Qaytgan va singan nurlarnig qutblanishi:
Tabiiy yorug’lik nuri vakuumdan dielektrik, shaffof muhitga tushayotgan bo’lsin. Bu nur qisman qaytadi va qisman sinadi . Tajribalar singan va qaytgan nurlar qisman qutblangan ekanligini ko’rsatadi. Lekin, singan va qaytgan nurlar o’zaro perpendikulyar bo’lganda qaytgan nur to’la qutlangan bo’lib, uning tebranishlari tushish tekisligiga perpendikulyar bo’lgan tekislikda sodir bo’ladi . Singan nur esa qisman qutblangan bo’ladi(4-rasm). Yorug’lik shaffof sirtga shunday burchak ostida tushsinki, natijada singan nur va qaytgan nurlar o’zaro perpendikulyar bo’lib qolsin. Bunday tushish burchagiga Bryuster burchagi deyiladi. Bryuster burchagi quyidagicha bo’ladi:
4-rasm
Masalan, n=1,53 bo’lgan shisha uchun Bryuster burchagi 56° ga yaqin. Tabiiy yorug’lik nuri shisha sirtiga 56° burchak ostida tushsa, tushish tekisligiga perpendikulyar yo’nalishda qaytgan nur to’la qutblanadi, singan nur esa qisman qutblanadi. Buning sababini quyidagicha izohlaymiz:
Tushayotgan yorug’lik to’lqinining elektr maydoni ta’sirida dielektrik tarkibidagi elektronlar tebranma harakatga keladi. Tebranuvchi elektronlar o’z navbatida ikkilamchi kogerent to’lqinlarni nurlantiradi. Ikkilamchi to’lqinlar birlamchi to’lqinlar bilan o’zaro kogerentdir. Bu to’lqinlarning o’zaro interferensiyalashishi natijasida qaytgan va singan nurlar yo’nalishidan tashqari barcha yo’nalishlarda tebranishlar so’nadi.
Singan nurning qisman qutblanishini quyidagicha tushuntirish mumkin:
Tabiiy nurda barcha yo’nalishdagi tebranishlar ehtimolli teng. Tushayotgan tabiiy nurning energiyasi qaytgan va singan nurlar orasida taqsimlanganligi uchun, energiyaning saqlanish qonuniga asosan, qaytgan nurda biror yo’nalishdagi tebranishlar ko’proq bo’lsa, singan nurda shu yo’nalishdagi tebranishlar kamroq bo’lishi kerak. Shuning uchun qaytgan nur to’liq qutblanganda singan nur qisman qutblanadi.
Turmalin bilan qilingan tajriba, Malyus qonuni:
Tabiiy yorug’likdan qutblangan yorug’lik olish uchun foydalaniladigan qurilma polyarizatorlar deyiladi(5-rasm). Polyarizatorlar yordamida olinadigan qutblangan yorug’lik to’lqinining E vektori aniq bir tekislikda tebranadigan boladi. Polyarizatorlar vazifasini turmalin kristali, yupqa sellyuloid plyonkasi, ispan shpatidan tayyorlangan prizmalar bajarishi mumkin. Polyarizatorlardan faqat qutblangan yorug’lik olish maqsadida emas, balki nurning qutblangan yoki qutblanganligini aniqlash, qutblangan nurning tebranish tekisligini aniqlash uchun ham foydalaniladi. Shunday maqsadda ishlatiladigan polyarizatorlarga analizator deyiladi.
5-rasm
6-rasm
Polyarizator vazifasini o’tayotgan turmalin plastinkaga perpendikulyar ravishda tabiiy nur tushayotgan bo’lsin. Polyarizatordan o’tgan nur yassi qutblangan, uning tebranishlari polyarizatorning optik o’qiga parallel yo’nalishda sodir bo’ladi. Bu yassi qutblangan nur yo’liga ikkinchi turmalin plastinka joylashtiraylik. U analizator vazifasini bajaradi. Kurs ishini qisqartirish maqsadida bundan keying o’rinda (P)-palyalizator, (A)-analizator deb belgilab olamiz. Tajribalarning ko’rsatishicha (P) va (A) larning optik o’qlari parallel bo’lsa (6-a,rasm), (P) dan o’tgan yorug’likni (A) to’liq o’tkazadi, ya’ni I = I ₘ bo’ladi. Ikkala plastinka (P) va (A) o’zaro perpendikulyar bo’lsa, (A) dan yorug’lik tamoman o’tmaydi (6-b,rasm), ya’ni I= 0 bo’ladi. Oraliq vaziyatlarda esa, ya’ni 0
Do'stlaringiz bilan baham: |