaqtda fermer 
xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil 
etishning eng samarali shakli ekanligini hayot ko‘rsatmoqda. Fermer 
xo‘jalik]arini moddiy-texnik ta’minlash va moliyalash bo‘yicha bo­
zor iqtisodiyoti tamoyillariga to‘la javob beradigan ishonchli tizim va 
mexanizmlar shakllantirildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Fermer xo‘jaliklarini qoMlab-quvvatlash uchun katta moddiy resurs va 
mablag‘lar ajratilmoqda. 2008-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 
eng muhim turlarini yetishtirish uchun 1 trillion so‘m, jumladan, pax- 
ta tayyorlashga 800 milliard so‘m va g ‘alla tayyorlashga 200 milliard 
so‘m mablag1 avans tariqasida berildi, 2009-yilda esa bunday yordam 
yana 200 m illiard so ‘m ga oshirildi. Q ishloq x o ‘jaligi texnikasini 
lizing asosida sotib olish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan jam g‘arma 
hisobidan ushbu maqsadlar uchun 2008-yilda 43 milliard so‘mdan ortiq 
mablag‘lar ajratilgan bo‘lsa, 2009-yilda 58 milliard so‘mdan ko‘proq 
mablag4 yo‘naltirildi.
51


Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday e’tibor va amaliy 
yordam tufayli 2008- yilda fermer xo‘jaliklarining paxta yetishtirish- 
dagi ulushi 99,1 foizni, g‘alla tayyorlashda esa 79,2 foizni tashkil qildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009- yil 15- mayda qabul 
qilgan “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlan­
tirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi Qarori kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish va kuchayti- 
rishga moMjallangan. Bu qarorda kichik biznes va xususiy tadbirkor­
likni yanada rivojlantirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish, mamlakat 
iqtisodiyotining barqaror faoliyat yuritishida uning rolini oshirish, 
yangi ish joylarini shakllantirish va aholi bandligini ta’minlash, shu- 
ningdek, xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish 
uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik subyektlari­
ning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlari 
belgilangan. Ular quyidagilardan iborat:
- tadbirkorlik subyektlarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish 
bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tariflarini pasaytirish;
- tadbirkorlik obyektlarining arxitektura-rejalashtirish topshiriqla- 
rini ishlab chiqish va ularning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o ‘tkazish 
qiymatini kamaytirish;
- tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish uchun boj 
to ‘lovini eng kam ish haqining 2 barobarigacha tushirish (5 barobar 
edi);
- tadbirkorlik subyektlarining banklarda hisob raqam ochish uchun 
to ‘lovlarini eng kam ish haqining 0,5 barobarigacha, qishloq joylarda 
esa 0,1 barobarigacha kamaytirish (1 barobar edi);
- kichik korxona o ‘z uylarida ishlaydigan (kasanachi) xodimlarga 
ega bo‘lganda, xodimlari umumiy soni belgilangan m e’yoridan 30 
foizgacha oshganda ham, kichik korxonalar uchun ko‘zda tutilgan im- 
tiyozlardan foydalanishi;
-jo y la rd a davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari tomoni­
dan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huhuqlariga rioya etilishi 
monitoringini olib borish va natijalarini har chorakda “Kichik va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika mu­
vofiqlashtirish kengashi”ga taqdim etish;
- joylardagi davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlarining 
tadbirkorlar huquqlarini poymol qiladigan yoki cheklaydigan qarorla-
52


rini bekor qilish, bunday qarorlar qabul qilgan mansabdor shaxslami 
javobgarlikka tortish.
Shunday qilib, tadbirkorlik mamlakatda yalpi ichki mahsulot ish­
lab chiqarish, yangi ish o ‘rinlari yaratish va aholi bandligi, daromad- 
lari, farovonligini ta’minlash, mulkdorlar qatlamini shakllantirish, 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolami hal qilishda katta rol o ‘ynaydi va yetakchi o‘rin egallay- 
di. Uning bunday roli va o ‘mi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti 
lokomotivi, yetakchisi maqomini belgilab beradi.

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish