Tabiiy va ilmiy fanlar


-amaliy mashg‘ulot. Jadvalli axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Microsoft Excel



Download 20,6 Mb.
bet38/119
Sana10.07.2022
Hajmi20,6 Mb.
#771365
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119
Bog'liq
Sohada AKT MAJMUASI

4-amaliy mashg‘ulot. Jadvalli axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Microsoft Excel


4.1.MS Excelning imkoniyatlari. Formulalalar bilan ishlash. 4.2.MS Excelda sohaga oid hisoblashlarni amalga oshirish

O‘quv-uslubiy va dasturiy ta’minotlar I.Adabiyotlar



  1. Романова Ю.Д., Лесничая И.Г., Шестаков В.И., Миссинг И.В., Музычкин П.А. Информатика и информационные технологии: учебное пособие / под ред. Ю.Д.Романовой.-3-е изд., перераб. и доп.-М.: Эксмо, 2008 год.

  2. Васильев А.Н. Excel 2010 на примерах. – СПб.:СХБ-Петербург, 2010

год.

  1. Microsoft Excel 2010: разработка приложений / А.Ю.Гарнаев,

Л.В.Рудикова. -СХБ-Петербург, 2011.- 528 с.: ил

  1. Урдушев Х., Мавлянов М., Қаландаров Р. Информатика ва ахборот технологиялари: лаборатория практикуми. Ахборотга ишлов бериш технологиялари. Жадвалли ахборотларни қайта ишлаш. Информатика ва ахборот технологиялари фанидан лаборатория ишларини бажариш учун услубий қўлланмалар тўплами. IV-қисм. - Самарқанд: СамҚХИ, Нашриёт- таҳририят бўлими. 2016. - 104 б.

  2. Urdushev X., Mavlyanov M. Microsoft Excel elektron jadvalida qishloq xo‘jaligi va chorvachilikka oid ma‘lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma. -Samarqand: SamVMI, Nashriyot- tahririyat bo‘limi. 2018. - 42 b.

II.Masalalarini yechish uchun dasturiy ilovalar:
Microsoft Excel 2010
    1. MS Excelning imkoniyatlari. Formulalalar bilan ishlash


Mavzuni o‘rganish uchun ko‘rsatmalar:

    • Microsoft Word da laboratoriya ishini tituli tuziladi;

    • Mavzuga oid tayanch tushunchalar savollarga javob berish orqali qisqacha tasniflanadi;

    • 1-topshiriqda Excel tayanch tushunchalarni mustahkamlash uchun 1.1-1.7 vazifalarning kamida 2 tasi bajariladi;

    • 2-topshiriqda Microsoft Excelda qishloq xo’jaligiga oid jadvalli ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalariga oid 2.1-vazifa bajariladi va qisqacha tasniflanadi.

    • 3-topshiriqda Excelda qishloq xo’jalik korxonasi iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash ishlari 3.1-vazifani bajarish orqali o‘rganiladi.

1-topshiriq. Mavzuga oid tayanch tushunchalarni tasniflash



  1. savol.Microsoft Excel 2010 (2016) ni interfeysini tasniflang.

  2. savol.Microsoft Excel 2010 va 2016 umumiy va farqli tomonlarini tasniflang.

  3. savol.Microsoft Excel da Вкладка (Varaqa) tushunchasini tasniflang

  4. savol.Microsoft Excel da “Sarlavha satri” va “Tez murojat qilish paneli” vazifalarini tasniflang.

  5. savol.Microsoft Excel lentasi qanday vazifalarni bajaradi?

  6. savol.Microsoft Excel oynasining lentali interfeysini asosiy elementlari deganda nimani tushunasiz?

  7. savol. Elektron jadvallarni qo‘llanish sohalari tasniflang. 8-savol. Elektron jadvallarning imkoniyatlari tasniflang.

  1. savol. Microsoft Excel ish kitobi bilan bajariladigan ishlarni keltiring.

  2. savol. Formula va standart funksiyalar va ulardan oqilona foydalanish yo‘llarini tasniflang.

  3. savol. Microsoft Excelda qancha ustun va satrlarga ega?

Javob.Microsoft Excel 93-2003 ilovalari 65536 ta
satr, 256 ta ustun va 16777 216 yacheyka (katak)lardan iborat bo’ladi.
Ishchi Листida ustunlar lotin tilidagi 26 ta harflar A, B, C, D,…X, Y, Z harflar bilan belgilanadi.
Satrlar: A, B, C, D, …, X, Y, Z, AA, AB, AC, AD,…, AX, AY, AZ, BA, BB, BC, BD, … ,
BX, BY, BZ, CA, CB, CC, CD, …, CX, CY, CZ, …, …, HW, HX, HY, HZ ,…, IT, IU, IV.
Ustunlar soni: 1, 2, 3, …, 65534, 65535, 65536 ta.

Microsoft Excel 2010da 1 048 576 ta satr va 16384 ta ustun 17 179 869 184 yacheyka (katak)dan tashkil topgan.
Satrlar: A, B, C, D, …, X, Y, Z, AA, AB, AC, AD,…, AX, AY, AZ, BA, BB, BC, BD, … ,
BX, BY, BZ, CA, CB, CC, CD, …, CX, CY, CZ, …, HW, HX, HY, HZ ,…, IT, IU, IV,…, ,
...,XFB, XFC, XFD.
Ustunlar: 1, 2, 3, …,1 048 574, 1 048 575, 1 048 576 kabi sonlar ketma- ketligida raqamlanadi.
Klaviaturadan Ctrl+[►] klavishlari birgalikda bosilsa jadvalni oxirgi ustuniga, Ctrl+[▼] klavshlari bosilsa jadvalni oxirgi satriga o’tiladi.

  1. savol. Microsoft Excelda kataklar guruhi deganda nima tushuniladi? Javob.

    Belgilanis
    hi

    Kataklar guruhi

    F3

    F ustun va 3 -satrning kesishishidagi katak

    E10:E20

    E ustuning 10 -dan 20 -gacha bo’lgan kataklari

    B15:E15

    15-satrning B ustunidan E ustunigacha bo’lgan kataklar

    5:5

    5-satrning barcha kataklari

    5:10

    5-10 satrlarning barcha kataklari

    B:B

    B ustunning barcha kataklari

    B:J

    B ustundan J ustungacha bo’lgan barcha kataklar

    A10:E20

    A ustunning 10 satridan E ustunning 20 satrigacha bo’lgan barcha kataklarning to’rtburchak sohasi (diapozoni)

  2. savol. Microsoft Excel bilan ishlash jarayonida ####, #знач ko’rinishdagi belgili yoki matli xabarlar nimani anglatadi?

Javob.

Xabarlar

Xabarlar mazmuni

####

Katak satrning kengligi hisoblangan natijalarni akslantirishi uchun yetarli emas, yoki unda sana va vaqt
bo’yicha ma’lumotlar formati noto’g’ri qo’yilgan.

#знач

Argument yoki operandaning noto’g’ri tipi qo’yilgan. Masalan, kattakka argument sifatida qo’yilgan matn o’rniga son qo’yilishi kerak.

# дел/0

0 ga bo’lingan.

#имя

Excel formulaga kiritilgan matnni tushuna olmaydi. Masalan, funksiyaning nomini noto’g’ri yozilishi.

#н/д

Ayni vaqtda formulaning argumentlaridan birini katagiga murojaat qilish mumkin emas.

# ссылка

Kattakka noto’g’ri murojaat qilingan.

#число

Formula natijalarini hisoblash mumkin emas, balki u juda katta yoki uni jadvalda ixcham ifodalashning imkoniyati yo’q.

#пусто

Ikkita kesishmaydigan sohadagi izlash natijalari. Ya’ni, noto’g’ri murojaat o’rnatilgan.

  1. savol. Elektron jadval Листida diapozonlar qanday ajratiladi?

Javob. Elektron jadval Листida diapozon sichqonchani o’ng klavishini bosib turgan holda kerakli kataklar ustida harakatlantirilgan holda ajratiladi. Masalan, 1-5 satrlar va A,B,C ustunlar joylashgan kataklar diapozoni ajratilsa, ilovani adreslar darchasida u 5R x 3C kabi ifodalanadi.
Bu yerda 5R belgilangan satrlar sonini, 3C ustunlar sonini anglatadi.


  1. savol. Excel dasturida ishlatiladigan asosiy amallar: satr va ustunlarni belgilash, nusxa olish, ko’chirish, qayta nomlash, siljitish, izohlar o’rnatish qanday amalga oshiriladi?

Javob.
Microsoft Excel oynasida: katak, satr, ustun va maydon diapazonlarini belgilash usulari.
Windows operasion tizimini Microsoft Excel ilovasi bilan ishlashda, ish kitobida ma’lumotlarni o’chirish, ko’chirish, nusxa olish yoki boshqa shu kabi ishlarni amalga oshirish kerak bo’ladi. Bu ishlardan birini amalga oshirish uchun kerakli diapazon ajratiladi.
Microsoft Excel dasturi jadvalida biror ustunni ajratish uchun, sichqoncha ko’rsatkichi shu ustun sarlavhasiga keltirilib chap klavishi bosiladi.

