kuchlarini mintaqaviy tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyatini belgilab beradi.
Viloyat iqtisodiyotida paxtachilik, g‘allachilik hamda xom ashyoni birlamchi qayta
ishlash sanoati muhim o‘rin egallaydi. Ishchi kuchining aksariyat qismi mazkur
tarmoqlarda ish bilan band bo‘lib, asosiy ishlab chiqarish fondlarining katta qismi ham
xuddi shu tarmoqlarga jalb etilgan. Viloyat paxta xom ashyosi va don yetishtirish
Keyingi yillarda viloyatda iqtisodiy salohiyatning o‘sishiga olib kelgan
tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakat iqtisodiyoti tarkibida viloyat
o‘sish sur’ati 7,1% ni, umuman un yildagi hajmi 1,5 martani tashkil qilib,
respublika ko‘rsatkichidan 1,4 marta yuqori bo‘lgan. Biroq, erishilgan ijobiy
48
salohiyati va mehnat bozori bilan iqtisodiyotning real sektori hamda ijtimoiy
sohaning rivojlanishi o‘zaro muvofiqlashmagan
. Iqtisodiy rivojlanish darajasi
(YaHM) bo‘yicha viloyat O‘zbekistonda 3-o‘rinda bo‘lib, nisbatan rivojlangan
mintaqalar guruhiga kiradi. Jumladan, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsuloti bo‘yicha 3-
o‘rinda, eksport bo‘yicha 6-o‘rinda, ijtimoiy soha bo‘yicha esa 11-o‘rinda turadi.
Viloyat tumanlari iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha katta tabaqalanishga
ega. 2010 yil natijalari bo‘yicha amalga oshirilgan iqtisodiy guruhlashga ko‘ra,
rivojlangan guruhga bor-yo‘g‘i – Mirishkor va Nishon tumanlari, nisbatan rivojlangan
guruhga Muborak, Koson, Yakkabog‘, Kasbi, Shahrisabz, kam rivojlangan guruhga
Kitob, G‘uzor, Qarshi, Qamashi, Chiroqchi va Dehqonobod tuman kirdi. Viloyat
agrosanoat majmuasida olib borilgan tarkibiy o‘zgarishlar qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining barqaror rivojlanishiga yetarli ta’sir
ko‘rsatmayapti.
Viloyatning tabiiy-resurs salohiyati, yuqori bo‘lib, neft va gaz zahiralaridan
tashqari, uning hududida volfram, mis, qo‘rg‘oshin, rux, alyuminiy xom ashyosi,
surma, simob, oltin konlari hamda kaliy tuzi, marmar, keramzit, bentonit kabi foydali
qazilmalar mavjudligi aniqlangan. Ayniqsa, Dehqonobod, Mirishkor, Kitob va G‘uzor
tumanlarida mineral xom ashyo resurslari salohiyati yuqoridir. Shuning uchun ham
kelajakda viloyat va uning tumanlarining tabiiy-resurs salohiyatidan samarali
foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini
ishlab chiqish va samarali ixtisoslashuvni keng yo‘lga qo‘ygan holda asosiy e’tibor
raqobat ustuvorligiga qaratilmog‘i tadqiqotda asoslab berilgan (3- jadval).
Qashqadaryo viloyati aholi sonining nisbatan tez sur’atlarda ko‘payishi, uning
75,3% i qishloq joylarida yashashi bilan ajralib turadi. Aholisining 52,8 % ni mehnat
resurslari tashkil qiladi. Bu yerda aholining tabiiy ko‘payish sur’ati o‘tgan yillarga
qaraganda kamayish tendensiyasiga ega bo‘lsa-da (2000 yilga nisbatan 1,4 marta
kamaygan), mehnatga layoqatli aholi soni keskin oshib bormoqda (2000 yilga nisbatan
27,6% ga ko‘paygan). Bu esa mehnat bozorida yangi ish o‘rinlariga talabning taklifga
nisbatan tez sur’atlarda oshishiga olib kelmoqda. Viloyatda 2010 yilda ish bilan
bandlik darajasi 2000 yilga qaraganda 17,2% ga o‘sib, shu davrdagi mehnat
49
resurslarining o‘sish darajasi 44,4 % ni tashkil qilgan. Bu kelajakda aholini yangi ish
joylari bilan ta’minlash eng ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishini ko‘rsatadi. Ish bilan
ta’minlanish darajasi tumanlar o‘rtasida keskin farq qiladi. Mehnatga layoqatli
aholining katta qismi qishloq xo‘jaligida band. Qishloq xo‘jaligida band aholining
aksariyati mavsumiy ish bilan mashg‘ul. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bo‘lmagan
davrda ularning faqat 6,0 foizigina ish bilan band bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishida bandlar soni bevosita zarur ishchi kuchidan 30 ming kishiga ortiq. Aholi
aksariyat qismining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida band bo‘lishi ular daromadi
pastligining asosiy sababi bo‘lmoqda. Bugungi kunda viloyat iqtisodiyotida band
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: