«TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR HARAKATI – OʻZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI» (OʻZLIDEP) HAQIDA
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2003 yil 15 noyabrda bo'lib o4gan Ta'sis qurultoyida tashkil topgan.
2013 yil 1 yanvar holatiga OʻzLiDeP a'zolarining soni 175951 nafarni tashkil etadi. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining boshlang'ich partiya tashkilotlari soni 7737 tani tashkil etadi.
OʻzLiDePning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari:
siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar va ishbilarmonlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar ochish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning ushbu tabaqasi manfaatlarini himoyalash barobarida uning ertangi kunini ta'minlash;
partiyaning kuch va imkoniyatlarini boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlikda mamalakatning milliy manfaatlari va taraqqiyotining strategik istiqbollariga javob beradigan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat qurish, fuqarolik institutlarining rivojiga keng yo’l ochib berish va demokratik qadriyatlarni xalqimiz, avvalo, yoshlar ongi va hayotiga singdirishga qaratilgan harakat dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
partiyaning davlat boshqaruvi, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta'sir o'tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishdagi ishtirokini ta'minlash. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan bog’liq muammolarni hal qilish, Oʻzbekistonning xalqaro obro'yini oshirishda, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish. Yoshlarini Vatanga muhabbat va sadoqat, o'z elim, o'z yurtim, jon Oʻzbekistonim, deya g’ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo'shish, har qanday sharoitda mustaqillik yo’li, qadriyatlari, milliy va diniy an'analari, urf-odatlarini qadrlash, shu bilan birga, bircha millat va elatlar qadriyatlarini kamsitishga yo’l qo'ymaslik, bunday xurujlarga qarshi izchil kurash olib borish;
o’zi uchun siyosiy platforma deb tanlab olgan liberal-demokratik g'oya va maqsadlarni o'z faoliyati orqali keng omma ongiga singdirish, bu borada safini kengaytirishga yo’naltirilgan har tomonlama chuqur o’ylangan partiya siyosatini targ'ib qilish ishlarini amalga oshirish.
Shu g'oyalarni hayotga tatbiq etishda fidoyilik ko'rsatgan faollarni deputatlikka nomzod sifatida tavsiya etish va saylovchilar ishonchini qozongan deputatlar zimmasiga qonunchilik va ijro hokimiyatida vakillik vazifasini yuklash hamda ularning faoliyatini boshqarish.
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining S'ezdi partiya oliy organi hisoblanadi va u 3 yilda kamida bir marotaba o'tkaziladi. OʻzLiDePning matbuot organi: -"XXI-asr" ijtimoiy siyosiy gazetasi.
Partiyaning veb-sayti hamda elektron adresi: http://www.uzlidep.uz/
OʻZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYASI HAQIDA
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasiga (qisqacha nomlanishi - Oʻzbekiston XDP) 1991 yil 1 noyabrdagi partiyaning Ta'sis qurultoyida asos solindi.
2013 yil 1 yanvardagi holatiga ko'ra, partiya 378 ming 227 nafar a'zoni birlashtiradi. Partiya a'zolarini bevosita birlashtiradigan 10150 ta boshlang'ich tashkilot faoliyat ko'rsatadi.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Oʻzbekiston Respublikasinining ijtimoiy qollab-quvvatlashga va himoyaga muhtoj fuqarolarining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Eng avvalo, bular iqtisodiyotda band bo’lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qollab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan odamlardir. Bular - pedagoglar, vrachlar, boshqa ijtimoiy sohalarning xodimlari va mutaxassislari, kam ta'minlangan va ko'p bolali oilalar, pensionerlar hamda, imkoniyatlari cheklangan kishilar.
Oʻzbekiston XDP davlat tomonidan ushbu toifa kishilarining manfaatlarini ko'zlab izchil siyosat olib borilishiga harakat qiladi, ularni o'zining elektorati deb hisoblaydi va saylov kampaniyalarida ularning qo’lab-quvvatlashiga umid bog'laydi.
Partiya o'zining ommaviy axborot vositalariga ega. Uning markaziy nashrlari:
o'zbek tilida chop etiladigan "O’bekiston ovozi" gazetasi;
rus tilida chop etiladigan "Golos Uzbekistana" haftaligi.
Partiyaning Internet tarmog'idagi veb-sayti: http://www.xdp.uz/
OʻZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI HAQIDA
2008 yil 20 iyun kuni Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va Oʻzbekiston "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasining birlashish Qurultoyi bo"lib o’tib, ikki partiya negizida yangi Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tashkil topdi.
2013 yilning 1 yanvar holatiga a'zolar soni 160814 nafar, Partiya 4882 boshlang'ich tashkilotlariga ega.
Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining asosiy maqsadlari:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy o'zlikni anglashning o'sishi, milliy g'urur, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg'usini shakllantirish hamda mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;
- o'z safida yurtning vatanparvarlarini birlashtirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini, Oʻzbekiston manfaatlari hamda uning xalqaro obro’-e'tiborini oshirish yolida safarbar etish;
- yoshlarni oz Vatanini hurmat qilish, sevish va u bilan faxrlanish, har qanday sharoitda milliy mustaqillikni, xalqning qadriyatlari, an'analari va urf-odatlarini asrash va himoya qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, uning ma'naviy ehtiyojlari va qiziqishlarini cheklashga bo'lgan urinishlarga qarshi kurashishga ta'sirchan hissa qo'shish.
Partiyaning oliy rahbar organi Partiya Qurultoyi bo’lib, u kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.
Partiyaning matbuot nashri - "Milliy tiklanish" ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
OʻzDPMT veb-sayti: http://www.uzmtdp.uz/
OʻZBEKISTON «ADOLAT» SOTSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI HAQIDA
Oʻzbekiston «Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi 1995 yil 18 fevralda partiyaning birinchi Ta’sis qurultoyida tashkil topdi.
2013 yil 1 yanvardagi holatiga ko’ra, Oʻzbekiston "Adolat" SDP o'z safida 93586 a'zoni birlashtirgan 3005 boshlang'ich partiya tashkilotlariga ega. Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
kuchli ijtimoiy-huquqiy davlat barpo etish;
adolatli fuqarolik jamiyatini yaratish;
ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir qilish;
jamiyatda ijtimoiy adolat printsiplarini, inson huquq va erkinliklarini mustahkamlash.
Partiyaning oliy organi Qurultoy xisoblanadi. Siyosiy Kengash Plenumlari har yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi. «Adolat» ijtimoiy-siyosiy gazetasi Oʻzbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining rasmiy nashriy organi hisoblanadi, gazeta 1995 yil 22 fevralda tashkil etilgan.
Partiyaning Internet tarmogʻidagi veb-sayti: http://www.adolat.uz/
O‘ZBEKISTON EKOLOGIK HARAKATI HAQIDA
Oʻzbekiston ekologik harakati 2008 yil 2 avgustda tashkil topgan.
2008 yil 20 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. Ekoharakat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida kvotalangan 15 ta deputatlik o‘rniga ega. Ekoharakatning Respublika konferensiyasi, Markaziy Kengash, uning Ijroiya qo‘mitasi, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi uning rahbar organlari hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahrida Oʻzbekiston ekologik harakatining hududiy bo‘linmalari faoliyat olib bormoqda.
Ekoharakat – jamiyatning barcha kuchlari, Oʻzbekistonning bugungi fuqarolari va kelajak avlodlari qulay tabiiy atrof muhitda yashash huquqiga ega bo‘lishlari, aholi salomatligini yaxshilashga, muhofaza qilishga, tabiiy resurslarning barcha manbalaridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan say’-harakatlarni safarbar qilishga intiladi. «Sog‘lom muhit – inson salomatligi» Ekoharakatning bosh shioridir.
Oʻzbekiston ekologik harakatining dasturiy vazifalari:
Atrof-muhit muhofazasi va ekologik holatni sog‘lomlashtirish ishida jamoatchilik ishtiroki faolligini har tomonlama kuchaytirish;
Atrof tabiiy muhit muhofazasi masalalarida qabul qilingan qonunlar va davlat miqyosidagi boshqa qarorlar ijrosini ta’minlash hamda bu sohadagi qonunchilikni rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha tizimli ishlarni yuritish;
Atrof tabiiy muhit muhofazasi va shu maqsadlarga ajratilgan resurslardan oqilona foydalanish borasida qabul qilingan hujjatlarni ijro etishda markaz va joylarda davlat organlari, jamoatchilik va boshqa tuzilmalar mas’uliyatini oshirish;
Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish;
Atrof-muhit muhofazasi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
Atrof-muhit muhofazasi davlat, jamiyat va har bir fuqaroning vazifasi bo‘lishiga erishish;
Atrof-muhit muhofazasi sohasida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish.
Jamoatchilik e’tiborini ekologik sog‘lomlashtirish va atrof-muhit muhofazasi muammolarini izchil suratda hal etish zaruratiga qaratgan holda Ekoharakat mamlakatimizning barcha fuqarolarini Ona Vatanimizning bebaho tabiiy boyliklarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylashdek oliy vazifani bajarishda faol ishtirok etishga chaqiradi.
Ekoharakat «Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy va «Ekohayot» ijtimoiy-iqtisodiy gazetalariga hammuassis hisoblanadi.
Yosh avlodni Ona tabiat va uning ne’matlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish, uzluksiz ekologik ta’lim-tarbiya tizimiga ko‘maklashish maqsadida «Buloqcha» («Rodnichok») bolalar ekologik jurnali o‘zbek va rus tillarida chop etilmoqda.
Veb-site: www.eco.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |