Bog'liq Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisob
vakolatli tashkilotlar — qonun hujjatlari bilan davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlarida davlat hisobiga qo‘yish, tadbirkorlik subyektlariga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, litsenziyalar berishga doir funksiyalar zimmasiga yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash, poligrafiya, bank faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari;
3. Ushbu Reglamentga muvofiq quyidagilar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, davlat hisobiga qo‘yishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar o‘zaro hamkorligining asosiy tamoyillari hisoblanadi:
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar harakatlarining avtomatlashtirilganligi;
vakolatli tashkilotlar tomonidan umumiy ma’lumotnomaning dolzarb holatda saqlab turilishi;
arizalarni ko‘rib chiqishda vaqt, mehnat va moddiy sarflarni qisqartirish;
ariza beruvchi bilan bevosita muloqot qilmasdan hamkorlik qilishni ta’minlash;
tadbirkorlik subyektlariga qonun hujjatlarida va ushbu Reglamentda belgilangan tartibda ularga taqdim etilgan ma’lumotlar maxfiyligiga rioya etish va ulardan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;
ariza beruvchilardan — tadbirkorlik subyektlaridan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarda mavjud bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilib olishni taqiqlash.
4. Ushbu Reglamentga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorlik tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash tegishli dasturiy-apparat ta’minotidan, ular faoliyatidagi elektron hujjatlar aylanishi, shuningdek Tizimdan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
5. Ariza beruvchilar tomonidan Tizim vositasida taqdim etilgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar mazmunidan kelib chiqib, Tizim:
Ariza beruvchilar tomonidan Tizim vositasida yuborilayotgan hujjatlarga, ma’lumotlarga identifikatsiya raqami va sana beradi;
murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni ularning qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlariga muvofiq aniqlaydi;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarga ariza beruvchilar tomonidan Tizim vositasida taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlardan, shuningdek ushbu Reglamentda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi;
tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni Tizimdagi hujjatlar va ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
6. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va vakolatli tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Tizimdagi mavjud ma’lumotlarning haqiqiy emasligi yoki dolzarb emasligi aniqlanganda Tizim imkoniyatlarida nazarda tutilgan usullarda Tizimga tegishli xabarnomani kiritadi.
Bunda ma’lumotlarida noaniqlik va buzilishlar aniqlangan tegishli organ (tashkilot), Tizimdagi ma’lumotlarda mavjud ma’lumotlar haqiqiy emasligi yoki dolzarb emasligi aniqlangan paytdan boshlab 3 ish soati davomida zudlik bilan ularni to‘g‘rilash va ular to‘g‘rilanganligi to‘g‘risida xabardor qilish choralarini ko‘rishi shart.
Tizim foydalanuvchilari tizim faoliyatidagi kamchiliklar va uzilishlar aniqlangan paytdan boshlab 3 ish soati davomida Tizimda nazarda tutilgan usullar bilan yoki aloqa vositalari orqali maxsus guruhni bu haqda xabardor qilishlari shart.
2-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi tartibi
7. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar, shuningdek ularning tarkibiy tuzilmalari hamkorligi Tizim orqali Tizimning tegishli foydalanuvchilari vositasida amalga oshiriladi.
8. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar Tizimga ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar, ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni o‘z vaqtida kiritishlari (yuklashlari), Tizimda mavjud ma’lumotlar va (yoki) hujjatlarni ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq yangilab turishlari, shuningdek Tizim umumiy ma’lumotnomasini dolzarb holatda saqlab turishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zarur bo‘lganda buyruq qabul qilish yo‘li bilan ushbu Reglamentga ilovaga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritadi hamda bunday buyruq qabul qilingan sanadan keyingi kundan kechiktirmasdan uni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarga yetkazadi.
9. Tizimga kiritilayotgan (yuklanayotgan) hujjatlar va ma’lumotlar qoidaga ko‘ra Tizimga tegishli Tizim foydalanuvchisining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan elektron hujjat ko‘rinishida kiritiladi (yuklanadi) va qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ilgari qog‘oz ko‘rinishida rasmiylashtirilgan va (yoki) berilgan, skaner qilingan hujjatlarni “PDF” (portable document format) formatida Tizim foydalanuvchisining elektron raqamli imzosidan foydalanmasdan Tizimga kiritishga (yuklashga) yo‘l qo‘yiladi.
10. Ma’lumotlar va hujjatlar almashishni unifikatsiyalash uchun Tizim hujjatlarni avtomatik tarzda o‘qishi va quyidagi talablarga muvofiqligini aniqlashi kerak:
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar tomonidan berilayotgan va kiritilayotgan (yuklanayotgan) hujjatlar hamda ma’lumotlar majburiy tartibda tadbirkorlik subyektlarining identifikatsiya raqamiga ega bo‘lishi kerak;
elektron fayl, skaner qilingan hujjatlar va ma’lumotlar nomi hujjatlar va ularning varaqlari sonini identifikatsiyalash imkonini berishi kerak.
Har bir alohida hujjat barcha autentik belgilari haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida skaner qilinishi va kiritilishi (yuklanishi) kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
3-bob. Tadbirkorlik subyektlarini davlat hisobiga qo‘yish tartibi
11. Ariza beruvchi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun so‘rovnoma shakllantirilganda Tizim avtomatik tarzda real vaqt rejimida tadbirkorlik subyektiga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyingi kundan kechiktirmasdan, tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektini (yakka tartibdagi tadbirkorni) budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (tegishli fondlar to‘lovchilari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun) majburiy to‘lovlar to‘lovchilari sifatida hisobga qo‘yadilar.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
12. Davlat statistika organlariga davlat hisobiga qo‘yish uchun Tizim tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyingi kundan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarorida belgilangan shakl bo‘yicha Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan ma’lumotlarni yuboradi.
Davlat statistika organlari Reyestrda mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
13. Tadbirkorlik subyekti asosiy faoliyat turining kodi va (yoki) eng ko‘p o‘rtacha yillik ishchilar sonining o‘zgarishiga olib keluvchi moliyaviy, soliq, statistika yoxud boshqa hisobot taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda davlat soliq xizmati, davlat statistika organlari Internet jahon axborot tarmog‘i orqali “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” vositasida, u mavjud bo‘lmaganda — pochta aloqa vositasida bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qiladilar.
14. Tadbirkorlik subyekti — aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng Tizim u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingi kundan kechiktirmasdan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga yangidan tuzilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risida tegishli elektron xabarnoma yuboradi.
15. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar har chorakda Tizim vositasida davlat soliq va statistika organlari bilan birgalikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va davlat hisobida turgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari sonining solishtirilishini amalga oshiradilar.
16. Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish yoki qayta yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza uning vositasida topshirilgan Tizim elektron shakldagi axborotni avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga va qonun hujjatlarida belgilangan shaklda yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish yoxud qayta yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi soliq hisobi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga yuboradi.
4-bob. Davlat bojlari va yig‘imlarni o‘tkazish tartibi
17. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘langan davlat bojining barcha summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
19. Reyestrdan hujjatlarni berish uchun (ko‘chirma, yangi namunadagi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati, Reyestrda mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar, so‘ralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan yig‘im olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yig‘im summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
20. Ariza beruvchi tomonidan ushbu Reglamentning 17, 19-bandlarida nazarda tutilgan davlat bojlari, yig‘imlar elektron to‘lov tizimlari vositasida to‘langanda, ariza beruvchidan to‘langan davlat boji va yig‘im summasining bir foizi miqdorida vositachilik haqi ushlab qolinadi.
To‘langan vositachilik haqlari summasi xizmat ko‘rsatuvchi bank, Yagona umumrespublika protsessing markazi, elektron to‘lov tizimi, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi operatori-tashkilot o‘rtasida mutanosib ravishda taqsimlanadi.
5-bob. Tizimning axborot xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy talablar
21. Tizim foydalanuvchilarining Tizimdan foydalanishlari “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash Yagona axborot tizimidan foydalangan holda, shuningdek amaldagi elektron raqamli imzo sertifikatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Tizim undan foydalanuvchilarning va ta’minot guruhining Tizimga kirgan va foydalangandagi barcha harakatlari bayonini yuritadi.
22. Tizim foydalanuvchilari elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni zarur darajada tuzish, saqlash, qayta shakllantirish, himoyasini ta’minlash, qayta ishlash, jo‘natish va olishni ta’minlashi, shu jumladan:
elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar maxfiyligiga, to‘liqligiga va mualliflikka doir talablarga, shuningdek elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishi kerak;
elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar qayta ishlanayotgan paytda qabul qilib oluvchi tomonida turib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq elektron raqamli imzo haqqoniyligi ehtimolini tekshirishi, shuningdek elektron raqamli imzo sertifikati amal qilishini tekshirishi kerak.
23. Elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni himoya qilish uchun Tizim foydalanuvchilari tomonidan ishlatilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan bo‘lishi hamda ekspluatatsiya hujjatlariga qat’iy muvofiq ravishda foydalanilishi kerak.
24. Tizim foydalanuvchisining axborot xavfsizligi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar dasturiy-apparat ta’minoti choralari bilan amalga oshiriladi hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarning tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qolishi, buzib talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi va elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishi hamda ulardan nusxalar ko‘chirishning oldini olish;
Tizim foydalanuvchilarining Tizimdagi ma’lumotlardan, dasturiy resurslardan Tizim foydalanuvchilarining lavozim yo‘riqnomalaridan kelib chiqib, cheklangan tarzda foydalanish;
Tizimdan foydalanilganda antivirus himoyasini ta’minlash.
Axborot xavfsizligi qonun hujjatlari va ushbu Reglament talablarini inobatga olgan holda, Tizim foydalanuvchisining ichki qoidalariga muvofiq boshqa erkin foydalanishdagi vositalar bilan ham ta’minlanishi mumkin.
25. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar qonun hujjatlari hamda ushbu Reglament talablarini inobatga olgan holda, ushbu qoidalar buzilishining oldini olish va buzilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Axborot xavfsizligi hamda Tizimdan foydalanish qoidalarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
26. Tizim foydalanuvchilari qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda axborotning kriptografik himoyasini amalga oshiradilar.
27. Tizim foydalanuvchilarining Tizimda elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar almashinishiga doir hamkorligi telekommunikatsiya xizmatlari vositasida yoxud qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa usullar bilan amalga oshiriladi.
28. Tizim foydalanuvchilari elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar almashilganda qonun hujjatlari talablariga muvofiq keluvchi elektron raqamli imzo sertifikatlaridan foydalanadilar.
29. Elektron hujjat va (yoki) ma’lumot agar ular bevosita elektron hujjat va (yoki) ma’lumot jo‘natuvchisi tomonidan yuborilgan bo‘lsa, ular yuborilgan deb hisoblanadi.
Elektron hujjat va (yoki) ma’lumot uning tegishli Tizim foydalanuvchisiga kelib tushgan paytidan boshlab qabul qilib olingan deb hisoblanadi.
30. Axborot almashishni unifikatsiyalash va standartlashtirish maqsadida Tizim foydalanuvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Tizim foydalanuvchilari tomonidan qabul qilib olingan elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlarni anglash va qayta ishlash imkonini ta’minlash maqsadlarida, har bir Tizim foydalanuvchisi tomonidan alohida foydalaniladigan, belgilangan ma’lumotlar formatlarini hamda elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar formatini konvertatsiya qilish imkonini berishi kerak.
31. Elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar Tizimda “Elektron hukumat” tizimi doirasida idoralararo hamkorlik va ma’lumotlar almashinuviga doir davlat standartlari bilan belgilanadigan yoki Tizim tomonidan foydalanishga yo‘l qo‘yilgan, barcha Tizim foydalanuvchilari uchun umumiy yagona standart formatga ega bo‘lishi kerak.
32. Tizim foydalanuvchilari harakatlarini amalga oshirish uchun Tizim tomonidan foydalaniladigan ma’lumotlar formatiga konvertatsiya qilinadigan axborotni o‘z ichiga olgan elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar bilan almashinadilar.
33. Mazkur elektron hujjatlar formatlarida mazkur axborotni Tizim foydalanuvchilari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘qiy olish imkonini ta’minlovchi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishga doir harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan minimal axborot mavjud bo‘ladi.
6-bob. Tizim foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari
34. Tizim foydalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlari va ushbu Reglamentda belgilangan holatlarda va tartibda elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlarni jo‘natish va olish;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlardan ular tomonidan ularga jo‘natilgan elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar qabul qilib olinganligi tasdig‘ini so‘rash.
Tizim foydalanuvchilarining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlari ham bo‘lishi mumkin.
35. Tizim foydalanuvchilari quyidagi majburiyatlarga ega:
Tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlashga ko‘maklashish;
elektron hujjatlar almashinishida foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini lozim darajadagi ishchi holatida saqlab turish;
Tizim foydalanuvchisini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingandan keyingi kundan kechiktirmasdan, Tizimda mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish darajasi va mazkur Tizim foydalanuvchisida elektron raqamli imzo sertifikati mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan shunday buyruqning asl nusxasini ta’minot guruhiga taqdim etish.
Tizim foydalanuvchilarining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
36. Tizim foydalanuvchisi tomonidan uning lavozim yo‘riqnomasida nazarda tutilgan o‘z vazifalari va funksiyalari bajarilishini belgilangan tartibda yakunlaganda, shu jumladan boshqa ishga o‘tganda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar zudlik bilan ta’minot guruhini bu haqda yozma ravishda xabardor qilishlari shart. Bunda ta’minot guruhi zudlik bilan bunday Tizim foydalanuvchisini Tizimdan butunlay cheklab qo‘yishi shart.
37. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazi tomonidan elektron raqamli imzo ochiq kaliti sertifikatining amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilganda yoki bekor qilinganda Tizim avtomatik tarzda Tizim foydalanuvchisining Tizimdan erkin foydalanish imkoniyatini to‘sib qo‘yadi va bu haqda ta’minot guruhini darhol xabardor qiladi.
38. Elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi lozim.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
39. Ushbu Reglament talablariga rioya etmaslik natijasida tadbirkorlik subyektiga zarar yetkazish tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning javobgarligiga olib keladi.
40. Shtempel-o‘ymakorlik tashkilotlari muhr va shtamplar tayyorlashni qonun hujjatlari talablariga muvofiq, muhr va shtamplarda ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilishini ta’minlagan holda amalga oshirishlari shart.
41. Ishchilari tizim foydalanuvchisi elektron raqamli imzodan foydalanishga vakolatli bo‘lmagan ro‘yxatdan o‘tkazish organlari va vakolatli tashkilotlar, shuningdek elektron raqamli imzodan o‘z manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalangan Tizim foydalanuvchilari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
42. Ro‘yxatdan o‘tkazish organlari va vakolatli tashkilotlar tegishli Tizim foydalanuvchilari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuzasidan javobgar bo‘ladilar.
43. Tizim foydalanuvchilari telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanilganda operator va (yoki) provayder aybi bilan elektron hujjatlar va (yoxud) ma’lumotlarni jo‘natishda (olishda) yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan to‘xtalishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
44. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi reglamentiga
ILOVA
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga kiritiladigan (yuklanadigan) ma’lumotlar va hujjatlar
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.