Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanilgan. - Garovga ushlab turilgan shaxs-qo‘lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini,xalqaro tashkilotlarni, ayrim shaxslarni biron-bir xarakat sodir etishga majbur qilish maqsadida terrorchilir tamonidan qo‘lga olingan shaxs.
- Terrorchi- terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxs.
- 2001 yilning 11 sentyabrida mazkur mahshum voqealar amalga oshirilgandan so‘ng, ommaviy axborot vositalari orqali oddiy kishilarning suxbatlarida terrorizm haqida ko‘p gapira boshlandi. Terrorizm so‘zi, xalqaro terrorizm tushunchasi kecha yoki undan paydo bo‘lmagan bo‘lsa ham uning taxdidi ayniqsa, Evropa uchun endi-endi, tushunila boshlandi. Bu borada siyosatchilar, siyosatshunos olimlar, iqtisodchilar ham so‘z yurita boshladilar. Demak, biz barcha uchun katta taqdid solayotgan terrorizm, insoniyatning dushmani haqida, uning yovuz niyatlari va kerak bo‘lsa basharasini yaqindan bilishimiz lozim. SHunda u bilan kurashi, terrorizm oqibatlarini muxokama qilib o‘tirmasdan uning oldini olish real bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |