5-Laboratoriya ishi Ishning maqsadi:Ish joylarida tabiiy yoritilganlikni aniqlash, hisoblash va meyorlashtirish tartibi bilan tanishish. - Umumiy ma’lumotlar:
- Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarini ratsional yoritish mehnat muhofazasining asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi. Tо‘g‘ri loyihalangan va amalga oshirilgan ishlab chiqarish sexlaridagi yorug‘lik quyidagilarga xizmat qiladi:
- kо‘zni kam toliqtirish, kо‘rish ishlari sharoitini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash;
- ishlab chiqarish muhitiga va ishchilarning psixologiyasiga ijobiy ta’sir kо‘rsatish;
- - ishning xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda jarohatlarni kamaytirish.
Hamma ishlab chiqarish xonalarida kunduzi ishlash uchun, meditsina-sanitariya talablari nuqtai nazaridan, mukammal va iqtisodiy jihatdan arzon bо‘lgan tabiiy yorug‘likni qо‘llash maqsadga muvofiqdir. - Hamma ishlab chiqarish xonalarida kunduzi ishlash uchun, meditsina-sanitariya talablari nuqtai nazaridan, mukammal va iqtisodiy jihatdan arzon bо‘lgan tabiiy yorug‘likni qо‘llash maqsadga muvofiqdir.
- Tabiiy yorug‘lik tuzilishi bо‘yicha uch turli bо‘lib, binoning yon tomonidan, yuqorisidan va ikkovining birgalikda qо‘llanishi holatida amalga oshiriladi.
Yon tomondan beriladigan yorug‘likka, binoning tashqi devorlaridagi oyna derazalari orqali quyosh nurlari kirib sexni yoritadi. Yuqoridan beriladigan tabiiy yorug‘lik bilan esa, binoning tomidagi fonar, shed va zenit gumbazlari orqali yoritiladi. - Yon tomondan beriladigan yorug‘likka, binoning tashqi devorlaridagi oyna derazalari orqali quyosh nurlari kirib sexni yoritadi. Yuqoridan beriladigan tabiiy yorug‘lik bilan esa, binoning tomidagi fonar, shed va zenit gumbazlari orqali yoritiladi.
- Ishlab chiqarish xonalarining yoritilishi bо‘yicha ish yuzlarining lyukslarda belgilangan yoritilganlik yorug‘lik texnikasining muhim xususiyatlaridan biridir.
Lyuksmetr YU-116 chо‘g‘lanma lampalar va tabiiy yorug‘lik orqali hosil bо‘lgan yoritilganlikni о‘lchash uchun mо‘ljallangandir. - Lyuksmetr YU-116 chо‘g‘lanma lampalar va tabiiy yorug‘lik orqali hosil bо‘lgan yoritilganlikni о‘lchash uchun mо‘ljallangandir.
- Lyuksmetr - о‘lchov asbobi va qoplamali alohida fotoelementdan tashkil topgan. Asbobning ikkita shkalasi bor. Biri 0 dan 30 lk gacha, ikkinchisi 0 dan 100 lk gacha о‘lchashga mо‘ljallangan.
- Har bir shkalada nuqtalar bilan о‘lchov diapazonining boshlanishi kо‘rsatilgan; 0-100 shkalasida bu nuqta 20 belgisining, 0-30 shkalasida yesa 5 belgisining ustida joylashgan. Asbob strelkaning nol holatiga keltirish imkonini beruvchi korrektorga ega.
Tabiiy yorug‘likda, sexlardagi yoritilganlik juda keng chegaralarda о‘zgaradi. Bu о‘zgarishlar kunning vaqti, yilning fasli, joyning geografik kengligi, meteorologik omillari, yer yuzasining nur qaytarish xususiyati va boshqalar bilan belgilanadi. Shuning uchun, tabiiy yorug‘likni ish joylarida yoritilganlikning absolyut kattaligi sifatida ifodalash mumkin. Tabiiy yoritilganlikni meyorlovchi kattalik sifatida, nisbiy kattalik bо‘lmish tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti qabul qilingan. Bu ishlab chiqarish xonasi ichidagi yoritilganlikni /Ei/, shu vaqtning о‘zida tashqarida gorizontal yuzada ulangan yoritilganlikka Et/ nisbati bilan foizlarda о‘lchanadigan kattalikdir.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentining ishlabchiqarish xonalari uchun qiymati
Do'stlaringiz bilan baham: |