birinchidan, ular o`z mulkiga tayanib nsh yuritadilar, ya`ni moddiy resurslar va yaratilgan tovarlar ularning o`ziniki.
Ikkinchidan, ular o`zgalar mulkini ijaraga olib ham faoliyat yuritadilar, bunda mulkka vaqtinchalik egalik qiladilar va mulkdan foydalanadilar, ammo uni tasarruf etib xujayinlik qila olmaydilar. Baribir, har ikki holda ham yaratplgan tovarlarning egasi tadbirkor bo`lib qolaveradi.
Tadbirkor o`z mulkidan naf ko`rishi shart, shundagina uning iqtisodiy manfaati yuzaga chiqadi. Tadbirkor o`z mulkini ishlatib foyda topadi, o`z mulkini qimmatiga sotib, daromad ko`radi, o`z mulkiga tayanib mehnat qiladi va shu yul bilan pul topadi va, nihoyat, u o`z mulkini merosga qoldiradi yoki xayr-ehson yo`lida hadya qiladi. Mulkni qanday ishlatishni tadbirkor o`zi hal qiladi, ya`ni buning eng maqbul yo`lini o`zi tanlab oladi. Tadbirkor o`z mulkidan naf ko`rgani uchun mulkiy mas`uliyatni, ya`ni mulkni oqilona ishlatish javobgarligini znmmasiga oladi.
Tadbirkorlik turli mulk shakllari doirasida yuz beradi va qonunga qarab uning turlari yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyotida hususiy mulk etakchi mavqeda turadi.
Хususiy mulk ayrim kishilarga tegishln va ularga naf keltiruvchi mulkdir.
Хususiy mulkka qarab xususiy tadbirkorlik mavjud bo`ladi. Хususiy mulkiing o`zi ikki ko`rinishga ega:
YAkka xususiy mulk—bu yakka shaxsnnng mulki, shu mulkka: asoslangan korxona yakka shaxsga tegishli korxona hisoblanadi. Ayrim mulkdorga
qarashli, lekin ishchilarni yollab ishlatadigan yoki mulkdorning shaxsan o`zi
va oila a`zolari ishlaydigan korxonalar ham bo`ladi.
Guruhiy - korporativ xususiy mulk —bu ma`lum maqsadni ko`zlab o`zaro birlashgan mulk sohiblarining xususiy mulki. Bu mulkni har bir sohib
alohida emas, balki birgalikda o`zlashtiradi. Uning namunasi korporatsiyalar
bo`lib, ular amalda hissadorlar jamiyati shaklida faoliyat ko`rsatadi.
Tadbirkorlik ishi korporatsiya doirasida amalga oshadi.
Tadbirkorlik jamoa mulkiga ham asoslanadi. Bu mulk jamoaga birlashgan kishilarning umumiy mulki hisoblanadi. Jamoaga kiruvchilar uning mulkiga o`z hissasini qo`shishi shart. Bu erda ham hissadorlik qoidasi bor ammo aktsiyadorlikdan farqi shuki, mulk sohibi jamoa tarkibida ishlashi shart. Bunga misol qilib kooperativlarni mahalla va jamoa xo`jaliklarini olish mumkin.
Davlat mulki davlatning vazifalarini bajarishga xizmat qiluvchi mulk, davlat korxonalarining va tashkilotlarinnng mol-mulkidan iborat. Davlat unitar korxonalari ham tadbirkorlik bilan shug`ullanib, foyda ko`radilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari: O`quv qo`llanma A.E.Ishmuxamedov va boshq.-T.: TDIU, 2006.
Zаynutdinоv SH.N., Kаdirхоdjаеvа N.R. Bоzоr nаzаriyasi. Dаrslik – T.: TDIU, 2007y. 329 bеt
I. A. Karimov «Iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloxatlarni chuqurlashtirish eng muhim vazifa «Хalq so`zi» 24 yanvar 2000yil.
Maxmudov E.Х. Biznes-planirovanie: Uchebnoe posobie G`E.Х. Maxmudov, M.Yu. Isakov. - T.: TDIU, 2004.-160 c. 5 ekz.
Бизнес-планирование: Учебник / Под ред. В.М.Попова, С.И. Ляпунова. - М.:Финансы и статистика, 2003.-672c. 1 экз.
Maxmudov E.Х. Korxona iqtisodiyoti: O`quv qo`llanma. - T.: TDIU, 2004.-208 c. 1 ekz.
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari: O`quv qo`llanma /A.E.Ishmuxamedov va boshk.-T.: TDIU, 2004.-160 c. 1 ekz.
Круглова Н.Ю. Основы бизнеса. учебник для вузов Издательство: РДЛ, 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |