(Quyidagi sh’er ostida o’quvchilar o’qituvchilarga gullar beradilar.)
Ustozim mehribon, oily himmatsiz,
Sabr toqatingiz bepayon ummon.
Yuraklarda darmon, kuch va qudratsiz,
Sizdan ibrat olib yashaymiz hamon.
Tunlarni yoritgan mash’ala misol,
Hayot yo’limizni yorutguvchisiz.
O’z o’rnin topsin deb har bitta nihol,
Turmush saboqlarin o’rgatuvchisiz.
Sizsiz dunyo sirin anglamoq qiyin,
Hayot gulshanining mohir bog’boni.
Siz bilan baxtimiz kulmog’I tayin,
Sho’x-shodon yashashning keldi davroni.
Nomingiz faxrla olamiz tilga,
Siz aytgan tariqa farzand bo’lamiz.
Har ishga munosib Vatanga, elga,
Ustoz, sizga doim ta’zim qilamiz!
BOSHLOVCHI.
Shuning bilan “Ustoz va murabbiy kuni” munosabati bilan o’tkazilgan bayram dasturimiz o’z niyoyasiga yetdi. Xayr! Omon bo’linglar!
Do'stlaringiz bilan baham: |