Mayyor (Ulug‘murod): Bo‘ldi qil, senlar dohiyimiz o‘rtoq Stalinning siyosatiga qarshi chiqyapsanlarmi? Senlarni otuvga hukm qilib, ering bilan o‘g‘lingni Sibirga surgun qilish kerak. Uylaringni davlat nomiga musodara qilish kerak. Senlar partiya va jamiyatga zararli unsursanlar. Bo‘ldi paranjisini yeching uni.
Ona: Tegma, menga. Qo‘lingni oool.
Qiz: Onamga tegmanglar, tort qo‘lingni. (ozroq olishuvdan keyin, Ulug‘murod otib qo‘yadi).
Ona: Bolaaaaam. (qizi uchun faryod chekib yig‘laydi). La’nat bo‘lsin partiyanggayam, qonxo‘r Stalininggayam, o‘lim mashinanggayam, hammasiga la’naaaat, boolaaaaaam.
Do'stlaringiz bilan baham: |