Klaster – samarali xo’jalik yuritish tizimi
| Qishloq xo'jaligida chuqur qayta ishlashni va sanoatni rivojlantirmasdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmasligini bugun hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Keyingi yillarda birlamchi qayta ishlash sanoatida qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan yutuqlarimiz ko'lami kengayib borayotgani ana shu jihatdan e'tiborga molikdir.
Jumladan, Toshkent viloyatida ham 2018-2021 yillarda barcha sohalarga klaster tizimi keng joriy etildi. Xususan, viloyatda 50 ta agroklasterlarning faoliyati yo'lga qo'yilib, ularga fermerlar biriktirilayotgani o'zaro iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar barqarorlashishi, raqobatbardoshlik oshishida mustahkam zamin bo'lmoqda. Bugungi kunda yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 20,5 foizi agroklasterlar tomonidan tayyorlanmoqda. Natijada so'nggi 5 yilda hududlarda 31,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.
Bu yilgi mavsumda ham paxta-to'qimachilik klasterlari yaratilgan sharoitlardan omilkorlik bilan foydalanib, paxtadan mo'l hosil etishtirishdi. Xususan, klasterlar tizimi joriy etilgandan to bugungi kunga qadar, paxta hosildorligi o'tgan yillarga nisbatan 1,2 barobarga va hosildorlik 5-6 tsentnerga oshgani e'tiborga molik.
Birgina viloyatda faoliyat yuritayotgan paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan 2021-2025 yillar davomida umumiy qiymati 1 trln. so'mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, qishloq hududlarida 2,1 ming nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta'minlash ko'zda tutilgan. Masalan, O'rta CHirchiq tumanida faoliyat olib borayotgan “Ko’kcha Textil” MCHJ tomonidan ip-kalava ishlab chiqarish bo'yicha yilik quvvati 6,5 ming tonna bo'lgan, qiymati 140 mlrd. so'mlik yangi loyihani ishga tushirish hisobiga 1050 ta yangi ish o'rni yaratilayapti.
2020-2021 yillarda meva-sabzavotchilik klasterlari tomonidan ham o'tgan davrga nisbatan mahsulot etishtirish hajmi 115,6 foizga oshganini kuzatish mumkin. e'tiborlisi, ular tomonidan 35,4 mln. dollarlik qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilindi.
Bundan tashqari, viloyatda 2021 yilda umumiy quvvati 13 ming tonna va saqlash sig'imi 10 ming tonnaga ega bo'lgan 2 ta agrologistika markazi faoliyati yo'lga qo'yildi.
Joriy yilda g'alla etishtirish 100 foiz klaster usulda amalga oshirilishi hisobiga o'tgan yillarga nisbatan yalpi hosil 1,2 barobarga, hosildorlik esa 7-8 tsentnerga oshdi. 2022-2025 yillarda viloyatda sholichilik, pillachilik yo'nalishidagi klasterlar tomonidan ham yana
3 mingga yaqin ish o'rinlari yaratish rejalashtirildi.
YAna bir e'tiborga molik jihat — klaster usuli yo'lga qo'yilganidan so'ng sohaga 762,2 mlrd.so'mlik 4609 ta zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikalari xarid qilinishi evaziga hosildorlik ham, daromad ham oshganligini ko'rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |