59
kо‘rinishda: daraxt yoki kaskad kо‘rinishidami, yuqoridan pastgami yoki chapdan
о‘ngda qayd qilinishini o’quvchilarning о‘zi hal etadi; Agarda o’quvchi о‘ziga
tо‘g‘ri deb bilgan javobni va uning rivojlanish yо‘nalishini namoyon bо‘lishida
ishonchni saqlasa, diagramma har qanday muammoni amaliy jihatdan yechimini
topishni kafolatlaydi.
Guruhlar topshiriqlarni belgilangan vaqt ichida bajarib, bo’lishgach, har bir
guruhdan guruh a’zolari tamoni kelishuviga asoslanib, bitta o’quvchi chiqib, o’z
guruhi bilan hamkorlikda bajargan topshiriqlarini taqdimot qilishadi. Taqdimotdan
so’ng raqib guruhlar javoblariga qo’shimcha yoki, kamchiliklarni ko’rsatuvchi
oquvchilar bo’lsa o’qituvchi tamonidan ularga navbat berilib, oxirida natijalarning
qay darajada to’g’ri yo’ki noaniqligi aytib baholanadi.
O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi fanidan olib boriladigan dars
jarayonida yuqorida keltirib o’tilgan ta’lim texnologiyalarini qo’llash
o’qituvchining ish tajribasiga, malaka va ko’nikmalariga bog’liq bo’lib,
ulardan foydalanish o’quvchilarni mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlash
qobiliyatlarini
shakllantiradi
hamda
takomillashtiradi.
Bu
borada
o’qituvchilardan doimiy o’z ustida izlanishlar olib borish talab etiladi.
Shundagina ta’lim jarayoni orqali Vatan oldidagi burch va ma’suliyatni chuqur
idrok etuvchi, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish
mumkin
60
Xulosa
Kelajakda mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash
yordamida shaharlar rivojlanishini ta’minlash zarur. Bu borada qurilish
industriyasini ham jadal rivojlantirish maqsadga muvofiq. Yaqin kelajakda G’uzor
va boshqa shaharlarida barpo qilinayotgan turli zavodlari mintaqa qurilish
sanoatining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Janubiy O’zbekistonda yoqilg’i,
mineral xom ashyo resurslaridan tashqari paxta, meva, uzum, dorivor o’tlarni qayta
ishlash, rekreatsiya va turizmni rivojlantirish imkoniyatlari ham katta. Hozircha
mintaqada yetishtirilgan paxta xom ashyosiga nisbatan uni qayta ishlash respublika
ko’rsatkichidan (taxminan 35 %) ancha past, meva-konserva, vino sanoatining
rivojlanishi ham shaharlar iqtisodiyotini mustahkamlaydi.
Janubiy O’zbekistonning tog’ mintaqasida joylashgan Qorabo’yin, Zarabog’,
Ammog’on kabi shahar joylari asosan rekreatsiya va farmatsevtika sanoati
ob’ektlariga boy. Tog’ oldi mintaqasi shaharlari asosan qurilish materiallari, yengil
va oziq-ovqat sanoati, tekislik mintaqasi shaharlari taraqqiyotida esa mineral tabiiy
resurslar va ularni qayta ishlash, shuningdek, yirik zaxiraga ega paxta xom ashyosi
asosida yengil sanoat tarmoqlarini rivojlantirish muhim o’rin tutadi.
Mintaqada mavjud qazilma boyliklar, qishloq xo’jaligi xom ashyosi,
agroiqlimiy va mehnat resurslaridan to’liq va samarali foydalanish talab qilinadi.
Bunda Buxoro-Qarshi-Qumqo’rg’on temir yo’l koridoridan samarali foydalanish
hal qiluvchi ahamiyatga ega va aynan shu yo’l bo’yida kelajakda yirik urbanistik
tizimlar
shakllanadi.
Qashqadaryo
viloyatining
boy
yoqilg’i-energetika,
Surxondaryo viloyatining qulay agroiqlimiy resurslaridan samarali foydalanish,
meva-konserva, to’qimachilik korxonalarini vujudga keltirish ushbu hududlarning
o’zaro integratsiyalashgan holda, yagona iqtisodiy makon sifatida rivojlanishiga
olib keladi.
O’zbekistonda urbanizatsiyaning innovatsiya va industriya asosida rivojlanib
borishi ham ob’ektiv holat, ham zaruriyatdir. Mazkur jarayonning ob’ektivligi
uning qaytarilmasligi, barcha mamlakat va mintaqalarga xosligi, ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyati, zaruriyati esa respublikamizda yer, xususan suv resurslarining tanqisligi,
61
aholi bandligi va uning yashash darajasini yaxshilash, milliy va mintaqaviy
iqtisodiyotni mustahkamlash bilan asoslanadi. SHu bois, shaharlar rivojlanishi,
urbanizatsiya omillari va xususiyatlarini o’rganish, ushbu jarayonning salbiy
jihatlarini oldini olgan holda uni boshqarish, uzoq muddatli rivojlanish
kontseptsiyasini ishlab chiqish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.