Masalan, B nomli ustunni ajratish uchun sichqoncha ko’rsatkichi bilan B harfli katak faollashtiriladi.


Microsoft Excel elektron jadvalida satrni ajratish uchun, sichqoncha ko’rsatkichi bilan satr nomeri faollashtiriladi. Masalan, 3-satrni barcha kataklarini belgilash uchun sichqoncha ko’rsatkichi bilan 3 yozilgan satr bosiladi.
Demak, biror satrning barcha kataklarini ajratish uchun uning satr nomerini sichqoncha ko’rsatkichi bilan bosiladi.Bir necha satrni belgilash uchun klaviaturadan [Ctrl] klavishi bosib turiladi.
Ish sahifa (Рабочий Лист)ni to’liq belgilash uchun, Microsoft Excel elektron jadvalidagi Выделить всё tugmasidan foydalaniladi. Выделить всё - Barcha kataklarni belgilash tugmasi Excel jadvalida satr va ustun nomlari kesishgan nomsiz katak.
Excel ni ish sahifasini klaviatura yordamida to’liq belgilash uchun:

    • Klaviaturadan [Ctrl]+[A] klavishlari bosiladi. Bu yerda A lotin harfi. Excelni ish sahifasini maydonlarni cichqoncha bilan belgilash uchun:

  • Sichqoncha ko’rsatkichi kerakli katakka keltiriladi;

  • Sichqonchani chap klavishi bosiladi va ushlab turiladi;

  • Sichqoncha ko’rsatkichi bilan kerakli diapazon satxida siljitib belgilanadi. Diapazonlarni klaviatura yordamida belgilash uchun :

  • Sichqoncha ko’rsatkichi belgilanadigan dipazon katagiga keltiriladi;

  • [Shift] klavishi bosiladi va ushlab turiladi;

  • Klaviaturaning kursorni boshqaruvchi klavishlari ([], [], [], [], [PageUp], [Page Down] ) bilan kerakli maydon belgilanadi.

  • [Shift] klavishi quyib yuboriladi.

Excel ish kitobi bilan ishlashda foydalanuvchi jadvalning turli joylarida joylashgan katakarni belgilashga to’g’ri keladi.
Excel jadvalini turli qismlarida joylashgan alohida kataklarni belgilash uchun:

    • Sichqoncha ko’rsatkichi kerakli katakka keltiriladi va chap klavishi bosiladi (Masalan, A3 ga).

    • [Ctrl] klavishi bosiladi va ushlab turiladi.

    • Keyin sichqoncha ko’rsatkichi navbatdagi katakka (masalan, B5 ga) keltiriladi va chap klavishi bosiladi.

    • [Ctrl] klavishi quyib yuboriladi.

Excel jadvalida yonma-yon joylashmagan maydon (diapazon) larni belgilash uchun :

    • Sichqonchani chap klavishini bosib turgan holda birinchi maydon belgilanadi. Masalan, A2:A5 maydon.

    • Klaviaturada [Strl] klavishi bosiladi va ushlab turiladi.

    • Sichqoncha ko’rsatkichi bilan navbatdagi diapazon belgilanadi. Masalan, D1:E5 dipazoni.

    • Diapozonlarni belgilash kerakligicha davom ettiriladi.

    • [Ctrl] klavishi quyib yuboriladi.

Excel ish Листlari va ular ustida amallar bajarish
Листlarni yo’qotish (o’chirish):

    • Sichqoncha ko’rsatkichi o’chirilishi kerak bo’lgan ish Лист yorlig’iga keltiriladi.

    • Sichqoncha ko’rsatkichini o’ng klavishi bosiladi.

    • Hosil bo’lgan kontekst menyudan Удалить buyrug’i beriladi. Листlarni qayta nomlash

Ma’lumki, oynaning quyi qismida Лист1, Лист2, ..., deb nomlanadigan Лист larning yorliqlari joylashtiriladi.
Bu nomlar Листlardagi axborotlarni mazmunini ifodalamaydi. Shu boisdan Листlarni, ulardagi axborotlarning mazmunidan kelib chiqib qayta nomlashga to’g’ri keladi.
Листlarini qayta nomlash uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:

    • Sichqoncha ko’rsatkichi qayta nomlanadigan Лист yorlig’iga keltiriladi.

    • Kontekst menyudan Переименовать buyrug’i tanlanadi va o’rniga Лист ni yangi nomi yoziladi.

Ish kitobiga yangi Листlarni qo’shish.
Вставить лист buyrug’i bilan yoki Лист1 va Лист2 larni o’rtasiga yangi Лист qo’shish
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

    • sichqoncha ko’rsatkichi Лист2 yorlig’iga keltiriladi.

    • sichqonchani o’ng klavishi bosilib konteksti menyu chiqariladi.

    • Kontekst menyudan Вставить buyrug’i boriladi va chiqariladigan muloqot oynasidan Лист tanlanib OK tugmasi bosiladi.

Ish kitobda Листlarda nusxa olish.
Ko’p hollarda to’ldirilgan Листlardan nusxa olishga to’g’ri keladi.
Excel bilan ishlashda shakli bir xil bo’lgan, ammo detallari unchalik farq qilmaydigan ish Листlarda hisoblash ishlarini bajarishga to’g’ri keladi. Bu ishlarni Excel da hal qilish juda oson yo’lga qo’yilgan. Buning uchun ish kitobda masalaning shartlari bo’yicha ish Листi tuziladi, keyin uni boshqa Листlarda nusxalari yaratiladi.
Buning uchun quyidagi amallar ketma-ketligini bajarish kerak bo’ladi:

    • Sichqoncha ko’rsatkichi nusxasi olinish kerak bo’ladigan Листni yorlig’iga keltiriladi. Sichqonchani chap klavishi bosiladi va ushlab turiladi. Sichqoncha ko’rsatkichini shakli o’zgaradi va yorliq ustida pastga qaragan strelka paydo bo’ladi.

    • Klaviaturadan [Ctrl] klavishi bosiladi va ushlab turiladi. Sichqoncha ko’rsatkichini shakli yana o’zgaradi. Sichqoncha ko’rsatkichini siljitib pastga qaragan strelka nusxa qo’yiladigan Листni yorlig’iga keltiriladi.

    • Sichqoncha chap klavishi va keyin [Ctrl] tugmasi quyib yuboriladi. Shunday qilib ish Листni nusxasi yaratiladi.

MS Excelda obyektlardan nusxa olish, ko’chirish va yo’qotish
Kerakli katak yoki maydon belgilanadi. Главная varaqasidan yoki kontekst menyudan Копировать buyrug’i beriladi. sichqoncha ko’rsatkichi nusxa qo’yiladigan joyga keltiriladi va Вставить buyrug’i beriladi.



    1. MS Excelda sohaga oid hisoblashlarni amalga oshirish

1-topshiriq. Excel tayanch tushunchalarni mustahkamlash uchun vazifalarni bajaring
1.1-vazifa. Excel da Листlarni qayta nomlash. Bajarish usuli:

  1. Excel da yuklang va undan Лист1 ni 1-вазифа deb qayta nomlash. Ish kitobidan Лист1 ni faollashtiriladi.

Kontekst menyudan Переименовать buyrug’i beriladi va cichqonchani chap klavishi bosiladi. Natijada jadval oynasining quyi qismidagi Лист yozuvi faollashadi, uning o’rniga 1-вазифа so’zi yoziladi.


Natijada Лист1ga 1-вазифа nomi beriladi.


Qolgan Лист larga ham shu tarzda qayta nomlanadi.

  1. Faylni xotiraga olish uchun, Файл varaqasidan Сохранить buyrug’i beriladi.

  2. Dasturdan chiqish uchun Файл menyusidan Выход buyrug’i beriladi.

Excel da formulalar va ular bilan ishlashni vazifalar bajarish orqali ko’rib chiqamiz.
1.2-vazifa. Excel da jadvallar tuzish, ularni nusxalarini yaratish, tahrirlash va Листlar bilan ishlash
Vazifaning berilishi:

  1. Excel fayli yuklanadi.

  2. Excel ni Лист2 da quyidagi jadvalni tuzing va formulalarni yozing.

Tegishli sonli kattaliklarni kiriting.

  1. Quyidagi A1:D7 dipazonni belgilang va kontekst menyudan Копировать buyrug’ini bering.

  2. Лист3 ni faollashtiring. Unga Лист2 dagi jadvaldan nusxa ko’chiring. 5.Лист2 ni «2-jadval», Лист3 ni «3-jadval» deb qayta nomlang.

6. Faylni kompyuter xotirasiga yozing.

1.3-vazifa.

  1. Excel da quyida keltirilayotgan elektron javalni tuzing va avtoto’ldirish, nusxa olish ishlarini amalga oshiring.


Ko’rsatma. Excel ni Главная varaqasidan Выравнивание (Tekislash)
tugmasini bosing. Chiqariladigan Формат ячеек muloqot oynasidan rasmda keltirilgan parametrlarni o’rnating va OK tugmasini bosing.

5-amaliy mashg‘ulot. Taqdimotli axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari 5.1.Microsoft Power Pointda qishloq xo‘jaligiga oid taqdimotlar tuzish


texnologiyalari

Download 20,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish