Tadbirkorlik faoliyati va ularning shakllari


Tadbirkorlik faoliyatining shakllari



Download 287,69 Kb.
bet4/10
Sana19.05.2023
Hajmi287,69 Kb.
#940739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tadbirkorlik-faoliyati-va-ularning-shakllari

2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha mamlakatlarda mukammal iqtisodiyotni yaratishda tadbirkorlik muhim faoliyat hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar jadal rivojlanib, bir-biriga qo’shilib ketishi sodir bo’lmoqdaIshlab chiqaruvchi kuchlardan jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman shakllari mavjud (1-rasm):
a) davlat;
b) jamoa;
v) shaxsiy;
g) xususiy;
d) aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.

1-rasm. Tadbirorlikning bir nechta shakllari7
Davlat korxonalarini uchta guruhga bo’lish mumkin (2-rasm):
1) Byudjet korxonalari;
2) Davlat ishlab chiqarish korxonalari;
3) Aralash korxonalar.

2-rasm. Davlat korxonalarining turli guruhlari8
Huquqiy va xo’jalik mustaqilligiga ega bo’lmagan korxonalar byudjet korxonalariga kiradi. Bu korxonalar davlatning ma’muriy-boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlariga bevosita bo’ysunadi. Ular olgan foydasidan soliq to’lamaydi, barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o’tadi.
Davlat ishlab chiqarish korxonalari - bu korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular alohidalashgan mol-mulkka ega bo’lib, xo’jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi.
Aralash kompaniyalar – hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aktsiyalari davlatga va xususiy omonatchilarga taaluqli bo’ladi. Ular qonun doirasida ish yuritadigan yuridik shaxslar siftaida ish yuritadilar. Ularga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar beriladi, chet el litsenziyalarini yengil shartlar bilan oladilar, davlat korxonalaridan xom ashyo va yarim narxlarda olish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta’minlangan bo’ladilar.
Korxonalar xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, jamoa korxonalari, ijara korxonalari, xo’jalik birlashlamalari shaklida tuzilishi mumkin.
Kooperativ tadbirkorlik – jamoa tadbirkorlikning alohida shakli bo’lib, jamoa mulkiga asoslanadi va kooperatsiya a’zolarining uning faoliyatida o’z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi.
Kooperativ mulkchilikning asosiy belgilari bor:
a) ishlovchilar ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo’shiladi;
b) kooperatsiya a’zolarining ishlab chiqarish ositalaridan keng foydalanadi;
v) iqtisodiy jihatdan teng huquqlidir;
g) jamoa o’z-o’zini boshqaradi;
d) jamoani va shaxsiy manfaatlari uyg’unlashadi.
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Bunda mulk va ishlab chiqarish natijasida xususiy shaxslarga tegishli bo’lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o’zi yoki olgan oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Odatda kichik magazin, xizmat ko’rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo’jaliklari, xuddi shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat, o’qituvchi kabi turli malakali mutaxassislar xizmati ko’rinishida tashkil qilingan tadbirkorlardir. Ularni egasi cheklanmagan ma’suliyatga ega bo’lib, faqat daromad solig’i to’laydilar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri hissadorlik (aktsionerlik) jamiyatlaridir. Aktsiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarining muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi.
Aktsiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o’zining ma’lum hissasini qo’shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog’ozdir va korxonani boshqarish huquqini ham beradi.
Aktsiya tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, u narxga egadir. Aktsiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aktsiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aktsiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga to’g’ri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda bo’ladi. Xaridor aktsiyani undan olinadigan daromadi bankka quyilgan puldan keladigan foizdan kam bo’lmagan taqdirdagina sotib oladi. Aktsiya kursi quyidagicha aniqlanadi:
АК =Д / Фс х 100% (1),
Bu yerda: AK – aktsiya kursi; D- dividend; Fs – ssuda foizi.
Ssuda foizi o’sganda aktsiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda yuqori darajada o’ssa, aktsiya kursi ko’tariladi. Hissadorlik jamiyatlari aktsiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi.
Obligatsiya – uning egasiga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo’yganligini tasdiqlaydi. Aktsiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi uning kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya akitsyadan farq qilib, o’z egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi, ammo hissadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar bo’yicha to’lanadigan daromad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq bo’lmaydi. Uning qiymati hissadorlik amiyati tomonidan ma’lum muddat o’tishi bilan to’lanadi. Aktsiyaga qo’yilgan mablag’ obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aktsioner talabi bo’yicha qaytarilishi mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi.
Hissadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad turining paydo bo’lishi bilan bog’liqdir. Ta’sischilik foydasi sotilgan aktsiyalar summasi va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo’yilgan mablag’ miqdori o’rtasidagi farqdan iborat. Hissadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi daromad turi shakllanadi.
Dividend (lotincha dividendus – bo’linishga tegishli) – aktsiya egasiga to’lanadigan daromad. Dividend vositasida aktsiya egasi qimmatli qog’ozning shu turiga qo’yilgan pul mablag’lari (kapital) ning tegishli qismiga o’zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat hissadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi, qolgan qismi jamg’arishga, soliq to’lashga ketadi. Dividend miqori olinadigan foyda va chiqarilgan aktsiya miqdoriga bog’liq bo’lib, odatda ssuda foizlari yuqori bo’ladi.
Shuningdek korxonalarning quyidagicha shakllari mavjud (3-rasm).
1. Xo’jalik faoliyati turi va amalga oshiriladigan operatsiyalarning harakteri bo’yicha:
Sanoat, savdo, transport, sug’urta, bank, moliya – investitsion, ilmiy –tadqiqot, innovatsion va boshqa turli xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalar.
2. Ishlab chiqarishning to’planuv darajasi bo’yicha:
Mayda korxonalar;
O’rta korxonalar;
Yirik korxonalar.
3. Mulkchilik shakllari bo’yicha:
Xususiy korxonalar;
Davlat korxonalari (ishlab chiqarish va budjet korxonalari hamda aralash kompaniyalar);
Jamoa korxonlari (kooperativlar,mulk paychiligidagi shirkatlar va h.k.);
Mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan korxonalar.
4. Iqtisodiy faoliyatning natijasi bo’yicha:
Ishlab chiqarish korxonalari;
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalar.
Bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlaridan biri - bu firma hisoblanadi.
Firma deganda, mustaqil xo’jalik yuritadigan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy sub’ekt tushuniladi. Mustaqil xo’jalik faoliyati yuritadi deganda, qanday mahsulotlar ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qaerda, kimga, qancha narxda sotish bo’yicha firmaning mustaqil qaror qabul qilishi tushuniladi.
“Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institutsional tuzilma hisoblanadi”9
Tadbirkorlik firmalarining asosiy tashkiliy shakllari: xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar, korporatsiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari).


Download 287,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish