4.Bozorni boshqalar egallamagan segmentini to’ldirish. Bu yo’nalishda ilmiy
izlanishlar olib borib, uning asosida ishlab chiqarishni tashkil etish. Masalan, dorivor
o’simliklardan (boshqa erda o’smaydigan) turli dorilar tayyorlashni yo’lga qo’yish. Bu
anchagina xatar bilan bog’liq. (Xatar — bu ko’zlagan daromadini ola bilmaslik yoki zarar
ko’rish ehtimoli.)
Bozor iqtisodiyotida individual tadbirkorlik o’ziga xos o’rin tutadi, lekin iqtisodiy
faoliyatga nisbatan obro’li, barqaror, uzoq muddatli vaqtga mo’ljallangan, tashkil etish ko’lami
jihatidan salmoqli shakli — korxonadir. Aynan u xo’jalik faoliyatining eng ko’p tarqalgan tipik
shaklidir. Korxona qaysi mulkka taalluqli bo’lmasin firma, zavod, fabrika nomlari bilan ataladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida mulkchilikning barcha shakllariga mansub korxonalarni
barpo etish, ular faoliyatini tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari,
O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risidagi qonunida belgilab berilgan.
Korxona xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida mulkchilikning biron shakliga asoslangan
holda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida maydonga chiqadi.
Korxona bozor munosabatlarining sub’ekti sifatida qatnashibgina qolmay, uning ob’ekti hamdir.
Korxona mulkchilikning muayyan ob’ekti bo’lib, uning qo’lida resurslar va yaratilgan mahsulot
mavjud. Korxona iqtisodiy faoliyat jarayonida munosabatlarning sub’ekti sifatida maydonga
chiqadi.
Har qanday iqtisodiyot kabi bozor iqtisodiyoti ham murakkab tizim sifatida ichki tarkibga
ega. Undagi turli bo’g’inlarning har biri ma’lum vazifani bajaradi. Korxona har qanday ishlab
chiqarishning birlamchi, asosiy bo’g’inidir. Bozor iqtisodiyotida asosiy tarkibiy birlik, xo’jalik
yurituvchi bo’g’in korxona (firma) hisoblanadi.
Korxona (firma) ishlab chiqarish resurslarini rejali asosda, ma’lum nisbatda,
kombinatsiyada birikishini ta’minlab, o’z manfaatini mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat
ko’rsatish yo’li bilan amalga oshiruvchi, xo’jalik yurituvchi bo’g’in «zveno»ni ifodalaydi.
Firma ham, korxona ham xo’jalik yurituvchi huquqiy shaxs bo’lgani uchun xo’jalik
faoliyatining ob’ekti bo’ladi. Shu bilan birga iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xo’jalik
yuritish sub’ekti hamdir. Iqtisodiyotda, odatda firma ko’proq umumlashtiruvchi tushuncha
sifatida ishlatiladi. Firma o’z ichiga bitta yoki bir necha korxona, ishlab chiqarish turini
olishi mumkin. Korxona esa odatda bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga, bir xil narsa
ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Barcha korxonalar faoliyatining majmui iqtisodiyotni tashkil etadi. Ishlab chiqarish
omillari korxonada birikib, bu erda mehnat yuz beradi. Jamiyatning talab-ehtiyojini qondirishga
qaratilgan moddiy mahsulotlar yaratiladi va har xil xizmatlar ko’rsatiladi.
Firmalarni tasniflash (klassifikatsiya qilish) uchun iqtisodiy adabiyotda turli mezonlar
olinadi. Ulardan eng asosiysi 2 ta: mulkchilik shakli, firmaning katta-kichikligi.
Mulkchilik bo’yicha qarasak, ular 3 xil:
a) individual yoki xususiy firma;
b) sherikchilik asosida tashkil topgan firma;
v) korporatsiya (aktsionerlik jamiyati).
Korxona o’z mulkiga o’zi egalik qilishi uni erkin bo’lishi ga-rovidir. Korxona xo’jalik
yurituvchi sub’ekt sifatida iqtisodiy mustaqillikka ega. Nimani qancha, qanday usullar bilan
ishlab chi-qarish, uni kimga, qaerda qanchadan sotishni, tushgan pulni qaysi maqsadda
ishlatishni korxonaning o’zi hal qiladi.
Barcha muammolarni echishda korxona bozorga qarab ish tutadi. U bozordagi resurslar
narxi, o’zining tovarlari narxi, qilgan xarajatlariyu oladigan foydasi miqdoriga qarab ish tutadi.
Narx-navo va xarajatlar miqdori korxonaga el qatori foyda olish imkonini bergandagina u faol
ishlaydi. Bozordagi raqobat korxonani iqtisodiy sharoitga tez moslashib doimo manyovr qilishi
— tovarlarni yangilash sifatini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi, investitsiya
va innovatsiya bilan shug’ullanish, faol reklama siyosatini olib borish kabilarga undaydi.
Korxonalar mulkiy maqomi, tashkiliy-huquqiy asoslari, xo’jalik yuritish uslublariga ko’ra xilmaxil
bo’lib, asosiylari:
— xususiy firma, shirkat firmalari, mas’uliyati cheklangan firma, davlat korxonasi,
aralash firmalar. Hozirgi paytda korxonalarning keng tarqalgan shakli — aktsioner jamiyatlari
yoki korporatsiyalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |