Tadbirkorlik


VI BOB. 0 ‘Z B E K IS T 0N D A TADBIRKORLIK M UHITI



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

92


VI BOB. 0 ‘Z B E K IS T 0N D A TADBIRKORLIK M UHITI
6 .1 . T A D B IR K O R L IK M U H IT IN IN G
M O H IY A T I VA T A R K IB I
Tadbirkorlik faoliyati m uayyan m uhitda tashkil etilishi, amalga 
oshirilishi, rivojlanishi mumkin. Bunday muhit tadbirkorlik uchun ha- 
yotiy zarurdir, chunki bunday muhitsiz tadbirkorlik to ‘g ‘risida gap ham 
bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun tadbirkorlik muhitining maz- 
mun-mohiyatini chuqurroq anglab olish tadbirkorlik faoliyatini to'g'ri 
tashkil etish, samarali olib borish va boshqarishga katta yordam beradi.
Ayrim adabiyotlarda va ommaviy axborot vositalarida tadbirkorlik 
muhiti, shart-sharoitlari, omillari tushunchalarini chalkashtirib yuborish 
hollari uchraydi. Bunday holat esa ularni nazariy o‘zlashtirishda ham, 
amaliy qo‘llashda ham qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuning uchun ular­
ni nazariy jihatdan aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning 
uchun, bizningcha, mazkur tushunchalar aks ettiradigan hodisalar va 
ularning tadbirkorlik faoliyatidagi rolini tahlil etish zarur.
Shuni ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik muhiti, shart-sharoitlari, omil­
lari o‘zaro dialektik aloqadorlikda bo‘lgan hodisalardir. Ularning dialek- 
tikasi shundan iboratki, mazkur hodisalar o ‘zaro chambarchas bog‘liq 
holda mavjud bo‘ladi va harakat qiladi, bir-birlari shakllariga o ‘tib 
turadilar. Tadbirkorlik shart-sharoitlari tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish uchun imkoniyatlar bo‘lib, ular potentsial holda mavjud. Ular 
rcfyobga chiqarilib, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilib, muayyan jara- 
yonda u yoki bu darajada ishtirok qilgan taqdirda tadbirkorlik omili 
rolini bajaradi. Ayrim hollarda bir jarayonda ishtirok etgan omil boshqa 
bir jarayonda ishtirok etmasligi mumkin. Muayyan jarayonda ishtirok 
etmagan hodisa omil boim ay, potensial imkoniyat darajasida qoladi. 
Shuning uchun tadbirkorlik shart-sharoitlari va tadbirkorlik omillarini 
bir-biridan muayyan faoliyatda, jarayonda qanday darajada ishtirok 
etishiga muvofiq ajratish mumkin. Boshqacha aytganda, muayyan tad­
birkorlik faoliyatida bajaradigan roli, vazifasiga qarab, ularning qaysi-
93


lari tadbirkorlik shart-sharoitlari va qaysilari tadbirkorlik omillari ekan- 
iigi aniqlanadi.
Tadbirkorlik faoliyatida bevosita ishtirok ham unga bevosita ta’sir 
ham etmay, faqat potentsial imkoniyat darajasida yoki shaklida mav­
jud bo‘lgan hodisalar tadbirkorlik shart-sharoitlari b o iib hisoblanadi. 
Ularning ayrimlari tabiatan mavjud bo‘lsa, ayrimlari jamiyat tomo­
nidan yaratiladi va ulardan tadbirkorlik faoliyatida turli darajada foy- 
dalaniladi. Muayyan tadbirkorlik faoliyatida bevosita ishtirok etadigan 
hamda unga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan kuchlar tadbirkorlik omillari 
bo‘lib xizmat qiladi. Tadbirkorlik muhiti esa ularning ikkalasini ham 
o‘z ichiga oladi. Demak, tadbirkorlik muhiti - bu tadbirkorlik shart- 
sharoitlari va tadbirkorlik omillari majmuyidir.
Biz, yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda, tadbirkorlik 
muhiti, uning tarkibi va tasnifiga aniqliklar kiritib, yaxlit bir tizimga 
keltirishga harakat qildik. Tadbirkorlik muhitini quyidagicha tasniflash 
m a’qul deb hisoblaymiz:
1) muhit komponentlarining tadbirkor tomonidan nazorat qilinishi- 
ga qarab:
a) ichki muhit - tadbirkor tomonidan nazorat qilinadigan yoki tad- 
birkorga bog‘liq muhit;
b) tashqi muhit - tadbirkor tomonidan nazorat qilinmaydigan yoki 
tadbirkorga bog'liq bo‘lmagan muhit;
2) muhit komponentlarining tadbirkorlik faoliyatida ishtirok yoki 
ta’sir etish darajasiga qarab:
a) ishki muhitning tadbirkorlik faoliyatida bevosita ishtirok etuvchi 
komponentlari;
b) ichki muhitning tadbirkorlik faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi 
komponentlari;
d) tadbirkorlik faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi maxsus tashqi 
muhit komponentlari.
e) tadbirkorlik faoliyatiga bilvosita ta’sir etuvchi umumiy tashqi 
muhit komponentlari;
3) muhitning tadbirkorlik faoliyatiga aloqadorligiga qarab:
a) mikromuhit - tadbirkorlik faoliyatiga bevosita aloqador bo‘lgan 
muhit;
b) makromuhit - tadbirkorlik faoliyatiga bilvosita aloqador bo‘lgan 
muhit.
Tadbirkorlik muhitining tasnifi va tarkibi 6.1- chizmada keltirilgan.

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish