Tabiiy va aniq fanlar



Download 0,97 Mb.
Sana08.09.2017
Hajmi0,97 Mb.
#19477


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
TABIIY VA ANIQ FANLAR” KAFEDRASI

Xasanova Shoxistaning “Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limning dolzarb masalalari” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi


Navoiy-2016

Mavzu: Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limning dolzarb masalalari
Reja

          1. Kirish.

          2. Barqaror taraqqiyot ta’limining maqsadlari, vazifalari va amalga oshirish imkoniyatlari

          3. Tabiatga kishilik jamiyati ta’sirining o‘sishi.

          4. Atrof - muhit va inson salomatligi.

          5. Ekologik etikani shakllantirish masalalari.

          6. Ekologik xavfsizlikning mintaqaviy muammolari

          7. Ekologik muammolarini oldini olish va yechimini oqilona hal etishda ekologik va barqaror taraqqiyot ta’limining o‘rni

Kirish Kirish. Mаvzuning dоlzаrbligi Prezident Islom Karimovning Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamalakatimizni modernizasiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat” nomli ma’ruzasida Kadrlar tayyorlash va shuningdek, Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturlarini qabul qilganimiz ta’lim-tarbiya sohasida eski qolip va asoratlardan xoli bo‘lgan, bugun o‘zgalarning havasini tortayotgan yangi tizimni hayotimizda tatbiq etganimiz haqiqatan ham tarixiy bir voqea bo‘ldi, desak, adashmagan bo‘lamiz.

Buning natijasida mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talabiga javob beradigan avlodni shakllantirishga erishdik, Vatanimizning ertangi kunini, taqdirini o‘z qo‘liga olishga qodir bo‘lgan farzandlarimiz bugun minbarga chiqmoqda.

Sog‘lom bola, sog‘lom avlod orzusi ajdodlarimizdan bizga o‘tib kelayotgan, qon-qonimizga singib ketgan azaliy intilishdir. Agar ota-bobolarimizning turmush va tafakkur tarziga nazar solsak, ular insonning nasl-nasabiga, yetti pushtining tozaligi, avlodning sog‘lig‘iga juda katta e’tibor berganini ko‘ramiz.1

Prezidentimiz Islom Karimovning "O‘zbekiston XXI-asr bo‘sag‘asida" nomli asarida milliy xavfsizlikka qarshi yashirin tatqiqotlardan biri sifatida ekologik xavfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish muammosiga alohida c’tibor bergan. Ekologiya muammosi milliy xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlardan biridir. Tabiat insonni yaratib, o‘z bag‘rida o‘stirdi. Inson faoliyati davomida tabiatga ta’sir etib, uni o‘zlashtirishdagi qudratli kuchga aylandi. Insonning tabiatga ta’siri muqarrardir. Insoniyat tarixida insonlar tabiatni o‘zgartirib kelganlar. Ibtidoiy jamiyatda insonlar ovchilik, chorvachilik va baliq ovlash bilan kun ko‘rganlar. Ular tabiatni durustroq o‘zlashtirishga qodir emas edilar. Keyinchalik tabiatga insonlar ta’siri tobora orta bordi. Insonlar dehqonchilik qilish bilan tabiatga ta’sirini o‘tkaza boshladilar. Dasht va cho‘l yerlarining qanchadan qancha maydonlari o‘zlashtirildi. O‘rmonlarda daraxtlarning kesib yuborilishi, yong‘inlar paydo bo‘lishi, qurg‘oqchilik yerlarga ariq -kanallarning qazilishi natijasida tabiiy landshaftlarning ko‘rinishini o‘zgartirib yubordi. Insonlar tabiatda madaniy landshaftni vujudga keltira boshladilar. Insonlarning xo‘jalik faoliyati tufayli tabiatda salbiy hodisalarni vujudga kelishiga sababchi bo‘la boshladi. Daryo, soylarning sayozlashib qolishi, o‘rmonlar maydonining qisqarishi, hayvonlarning kamayishi, tuproq erroziyasining avj olishi va boshqa jarayonlar shular jumlasidandir. Texnika vositalari, sanoat va ishlab chiqarish jarayonlarining rivojlanishi, tabiatga bo‘lgan ta’sirni yanada kuchaytirdi. Ya’ni yer ostidan nihoyatda ko‘p miqdorda boyliklarning qazib olinishi, yer-suvdan, o‘rmonlardan va boshqa resurslardan keng suratda foydalanish natijasida, tabiat keskin darajada qashshoqlashib ko‘pgina hayvon va o‘simlik turlarining yo‘qolib ketishiga olib keldi.

"Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro konferensiyada Prizedentimiz Islom Karimov "Musaffo tabiat, aholi salomatligi va farovonligi-pirovard maqsad" mavzusidagi ma’ruzasida 1960-2010-yiliar oralig‘ida orolga kelib qo‘shiladigan daryo suvlari 4,5 barobar qisqarib uning suv yuzasi 8 marta kamaydi. Suv sathi 53,4 m dan 29 m ga pasayib qoldi. Sho‘rlanganlik darajasi esa 25 maratoba ortib, dunyo okeanlari menirallashuvi ko‘rsatkichiga nisbatan 11 barobar ko‘paydi. Bu omilllar mintaqa glora va faunasiga o‘nglab bo‘lmas zarba berdi. Suvda yashaydigan jonzorlar deyarli qolmadi. Bir paytlar orol suvlarida mavjud bo‘lgan o‘nlab turdagi baliqlar oxirgi vaqtda uchramaydi. Hayvonlarning ko‘pi yo‘qolib ketdi. Qo‘lonlar, kaspiy yo‘lbarslari, g‘izollar, osiyo gipardi, umuman 12 turdagi sut emizuvchi, 26 turdagi qush, 11 turdagi o‘simlik butunlay yo‘q bo‘lish xavfi ostida turibdi. Umuman, o‘tgan davrda Orolbo‘yi bioxilma-xilligi genofondening 50 % dan ortig‘i boy berildi. Qurigan dengiz o‘rnida hosil bo‘lgan Orolqum sahrosi maydoni 5,5 million gektarga etib, undan har xili qariyb 100 million tonna qum va zarrali tuz atmosferaga tarqalmoqda’ deb ta’kidlaydi"

Birinchi marta fanga nemis olimi E.Gekkel 1866-yilda "Ekologiya" so‘zini kiritdi.

"Ekologiya" so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib "oikos" - "turar joy", "yashash muhiti", "logos" va "ta’limot" ma’nolarini anglatadi. Ekologik tirik organizmlar - odamlar, hayvon va o‘simliklar dunyosi bilan atrof-tabiiy muhit, yer, yer osti boyliklari, suv va suv resurslari, atmosfera havosi o‘rtasidaga munosabatlarni o‘rganuvchi fandir.

Qisqacha qilib ta’rif berilsa, ekologiya - jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi fan, ijtimoiy hayot sohasi bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda hayotning barcha jabhalariga ekologiya kirib keldi. Olimlarning fikricha yer bundan taxminan 4,5-7 millard yillar oldin hosil bo‘lgan. Dastlab erning harorati juda baland bo‘lgan. Asta-sekin sovush jarayonida og‘ir elementlar sayyoramizning markaziga, engillari esa periferik qismiga joylasha boshlagan. Yerda birinchi tirik organizmlar taxminan 3,5 millard yil awal paydo bo‘lgan va biologik qatlam rivojlangan.

"Ekologiya"ning falsafaning muayyan, juda o‘ziga xos qismi sifatida shakllanishi bir qator bosqichlarni bosib o‘tdi:

XX asrning 50-yillari: ekologiyada ahvol yaxshi emasligini qayd etish;



  • 60 - yillar: nazariy idrok etish uchun dastlabki urinishlar;

  • 70 - yillar: ijtimoiy harakatlarning amaliy faoliyatining boshlanishi ("yashillar" va boshqalarning);

  • 80 - yillar: aniq - ravshan bayon qilingan tamoyillar asosida harakatlar amaliyotini ishlab chiqish;

  • 90 - yillar: global ekologik tafakkurning shakllanishi.

"Ekologiya"ning rivojlanishiga A.Pechchei, G.Kommoner, A.King, L.Braun, D.Medouz, G.Kan, J.Forrester, E.Pestel va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar.

Hozirgi zamon globalistikasi ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgan xalqaro nohukumat tashkiloti - Rim klubining paydo bo‘lishi va dastlabki 15 - yillik faoliyati italyan faylasufi va jamoat arbobi A.Pechchei nomi bilan bog‘langan.

Eng muhim ishlanmalar qatorida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:


  • global miqyosdagi ijtimoiy - iqtisodiy va ilmiy - texnik rivojlanish jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun maxsus transmilliy tuzilmalar yaratish haqidagi taklif (E.Pestel, M.Mesarovich);

  • ekologik muvozanatlashtirilgan global iqtisodiy tizimlar nazariyasini ishlab chiqish (L.Braun);

  • global ekologik va insonparvarlik etikasini shakllantirish (R.Atfild) va boshqalar.

A.Pechcheining "Taraqqiyot dinidan va mexanikaning kuch - qudratiga ko‘r - ko‘rona ishonishdan" voz kechish va o‘znigohini Sharqqa qaratish zarurligi zero "Osiyoning metafizik madaniyatlari materialistik G‘arb sivilizatsiyasini ko‘p narsaga o‘rgatishi mumkinligi" haqidagi takliflaridan biri g‘oyat qiziqarlidir.

Hozirgi kunda ekologik muammolarning naqadar dolzarbligini anglab etish uchun BMT ning global ekologik ma’lumotlaridan (1992) bir qator faktlarni keltirish mumkin.

Ekologiya sohasida engjiddiy masalalari sifatida quyidagilar e’tirof etilgan:


  • chuchuk suvning etishmasligi (uning 63% qishloq xo‘jaligida, 23% sanoatda va faqat 8% turmushda ishlatiladi);

  • dunyo okeanining ifloslanishi ("o‘lik zonalarning" paydo bo‘lishiga qadar).

  • Orolning qurishi (uning sathi 3 metrga pasaydi, yana 9-13 metrga pasayishi va sho‘rlanishning 10 marta ortish kutilmoqda).

  • havoning halokatli tarzda iflosnishi, xususan y’irik shaharlarda (Parij, Madrid, Rio - de - Janeyro, Tokio, Sidney, Toronto, London, Tehron, Bangkok, Nyu- York boshqalar);

Tuproq eroziyasi (tuproqning 15% allaqachon tiklab bo‘lmas darajada eroziyaga uchragan);

-o‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishi (har - yili 16,8 mln. gektar o‘rmon kesib yuborilmoqda);

Tabiiy ofatlar oqibatlari (toshqinlar, zilzila, bo‘ronlar, vulqonlar otilishi va

hokazo).


Umuman olganda ekologik muammo yadro urishining oldini olishdan keyingi ikkinchi muammo bo‘lib qoldi va vaqt o‘tishi bilan birinchi o‘ringa chiqishi ham mumkin. Kanadalik olim R.Pelke o‘zining "Envayronmen - talizm va progressive siyosatning kelajagi" nomli ishida ta’kidlaganidek, ekologiya barcha insoniy ehtiyojlar va istaklardan ham ko‘ra fundamentalroqdir, iqtisodiy muvaffaqiyatlar esa, bundan buyon ekologik beqarorlik uchun to‘lanadigan adekvat baho sifatida qaralishi mumkin emas.

Shunday qilib, uning muqobili shunday: insoniyat yohud o‘z sivilizatsiyasini ekologiya nuqtai nazaridan modernizatsiya qiladi, yoki atrof - muhit bilan birga dqgradatsiyaga uchravdi.

Insoniyatning tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmay, jadal yuritilgan xo‘jalik faoliyati yer yuzida tuproq nurashi, o‘rmonlardan mahrum bo‘lish, baliqlarning haddan tashqari ko‘p ovlanishi, tuzli yomg‘irlar atmosfera havosining ifloslanishi, ozon qatlamining emirilishi va hakozolarning ro‘y berishiga olib keldi. Yerlarning nihoyat darajada sho‘rlanganligi O‘zbekiston uchun ulkan ekologik muammodir. O‘zbekistonda noorganik mineral o‘g‘itlar, grbitsidlar va pestitsidlarning qo‘llanishi eng yuqori normalardan ham o‘nlab baravar ortiq edi. Ular tuproqni, daryo, ko‘l, yer osti va ichimlik suvlarini ifloslantirdi. Radioaktiv ifloslanish, ayniqsa, katta xavf tug‘dirmoqda. Navoiy viloyatidagi qoldiqlar saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan xavfli ifloslantirish o‘chog‘i hisoblanadi. 2008-yil 2-avgustda mamlakatimiz ekolog olimlari, shu yo‘nalishda ish olib borayotgan nodavlat, notijorat tashkilotlari va faol jamoatchilikning tashabbusi asosida O‘zbekiston ekologik harakatining tuzilganligi bugungi davrning dolzarb talabi hisoblanadi.

O‘zbekiston ekologik harakati faoliyati siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida ekologik yondoshuv mamlakatning barqaror rivojlanishida eng muhim omil bo‘lishiga ishongan, atrof - muhit va inson salomatligi haqidagi g‘oyalarni qo‘llab - quvvatlovchi hamda ularni amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar va nodavlat, notijorat tashkilotlarini birlashtirishga yo‘naltirilgan ommaviy jamoat harakatidir.

Ekoharakat O‘zbekiston fuqarolarining hozirgi va kulgusi avlodi qulay atrof - muhit sharoitida yashash, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga intiladi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Ekoharakatning tashkil etilganligi mamlakatimizda ekologik jamoat birlashmalari rivojlanishining yangi bosqichini boshlab berdi. Endilikda yurtimizda faoliyat yuritayotgan ekologik jamoat birlashmalari Ekoharakat timsolida atrof tabiiy muhit va inson salomatligi muhofazasi bo‘yicha sa’y - harakatlarni birlashtirish hamda safarbar etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 2009-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston ekologik harakatining konferentsiyasida kuzatuvchilar, shu jumladan, xorijiy kuzatuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida dunyo miqyosida birinchi marta ekologik harakatdan Oliy Majlis qonunchilik palatasiga 15 deputat saylandi.

Turli populyatsiyalar va turlarni tashkil etgan flora va founalar hosil bo‘lib, ular o‘rtasida ma’lum munosabatlar shakllangan. Evolyutsiya davomida o‘simlik va hayvonlar o‘rtasida dinamik muvozanat yuzaga kelgan, ya’ni o‘tho‘r hayvonlar o‘simliklafni, o‘txo‘r hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar’ eyishi va ularga boshqalarining kushanda bo‘lishi mazkur turlarining butunlay yo‘qolib ketishiga olib kelmagan. Nobut bo‘lgan o‘simliklar va hayvonlar o‘rniga evolyutsiya va ko‘payishning tabiiy jarayoni natijasida yangilar paydo bo‘lib turgan.

Tabiiy tanlanish jarayonida tabiiy muhitga moslasha olmagan hayvon va o‘simliklar qirilib ketgan. Ularning o‘rniga tabiiy sharoitga moslashgan yangilar paydo bo‘lgan. Tabiiy tanlanish natijasida fauna va floralarning xilma-xilligi orta borgan. Lekin bunda o‘simlik va hayvonlar jamoasi ichidagi, shuningdek ular jamoasi o‘rtasidagi dinamik muvozanat saqlanib qolgan.

Odamsimon jonzotlar bundan qariyb uch million yil oldin biologik tizimga qo‘shilgan bo‘lib, ularning bu tizimga ta’siri juda kichik bo‘lgan. Ibtidoiy inson faoliyati ov qilish, baliq tutish, o‘simliklar ildiz va mevalarini yig‘ish bilan cheklangan. Natijada mavjud biologik muvozanatning juda oz darajada buzilishiga olib kelgan.

Evolyutsion rivojlanishning ma’lum bosqichida, mehnat qurollari yaratilishi natijasida, inson o‘zining tevarak-atrofidagi tabiatga faol ta’sir ko‘rsata bordi.

Hozirgi vaqtda inson tsivilizatsiyasining rivojlanishi va uning tabiat bag‘riga tobora chuqurroq kirib borishi oqibatida ahvol tubdan o‘zgardi. Odamlar o‘simlik va hayvonot olamiga bostirib kirib, ko‘pincha o‘z faoliyatining salbiy oqibatlari tabiatni o‘zgartirib yuborishi mumkinligi haqida hatto o‘ylab ham ko‘rishmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 28-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari - Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischilarining uchrashuvida ishtirok etdi.

Ushbu jamg‘armaga Markaziy Osiyo davlarlari rahbarlarining 1993-yil 4- yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida asos solingan. Uning asosiy maqsadi Orol inqirozi tufayli ziyon ko‘rgan hududlarda ekologik ahvolni yaxshilashga qaratilgan ilmiy-amaliy loyiha va dasturlar ishlab chiqish hamda ularni moliyalashtirish, umumiy ijtimoiy - iqtisodiy muammolarga echim topishdan iborat.

Olmaota uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarbekov, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Qurmanbek Bakiev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi.

Ma’lumki, 1994 va 2002 yillarda Orol dengizi havzasida ekologik ahvol va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash bo‘yicha aniq sa’y-harakatlar dasturlari ishlab chiqilgan edi. Bu dasturlarga muvofiq qator loyihalar amalga oshirildi. Amudaryo del’tasida sun’iy havzalar barpo etish, Orol dengizining qurigan qismida daraxt ko‘chatlari o‘tqazish kabi loyihalar shular jumlasidandir. Prezidentlar jamg‘arma Ijroiya qo‘mitasiga Orol dengizi havzasida ekologik ahvol va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash bo‘yicha aniq sa’y-harakatlarning yangi dasturini ishlab chiqishni topshirishga kelishib oldilar.

Bugun Orol inqirozining dahshatli oqibatlari hech kimga sir emas. Amudaryo del’tasining o‘zida ko‘llar maydoniga oid ko‘rsatgich 26 ming gektarga tushib qolgan. Dengiz atrofida yuzlab kilometrlarga chang va tuz tarqalmoqda. Sho‘rxok yerlar maydoni kengayib, bu boradagi ko‘rsatkich 85 ming gektardan 273 ming gektarga ko‘tarildi. Qamishzor va to‘qaylar maydoni esa, aksincha, 20-25 barobar qisqardi. Daryolarda suv kamayishi ichimlik suvi ta’minotida muammolar keltirib chiqardi, dengiz qurishi esa uning atrofida iqlim o‘zgarishlariga olib keldi.

Prezidentlar Orolbo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilash, bu hududda bajarilishi zarur bo‘lgan dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar, suvdan tejamli foydalanish texnologiyalari hamda suv va o‘rmon melioratsiyasi sohalarida hamkorlik bilan bog^liq va o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan atroflicha fikrlashdilar.

Tabiatga kishilik jamiyati ta’sirining o‘sishi.

Keyingi vaqtlarda inson faoliyatining barcha tabaqalarida chuqur sifat o‘zgarishlarga olib kelgan fan-texnika inqilobi natijasida tabiatga texnologik ta’sir o‘tkazish imkoniyati oshib ketdi. Uning quvvati tabiatga ta’sir etish qudrati bilan taqqoslana boshlandi. Insoniyat tabiatni o‘zgartiruvchi va qayta tuzuvchi qudratli geologik kuchga aylana boshladi. Organizm muhitda tasofidiy mehmon emas, u muhim murakkab tuzilishning bir hayotiy asosidir. Insonning tabiatga ta’sir etishi natijasida jamiyat bilan tabiat o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi buzildi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida jamiyat bilan tabiatning o‘zaro munosabati barchaning e’tiborini ko‘proq o‘ziga jalb etmoqda.

Inson tabiatning bir qismi, demak odamlarning o‘zlari, ularning o‘zaro munosabatlari ham atrof-muhitning bir qismi hisoblanganligi uchun inson salomatligining ijtimoiy ekologik muammosi yuzaga keldi. Bu muammo tabiat muhiti bilan bir qatorda ijtimoiy muhitda yuz bergan salbiy o‘zgarishlar tufayli paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda tabiatni muhofaza qilish dolzarb, kechiktirib bo‘lmaydigan muammolardan biriga aylandi. Tabiatning barcha elementlaridan inson xom-ashyo va energiya bazasi resurslari sifatida foydalanmoqda. Resurslar o‘tmishda juda katta bo‘lib, ulardan foydalanish kam miqdorda bo‘lgan. Tabiat insonlar tomonidan olingan resurslarning ko‘pchiligini to‘ldirib borgan. Masalan kesilgan daraxtlar o‘rni asta- sekinlik bilan to‘ldirib borilgan. Baliqlar zahirasi kam hajmda ovlanganda, ko‘payish bilan o‘rni to‘lidirilgan. Ifloslangan suv daryo, ko‘l va dengiz suvlari bilan qo‘shilib ketgan.

Keyingi o‘n yilliklar davomida ahvol butunlay o‘zgardi, ya’ni tabiat resurslaridan foydalanish tabiatning o‘zini to‘ldirib borishidan bir necha marta oshib ketdi. Shuning uchun rus olimi akademik V.I. Vernadskiy insonni yuksak geologik kuch deb atadi.

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish va maishiy ehtiyojlarga dunyo daryo suv oqimining 1/10 qismini yoki 3,5 ming km3 ni tashkil qiladi. Faqat yoqish jarayoniga 15 mlrd tonna tog‘ jinslari olinmoqda. Shunday qilib tabiiy resurslardan foydalanish tez suratlar bilan rivojlanmoqda. Bu holatga asosiy sabab sayyoramizda aholi sonining o‘sishi va bu o‘sish ayni vaqtda insonning ishlab chiqarish faoliyatining rivojlanishiga olib keldi.

Ayni vaqtda demografik ma’lumotlarga qaraganda aholi sonining o‘sishi 1980- yil 4,5 mlrd, 1990-yil 5,5 mlrd, 2000-yil 6,5 mlrd ga etgan. Tabiiy resurslardan foydalanish ham odam boshiga qarab oshib bormoqda.

Dunyo miqyosida har yili mineral resurslar va suvdan foydalanish 5% ga, quvvat ishlab chiqarish 8% ga o‘smoqda. Tabiiy resurslardan tan lab foydalanilmasa va maxsus tadbirlar ishlab chiqilrfiasa akademik E.K. Fedorovning aytishicha insoniyat daryo suv oqimi, baiiqlaming yillik ko‘payishi, o‘rmonlar 100 yildatugashi mumkin. Tabiiy resurslarni quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin.


Atmosferani ifloslanishdan muhofaza qilish. Atmosfera yerning gazsimon fazasi bo‘lib, landshaft qobig‘i hayotida muhim o‘rinni egallaydi. Atmosfera yerning himoya qobig‘idir. Chunki, u tirik organizmlarni turli ul’trabinafsha nurlar va kosmosdan tushadigan metioritlarning zararli ta’siridan himoya qiladi. Atmosfera bo‘lmaganda, yer yuzasi kunduzi +100° S qizib, kechasi esa -100° S sovugan bo‘lar edi.

Ibn Sino o‘zining «Al-qonun» asarida atrof-muhitning, hayot tarzining inson organizmiga va uning salomatligiga ta’sir qilishi haqida juda ko‘p ma’lumotlarni bayon qilgan. «Al-qonun»da yaxshi havo haqidagi masala batafsil ko‘rib chiqilgan. Ibn Sino ifloslangan havoning odamga yomon ta’sir qilishini isbotladi. Uning fikricha, yaxshi havo shunday havoki, unda bug‘lar yoki tutunning yot aralashmalari bo‘lmaydi. Ochiq havo toza va tiniq bo‘ladi. U kasalliklarning «buzilgan havo» orqali o‘tishiga katta ahamiyat beradi. Ibn-Sino birinchi bo‘lib, sil kasalligining yuqumli tabiatga ega ekanligini aytgan. Uning asarlarida nafas a’zolari kasalliklaridan o‘pka yallig‘lanishi, o‘pkaning shishi, plev’rit, yiringlash kasalliklari, o‘pka sili to‘la bayon etilgan.

Havoni tozalashda o‘rmon va daraxtlarning tabiatdagi ahamiyati katta, shuning uchun ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish kerak. Respublikamiz shaharlarida normal hayot sharoitida yashash uchun har bir kishiga 30 m2 yashil daraxtlar to‘g‘ri kelishi kerak, vaholanki hozirgi paytda 12 m2 dan oshmaydi. Daraxt, ko‘mir, neft yoqilg‘ilardan chiqayotgan zaharli havoga moddalar kelib qo‘shiladi. Ularning yonishidan chiqqan tutunda oltingugurt oksidi bo‘ladi, agar uning miqdori juda ko‘p bo‘lsa, odamlar tez kasal bo‘ladi.

Ba’zi hollarda yomg‘ir suvi havodagi gazga aralashib, ifloslangan suvning yog‘ilishiga sabab bo‘ladi. Bu suvni kislotali yomg‘ir deyiladi. Bu yomg‘ir ko‘llarga tushganda, uning miqdori ko‘p bo‘lsa koidagi baliq va o‘simliklarni halokatga olib keladi. Agar biz ifloslangan havodan nafas olsak, o‘pkamizga zarar keltiradi, ya’ni o‘pka raki va emfizema (nafas olish qiyinlashuvi) kasalliklaridan juda ko‘p odamlar halok bo‘lmoqda. Iflos havo shamollash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi yo‘tal, tomoq va ko‘z og‘rig‘i kasalliklarini keltirib chiqaradi. Iflos havo hayvonlarga ham katta zarar etkazadi, chunki ular iflos havoda o‘sgan o‘simliklarni iste’mol qiladi. Agar odamlar avtomobillardan kam foydalanib, neftdan, ko‘mirdan va daraxt kam yoqilganda havo ham kamroq ifloslangan bo‘lar edi.

Yerda hayot kechiradiganlarning barchasiga havo kerak. Masalan, inson sutkasiga 25 kg havo bilan nafas oladi. Oziq - ovqatsiz besh haftadan ko‘proq yashash mumkin, suvsiz bir hafta, havosiz esa besh daqiqadan (minutdan) ortiq yashab bo‘lmaydi.

Atmosfera havosida o‘rtacha 21% (hajm bo‘yicha) kislorod bor. Havo tarkibida kisloroaning doimiyligini asosan o‘simliklar ta’minlaydi, ya’ni yashil o‘simliklar havodagi uglerod (IV) - oksidrri yuti-b, fotosintez hisobidan kislorod chiqaradi.

Yerda hayotning davom etishi, ayniqsa insonning normal yashashi uchun toza havo kerak. Yuqorida qayd qilinganidek, Markaziy Osiyoda atmosferani ifloslaydigan asosiy manbalarga issiqlik elektr stantsiyalar, avtomobil transport vositalari, qora va rangli metallurgiya korxonalari, kimyoviy korxonalar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, paxta tozalash va ipak sanoatlari kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ko‘p miqdorda zaharli chiqindilarni atmosfera tarqatadi. Masalan,-faqat Toshkent shahrida har kuni 450 mingdan ziyod-avtomobil harakatda bo‘lib, ular bir yilda atmosferaga 725 ming tonnadan ortiq zaharli gazlarni chiqaradi. O‘zbekiston bo‘yicha bu ko‘rsatkich yiliga 2,675 ming tonnadan oshadi. Avtomobil bir km yo‘l bosganda 10 g azot oksid ajralib chiqadi, shahar havosidagi barcha zaharli moddalarning 70% i avtomobillar hisobidan. Ayniqsa, Toshkent, Qo‘qon, Farg‘ona shaharlarining havosi shu tufayli o‘ta kuchli zaharlangandir. Ba’zi korxonalarda tozalagich inshootlarning yo‘qligi tufayli atmosfera chang, qurum va zaharli gazlar chiqarib yuborilmoqda. Masalan, Toshkent GRESI 60% tabiiy gaz va 40% quruq yoqilg‘i (ko‘mir) bilan ishlab, sutkasida 154 ming mJ azot oksidlarini havoga chiqarib yuboradi. Toshkent Kompressor zavodi soatiga 400 ming mJ har xil gazlarni havoga tarqatadi. Olmaliq kon metallurgiya kombinati 400 dan ortiq manbalardan atmosferana 150 ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni shu jumladan 88% oltingugurt (IV)- oksidi, shuningdek uglerod va azot oksidlari, chang, og‘ir metallar, margimush jami taxminan 14 ta ingredient chiqarib tashlamoqda. Angren, Navoiy issiqlik elektr stantsiyalari, Ohangaron, Navoiy tsement zavodlari Quvasoydagi qurilish materiallari zavodlarining har biri yiliga 10 ming tonnadan ziyod chang va 30 ming tonnadan ortiq oltingugurt, azot oksidlari va boshqa zaharli moddalarni atmosferaga chiqarib havoni bulg‘amoqda.

Atmosfera havosi, respublikamizdagi suv havzalari va tuprog‘ini ifloslashda qo‘shni Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalarining ham salmoqli hissalari bor. Masalan, Tursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy ishlab chiqarish zavodi chiqindilari Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumaniga katta talafot etkazmoqda. Elektroliz yo‘li bilan metall alyuminiy olishda atmosferaga ko‘p miqdor ftor birikmalari ajralib chiqadi. 1 tonna alyuminiy olish uchun 37- 47 kg ftor sarf bo‘ladi, bu jarayonda uning taxminan 65% i atmosferaga tushadi

Atmosferaga tushgan ftor birikmalari nafaqat insonning salomatligiga putur ctkazadi, shuningdek, hayvonlar va o‘simliklar hayotiga jiddiy xavf solmoqda.

Farg‘ona regioni kimyoviy birikmalar, jumladan, og‘ir metallar bilan regionlardan biridir. Sababi, bu yerda kimyoviy korxonalar neftni qayta ishlash, azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish, sun’iy tola, charm, furan tsement, shisha ishlab chiqarish va boshqa korxonalar, issiqlik elektr stantsiyalari, tartibsiz ravishda ximikatlar ishlatiladigan qishloq xo‘jaligi keng rivojlangandir.

Farg‘ona regionida ekologik holatning hamon inqirozli bo‘lib kelishiga yana bir sabab shuki, vodiyning janubiy tog‘lari xududlari rangli metallar konlariga boy, juda qadimdan bu yerlarda surma, simob va boshqa metallar hamda ularning birikmalarini qayta ishlovchi korxonalar qurilgan. Natijada bu elementlarning birikmalari birinchi navbatda tog‘ jinslarining tabiiy emirilishi va suv harakati tufayli vnhaning sug‘oriladigan joydagi simob va surma ishlab chiqarish korxonalarining chtqindi-lari hisobidan tarqalmoqda.

Farg‘ona shahri va shahar atrofida o‘suvchi olma, o‘rik, shaftoli, tut kabi mevali va yirik’bargli daraxtlar novdalari tekshirilganda simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy va boshqa og‘ir metallarning o‘rtacha miqdori nazorat hududlariga nisbatan ancha ko‘pligi aniqlandi. Yaxshilash va kompleks o‘rganish uchun ikki qo‘shni davlat - O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ekologik inqirozni barqarorlashtirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish kerak. Shuningdek, ishlab chiqarishdan chiqqan, havoga chiqarib yuborilayotgan chang, qurum, uglerod, azot va oltingugurt oksidlari, xlor, ftor, ammiak, vodorod sul’fid, uglevodorod, mish’yak, surma qo‘rg‘oshin va boshqa yerga qaytib tushib o‘simlik barglari tuproq va suv, madaniy o‘simliklarning ildizlari orqali tanasiga o‘tib, modda almashuvi jarayoni (fotosintez) buzilmoqda. Natijada o‘simliklarning havoni kislorod bilan boyitish qobiliyati pasayadi. Bu esa o‘z navbatida o‘simliklarning hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

1992-yildan boshlab, umuman respublika shaharlari havosiga sanoat, energetika, transport chiqindilarning chiqishi nisbatan kamaydi. Bu sanoat ishlab chiqarishning pasayganligi, avtotransport bilan yuk tashish kamayganligi, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari ko‘rilganligi bilan bevosita bog‘liq.

1992-yildan boshlab atmosferaga chiqindi chiqarish umumiy miqdori 1,3 barobar kamayib, 1996-yilda 2,3 mln tonnani tashkil etdi. Ammo shunga qaramasdan atmosferaning ifloslanish muammosi jiddiyligicha qolmoqda. Navoiy, Olmaliq, Nukus va Toshkent shaharlarida havoning ifloslanish darajasi eng yuqori.

Atmosferaning gaz tarkibi. Azot 78,09%, kislorod 20,95% bo‘lib ular atmosfera tarkibining 99% ni tashkil qiladi. Qolgan 1% ini vodorod, argon, karbonat angidrid, geliy, krepton va boshqa inert gazlar tashkil qiladi. Gazlarning biri ko‘payib, ikkinchisi kamayib ketishi tirik organizmlar hayotini muvozanatdan chiqarib yuboradi va halokatga olib kelishi mumkin. Atmosferadagi azot asosan erdagi mikrooganizmlar faoliyati natijasida yuzaga kelib, biologik jarayonlarda unchalik muhim o‘rinni egallamaydi.

Atmosferadagi erkin kislorod o‘simliklar fotosintezi mahsuloti bo‘lib, u hayot manbai hisoblanadi. Barcha tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi. Inson faoliyati uchun ko‘p energiya kerak. Energiyani kislorodsiz olib bo‘lmaydi. Fiziologlarning hisoblashicha dam olayotgan, tinch holatdagi kishi 1 daqiqada 250 ml, sutkasiga esa 360 1 kislorodni iste’mol qiladi. Insoniyat butun faoliyati davrida, yoqish jarayonida 273 mlrd tonna kislorodni sarflaydi. Ammo u atmosferadagi kislorodni 0,02% kamaytirdi xolos. Doimiy ravishda kislorodga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi, kislorod etishmasligi insoniyatga tahdid keltirmaydi. Chunki uning atmosferada miqdori juda katta. Atmosferada ozon va suv bug‘larining bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Yil fasllari, geografik kenglik joyning balandligi va boshqa sharoitla’rga qarab ozon va suv bug‘lari turli joylarda turlicha bo‘ladi.

Atmosferada suv, bulut va tumanlarda, mayda tomchi va mayda muz kristallari holida uchraydi.

Kislorodning bir qismi atmosferada uch mollekula (03) ya’ni, ozon sifatida uchraydi. Ozon atmosferaning yer yuzasidan 20-22 km balandlikda uchrab, ba’zan atmosferaning ushbu qatlami ozonosfera ham deb ataladi. Ozon ma’lum miqdorda tirik organizmlarga ijobiy ta’sir etadi. Ozon qatlami organizmlarga salbiy ta’sir qiluvchi qisqa to‘lqinli ul’trabinafsha nurJarini yutib qoladi. U hayot uchun qalqondir.

XX- asrning ikkinchi yarmida ozon qatlami insonning texnologik faoliyati natijasida xavf ostida qoldi. Dastlab Aritraktidada, har yili ozon himoya qatlamida «teshik»‘ hosil boia boshlaganligi kuzatilgan.

Ozon qatlamining «emirilishi»ga asosiy sabab, kimyoviy jihatdan beqaror modda xloroftoruglevodlar deb topildi. Bunday moddalar qatoriga freon kirib u maishiy turmushda sovutgichlarda ishlatiladi. Atmosferaga uchib chiqqan freonlar quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida parchalanadi.-Natijada xlor, ftor va brom kabi faol radikallar hosil qilib, ular ozon molekulalarini parchalaydi. Ma’lumotlarga qaraganda keyingi o‘n yillarda ozon miqdori 2-3% ga kamaygan. Ozon qatlami buzilishini oldini olish maqsadida 1987-yilda Monreal shahrida Monreal shartnomasi imzolandi. Unda 1989-yildan boshlab barcha mamlakatlarda freondan foydalanish 50% ga kamaytirishga kelishildi.

1988-yilda «Ozon qatlamini qutqaraylik» shoiri ostida Londonda xalqaro anjuman o‘tkazildi. 1989-yilgi Ozon qatlamini muhofaza qilish dekloratsiyasida, 2000-yilga qadar freon gazlaridan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bosqichma- bosqich kamaytirish tadbirlari belgilab olindi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, mamlakatimizda ma’lum maqsadga qaratilgan ekologik siyosat yuritilmoqda. 1993-yilda, O‘zbekiston Respublikasi Vena va Monreal protokollariga imzo chekib, ozon qatlamining himoyasiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Bu hujjatga muvofiq, tarkibida freonlar miqdori R-ll, R-12, R-113, R -114, R -115 bo‘lgan sovutgich jihozlari Respublikamizga olib kirishi taqiqlangan.

Atmosferaning qo‘yi qismida uchraydigan karbonad angidrid, boshqa gazlarga nisbatan og‘ir bo‘lganligi uchun chuqur yerlarda ya’ni eski quduq, shaxta va boshqa joylarda ko‘proq uchraydi. Atmosfera changlari havo qobig‘ining ajralmas tarkibiy qismidir. Juda mayda zarrachalar, organik va noorganik jarayonlar natijasida shuningdek, tog‘ jinslari tuproq qatlamlarining emirilishi, vulqon hodisalari, o‘rmon, dasht va tog‘ yog‘inlari, dengiz suvlarining bug‘lanishi natijasida paydo bo‘lgan.

Yer yuzasiga atmosferadan yiliga 2-5 mln tonna kosmik chang tushadi. Atmosferadagi changlar yer yuzasining rel’ef xususiyati, tuzilisni va balandligiga qarab turlicha miqdorda uchraydi. Masalan, shahar ustidagi 1 sm kub hajmdagi havoda 100 ming dona chang zarrasi bo‘lsa, okean ustidagi 1 sm kub hajmdagi havoda 100 dona chang zarrasi bo‘ladi.

2005-yil Navoiy viloyatida sanoat korxonalari tomonidan atmosferani illoslanish darajasi kuzatilganda, ruxsat etilgan me’yoriga nisbatan azot oksidinining С ikllSda 1,8-5,5 marta, «Navoiyazot»da 1,7-2,2 marta, atmosferaga chang chiqarishi bo‘yicha Navoiy paxta tozalash zavodida 1,4 marta, GMZda -3-4 marta, Qizilqum I’osfarit kombinatida 6;1-7,1 marta, «Navoiy non mahsuloti»da 6,1 marta’yuqori ekanligi qayd qilingan.

Atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlari. Atmosfera havosini illoslanishdan saqlash uchun ifloslovchi moddalarni o‘sha hududdan uzoqroqqa I ash lash lozim. Buning uchun zavodlar, isitish stantsiyalarda uzun trubalar orqali u/oqroqlarga tashlashning o‘zi kifoya qilmaydi. Shu bilan birga havoni illoslanishdan saqlash uchun ishlab chiqarish korxonalariga tozalagichlar-fil’trlar o-’rnatish kerak. Fil’trlar ham barcha ifloslantiritvchi -moddalarni to‘la ushlab qola olmaydi. Bir qism ifloslovchi moddalar atmosferaga chiqib ketadi. Bu masalani hal qilishda chiqindisiz,’qoldiqsiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozim. Hozirgi vaqtda yopiq tsiklda ishlaydigan zavodlar qurilmoqda. Masalan, Sankt - Peterburgda sanoat chiqindi-gazlarini ushlab qolib, ayni vaqtda ulardan sul’fat kislota ishlab chiqarish uchun foydalanilmoqda. Shu yo‘l bilan bir qancha zavodlarda ifloslovchi moddalarni atmosferaga chiqishining oldi olinmoqda.

Avtomobillardan chiqadigan gazlar taxminan 200 ta modda aralashmasidan iborat bo‘lib, ularning ko‘pchiligi zaharlidir. Har bir avtomobil yiliga o‘rtacha taxminan 200 kg yoqilg‘i (asosan benzin) va 30000 kg havo sarf qiladi. Atmosferaga 700 kg azot oksidlari, 2-5 kg qattiq moddalar chiqariladi.

Navoiy viloyatida avtokorxonalar, 1989-yil 71,0 ming tonna, 1999-yil 67,6 ming t., 2000-yil 70,1 ming t, 2001-yil 65,6 ming t„ 2002-yil 81,2 ming t., 2003-yil 62,9 ming tonna zararli moddalarni chiqargan. Bugungi kunda Navoiy mashinasozlik zavodi qo‘yish tsexining gaz chang ushlash uskunalari qayta jihozlanib, 2 ta PM- 40 markali gaz chang tozalash uskunasi va 3 ta ZIL- 900 chang ushlash uskunalari o‘rnatilgan. Natijada gaz-chang miqdori bir yilda 130-290 tonnaga kamaygan.

Hozirgi vaqtda energiya ishlab chiqarishning yangi yo‘li atom elektro stantsiyalari AES dan foydalanish. AES atmosferaga chang, kul moddalari va karbonat angidrid chiqarmaydi hamda kislorodni sarflamaydi.

Atmosferani ifloslashda avtotransportlarning ta’siri juda katta. Avtomobillarning ko‘payishi bilan atmosfera havosi ham ifloslanib boradi. Buning oldini olish uchun vodorod yoqilg‘isi bilan ishlaydigan avtomobillar yaratish, havo ifloslanishining oldini olishda eng muhimi yashil o‘simlik va daraxtlarni shahar va korxonalar atrofida ko‘plab ekish kerak. Chunki, kislorodning asosiy manbai o‘simliklar hisoblanadi. 1 gektar daraxtzor quyoshli kunda 280 kg karbonad angidridni yutib 220 kg kislorod chiqaradi. Buning ustiga shaharlarimizdagi ko‘chalar yashillikka burkanib, chiroy bag‘ishlaydi.

Yer osti boyliklarini muhofaza qilish

Yer osti boyliklari - yer po‘stining yuqori qatlamida joylashgan bo‘lib, ma’lum mineral resurslarning zahira qismi hisoblanadi, hozirgi vaqtda va kelajakda inson tomonidan foydalaniladi. Bu qatlam 10 km dan oshmaydi. Mineral resurslar - turli foydali qazilmalar, yer osti boyliklarining u yoki bu darajada to‘plangan yig‘indisi hisoblanib, insonlarning ehtiyojlarini qondiradi va sanoatda ishlatiladi. Barcha foydali qazilma boyliklarni uch guruhga bo‘lish mumkin. Aholini ichimlik suvi bilan etarli ta’minlash.

Ma’lumotlarga qaraganda aholi, ayniqsa bolalar va go‘dak yoshdagilar yuqori darajada kasalliklarga chalinishining sabablaridan biri ichimlik suvining ifloslanganlig‘idir. Bu butun e’tiborni birinchi navbatda aholini’ toza suv bilan ta’minlashga qaratish zarurligini ko‘rsatadi. Suv ta’minotini yaxshilash O‘zbekiston hukumatining ustuvor vazifalaridan biridir.

Hozirgi vaqtda qishloq aholisining markazlashgan suv ta’minoti 66%, shahar aholisi suv ta’minoti 77% ga etdi. Ayni vaqtdaviloyatlar bo‘yicha katta farqlar mavjud. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarining qishloq aholisi toza ichimlik suvi bilan nisbatan kamroq ta’minlangan. Shuni ham ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda 12,7 ming qishloq aholi punktidan 56 foizi tozalanmagan suvdan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Ko‘pgina hollarda ichimlik suvi, ayniqsa yoz oylarida kimyoviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha gigiena normalariga mos kelmaydi. Suv quvurlari mavjud bo‘lgan ba’zi joylarda suv etishmasligi natijasida aholi afloslangan suv manbalaridan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Fan texnika taraqqiyoti yuqori darajada rivojlanib borayotgan bir davrda ekologiya masalasi yer yuzining hamma burchaklarida asosiy muammo bo‘lib kelmoqda.

Bizning O‘zbekistonimizda judayam murakkab xavfli vaziyat vujudga kelmoqda. Yerlarimizning sifat tarkibi past ahvolda, million gektardan ortiq yer maydoni yoki barcha sug‘oriladigan yerlarning qariyb yarmi buzilish xavfi ostiga kelgan. Yerlarning sho‘rlanishi darajasi ortib ketgan, ayniqsa radiaktiv ifloslanish katta xavf tug‘dirmoqda, hozirgi vaqtda radiaktiv qoldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bizning viloyatimizdagi uran qoldiqlari saqlanadigan joy ham ekologik jixatdan xavfli ifloslantirish o‘chog‘i hisoblanadi. Bu yerdagi radiaktiv qumni shamol uchirishi xavfi bor. Resrublikamizda suv zaxiralarning, shu jumladan yer usti va yer osti suvlarining keskin hamda ifloslanganligi ham katta tashvish tuhdirmoqda. Suv zaxiralarimiz har taraflama inson faoliyati ta’siriga uchramoqda.

Orol dengizining qurib borishi xafi biz uchun milliy kulfat bo‘lib qoldi. Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 35 million kishi uning ta’sirida qoldi. 1911- 1962 -yillarda orol dengizining satxi 53,4 metrni, suvning xajmi 1064 kub kmni, suvning yuzasi 66 000 kv. Kmni va mineralashuv darajasi lm suvda 10-11 gr. Ni tashkil

Odamzod doimo tabiat qo‘ynida faoliyat ko‘rsatadi, u bilan uzluksiz inunosabatda bo‘ladi. Bu faoliyat oqilona tashkil etilmasa va tabiat uchun muammolar keltirib chiqaradi. Bu muammolardan biri ekologik muammodir.

Atrof-muhit musaffoligini asrash, awalo bizni o‘rab turgan tabiatga hurmat bilan qarashni taqozo etadi. Tabiatni qo‘riqlash-Vatanni qo‘riqlash demakdir.

Insoniyat tabiat bilan jamiyatda «Modda almashinuv» jarayoni «Mutloq crkinlik» sohasi deb tushundi va shunga asosan ish tutdi. Oqibatda tabiat himoyasiz materiyaga, inson esa hukmronlik qiluvchi qudrali kuchga aylanib, tabiatga salbiy lif sir eta boshladi. Biotexnologik kuchning tabiatga nisbatan potentsial ta’sir kuchi oshib, tabiat aziyat cheka boshladi. Ayniqsa tabiiy boyliklardan rejasiz foydalanish, lejiimkorlikka rioya qilmaslik natijasida tabiiy zahiralar miqdori kamayib, tugay boshladi.

Tabiiy zahiralarni qazib olish, tashish, undan foydalanish natijasida tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi tabiiy muvozanat buzildi, atrof-muhit ifloslandi, ifloslangan muhit «)’/. navbatida inson salomatligiga ta’sir eta boshladi. Inson o‘z talablarini qondirishda liibint qonunlarini’hisobga olishi shart.

Ma’lumotlarga qaraganda inson sog‘ligi turmush tarziga 50% irsiyatga 20%, ulrnf muhitga 20%. Sog‘liqni saqlash ishlarining ahvoliga esa - 10% bog‘Iiqligi nnlqliingan XX-asrning ikkinchi yarmida tabiatni muhofaza qilish - ekologik nuiammo global (sayyoraviy) muammoga aylandi.

labiatga inson ta’sirining eng muhim xususiyatlaridan biri uning (j.lobnl xarakterda ekanligidir. Inson ongli mavjudod ekan, endilikda yangicha likilush, faoliyat ko‘rsatish zarur. Bu esa faqat shaxsiy, oila, gurux, davlat yoki uning ittifoqchiligi bilangina cheklanib qolmasdan, butun sayyoraviy miqyosda kengqamrovli fikrlash zarur.

Global muammolarni hal etishda miliy o‘iga xoslikni unutmaslik kerak, shu bilan birgalikda millat o‘z qobig‘iga o‘ralib qolmay umuminsoniyat qadriyatlariga yuz tutmog‘i lozim. Ammo xalq o‘z milliy imkoniyatini anglab olmasa, u hamisha foydasiz material bo‘lib qolaveradi. Shu o‘rinda "Suvga tuflamaslik", ostonani toza tutish kabi qadriyatlarni eslab o‘tishlik yaxshi natija beradi. Bu qadriyatlarni ham amalga oshirish insonlarda mafkura, ayni vaqtda ekologik mafkura shakllanishini taqazo etadi. Xo‘sh, insoniyatga yagona ekologik mafkura nimaga kerak?

Bir so‘z bilan aytganda bu mfkura insoniyatni yagona maqsad - (tinchlikni, tabiatni saqlash) -yo‘lida birlashtirish mumkin. Albatta dunyo miqyosida kengaygan jarayonlar og‘ushida har bir xalq oldida milliy o‘ziga xoslikni va shu yul bilan dunyoviy madaniyatni xilma-xilligini saqlab qolish masalasi turibdi.

Millat o‘zining ommaviy mafkuraviy madaniyatida himoya qilish, unga qarshi o‘zida immunitet hosil qilish hamisha tarixiy-ma’naviy ildizlardan oziqlanishi kerak. Natijada ekologik insonparvarlik yuzaga keladi. Ekologik insonparvarlik o‘z ta’sir doirasini kengaytirib ekologik mafkuraga aylanadi. Buning asosida esa ekologik madaniyat yuzaga keladi.

Ekologik mafkura milliy mafkuramizning tarkibiy qismidir. Bu mafkura yolg‘on ong bilan yashashga majbur etmaydi. Zero, malum millat yoki butun insoniyatning manfaatini ifodalagan qarashlar tizimi tarzidagi mafkuraning yolg‘on bo‘lishi mumkin emas. Chunki u malum ehtiyojlar asosida yuzaga keladi va ular bilan chegaralanadi. Inson shaxs sifatida milliy cheklanishlar doirasidan chiqib, umumbashariy miqyosida fikrlash va o‘z qarashlarini ifodalash mumkin.

Ekologik mafkura-insoniyat mvfkurasi, ya’ni hayot, inson va tabiat hamkorligi mafkurasidir. Shunday ekan, ekologik mafkura va madaniyatni o‘quvchi ongida shakllantirish hozirgi fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida ekologik ta’lim va tarbiyani ajralmas qismidir. Ekologik ong insonning tabiat bilan o‘zaro ta’siri sohasidagi bilim va e’tiqotni mujassam etadi.

Ekologik bilim - tirik tabiat faoliyati havidagi bilim bo‘lib, bu odamlar o‘zlarini hozirgi va kelgusi biosfera bilan qanchalik bog‘langanligini bilish, his qilish, uni asrash ob’ektiv zarurat ekanini tushunib etishlari muhim shartdir.

O‘smirlar va qizlar o‘zlarining tabiatga bo‘lgan munosabatlari va ularning ahloqiy yetukligi va tarbiyalanganligini bildiruvchi sifat ekanligini anglashlari zarur. Demak, ejologik tarbiya insonning tabiatga bo‘lgan oqilona munosabatini shakllantirish, mehr-muhabbatni barqarorlashtirish usuli ekan. Uni amalga oshirish hozirgi kunning dolzarb masalasidir.

Ekologik madaniyat-tabiatni muhofaza etish, tabiat boyliklaridan foydalanish, ekologik tizimni o‘zgartirish madaniyatini o‘z ichiga oladi. Ekologik madaniyati yuqori darajada bulgan odamgina hozirgi kundagi ekologik xatarni his qilib, tushuna oladi. O‘quvchilar hayotga mustaqil qadam qo‘yganlarida tabiatlarning bo‘ysindiruvchisiga emas, balki uning himyachisiga aylanishi kerak. Bu ishda shubhasiz ularga biz- ustozlar, murabbiylar, tarbiyachilar yordam bermog‘imiz lozim. Shu o‘rinda o‘zimiz yashab turgan, tabiati va uni muhofaza qilishga to‘xtalish zaruz. Har bir xonadondan chiqayotgan chiqindi turlariga qarab o‘z o‘rnini topishi zarur.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, atrof - muhitni, xayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida e’tibor berildi. 1992-yil 9-dekabrda «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», 1993-yil 7-mayda «Alohida muhofaza qilinadigan xududlar to‘g‘risida», 1997-yil 26-dekabrda «O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar o‘simliklar turlarini saqlab qolish, uni asrab-avaylash va muhofaza qilishda asosiy hujjatlar bo‘lib hisoblanadi. 1984-yil O‘zbekiston floralarining kamyob va yuqolib ketish arafasida turgan 163 turi «Qizil kitob»ga kiritilib nashr etildi. 1998-yil nashr qilingan «Qizil kitob»ning l-tomiga 301 ta o‘simlik turlari kiritildi. Bular yuqolgan yoki yuqolish arafasidagi turlar, yuqolib borayotgan turlar, kamyob turlar va kamayib borayotgan turlar. O`zbekiston 1981 yilda “qizil kitob”ni yozib nashrdan shiqardi. Bu kitobga sut emizuvshilarning 22, qushlarning 31, sudralib yuruvshilarning 5 va baliqlarning 5 turi kiritildi. “qizil kitob” ga kiritilgan barsha 63 tur hayvonlar muhofazaga olindi. Hozirgi O`zbekiston faunasida umurtqali hayvonlarning 677 turi (sut emizuvshilarning 108 turi, qushlarning 432 turi, sudralib yuruvshilarning 58 turi, amfibiyalarning 2 turi, va baliqlarning 77 turi) mavjud bo‘lib, umurtqasiz hayvonlarning 15 mingdan ortiq turi bor. So‘nggi yillarda tabiatdan foydalanishning kushayishi oqibatida O`zbekistondagi ko‘plab hayvonlar turlari kushli antropogen ta`sir ostida qolib, ularning yashash joylari va soni qisqardi, ba`zilari esa butunlay yo‘q bo‘lib ketdi.

Hozirgi vaqtda turon yo‘lbarsi, gepard, turkman quloni, orol sulaymon balig‘i kabi hayvonlar umuman yo‘q bo‘lib ketdi. qoplon, sirtlon, to‘xta tuvaloq, Sirdaryo va Amudaryoning katta kurakburunlari, Orol bahrisi kabilar yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Ustyurt va Buxoro qo‘ylari, morxo‘r, qoraquloq, O`rta Osiyo qunduzi, oq bosh o‘rdak, vishshildoq oqqush, marmar shurrak, yo‘rg‘a tuvaloq, oq bovur, xentov to‘garakboshi, Farg‘ona qum kaltakesakshasi, Orol mo‘ylovdori, sho‘rtonsimon oqqayroq, ayrim mallyuska va hasharotlar yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida.

Ko‘plab hayvonlarning turlari hozirda uzluksiz kamayib bormoqda.

O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi yillarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish borasida bir qansha jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2006 yilda nashrdan shiqqan “qizil kitob”ga sut emizuvshilarning 23 turi (kenja turlari bilan 24 ta), qushlarning 48 turi (kenja turlar bilan 51), sudralib yuruvshilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi (kenja turlari bilan 18), xalqasimon shuvalshanglarning 3 turi, mollyuskalarning 14 turi (kenja turlari bilan 15), bug‘umoyoqlilarning 61 turi (kenja turlari bilan 62) kiritildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bir qancha хalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar faoliyat ko‘rsatadi Bundan tashqari quyidagi tashkilotlar ish olib boradi.


BMT - Birlashgan millatlar tashkiloti

BOSH ASSAMBLЕYA - BMT ning eng yuqori toifadagi organi

EKOSOS - BMT ning Bosh Assamblеya qoshidagi iqtisodiy va ijtimoiy kеngashi.

YUNЕP - BMT ning atrof-muhit bo‘yicha dasturi.

YUNЕSKO - BMTning madaniyat, fan va maorif masalalari bo‘yicha tashkiloti.

MAB - "Inson va biosfеra" Tabiat muhofazasiga doir хalqaro maorif dasturi.

(VOZ) MSST - Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.

FAO - Oziq-ovqat va qishloq хo‘jalik tashkiloti.

(VMO) JMT - Jahon mеtеorologik tashkiloti.

MAGATЕ - Atom enеrgiyasi bo‘yicha хalqaro agеntlik.

OBSЕ - Yеvropada хavfsizlik va hamkorlik tashkiloti.

PROON - BMTning rivojlanish dasturi.

YUSAID - Хalqaro rivojlanish .bo‘yicha AQSh agеntligi va boshqa tashkilotlar.


  • O‘zbеkiston Rеspublikasi hozirgi kunda O‘rta Osiyoda birinchilar qatorida BMT ning hamma eng muhim Barqaror Rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan Konvеntsiyalarga qo‘l qo‘ydi va ratifikatsiya qildi:

  • Vеna Konvеntsiyasi i Monrеalь protokoli (18.05.1993);

  • Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Konvеntsiyaga (26.06.1993);

  • Bioхilma-хillik to‘g‘risidagi Konvеntsiyaga (19.07.1995);

  • CHo‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvеntsiyaga (31.08.1995).

1996 yilda Globalь ekologik fondga a’zo bo‘ldi
Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan bog‘liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotida, hayotida xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan bo‘lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog‘liq har qanday hodisalar tushuniladi. Ekologik muammolarni uch guruhga ajratish mumkin.

  1. umumbashariy (global)

  2. Mintaqaviy(regional)

  3. Mahalliy( lokal)

Tabiatni biosferani muhofaza qilish bo‘yicha tabiiy resurslardan loydalanishning quyidagi muammolari o‘ta muhimdir.

    1. Atrof-muhit muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy huquqiy va pedagogik tomoni.

    2. Tabiatni muhofaza qilishning gigenik tomoni.

    3. Atmosferani zararli moddalar bilan ifloslanishdan saqlash.

    4. Suvni ifloslanishdan saqlash.

    5. Maishiy-komunal, sanoat transport, qishloq xo‘jalik chiqindilarini va boshqalarni zararsizlantirish vatashlab yuborish masalasi.

    6. Yer osti boyliklaridan oqilona foydalangan xolda atrof-muhitning musafToligini buzmaslik masalasi.

    7. Ekosistema va landshaftlarni muhofaza qilish masalasi.

    8. Shaxar va shaxar atrofi zonasini rejalashtirish va aholini joylashtirishda labial muhofazasi hamda yon atrof muhitni sog‘lomlashtirish masalasi, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun "Qizil kitob" ta’sis etildi.

Biosferani saqlab qolish, ekologik muhitni sof holda kelajak avlodga yetkazish uchun hamma javobgardir. Buning uchun avvalo aholii ekologik madaniyatini shakllantirish lozim, zero ekologik ta’lim va tarbiya-biosferani saqlab qolishning nullum omilidir.

Avvalo bog‘chadan, maktab partasidan biz bolaga ekologik tarbiya berishni yo‘lga qo‘yishimiz lozimdir.

Shu tarbiya quyidagilarga asoslanadi;


      1. kishilarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib, ularda bu sohada muayyan malaka hosil qilish.

      2. ekologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilimni tarbiyalash. v) ekologik madaniyatni singdirish va tarbiyalash.

g) kishilami tabiat nizomlaridan to‘g‘ri foydalanish ruhida tarbiyalash;

d) tabiatni normal holati uchun fuqarolik mas’uliyatini to‘la anglashni tarbiyalash

kabilar.

Kishilar tabiat qonunlariga to‘la rioya etish to‘g‘risida va bu sohada Vatan halq, davlat va kelajak avlod oldidagi burch, tuyg‘usi va mas’uliyat hissi hosil etilmasa, ularda to‘la ekologik ong va tafakkur hosil bo‘lmaydi.

Ekologik ong va tafakkurga ega bo‘lgan har bir kishi o‘z mehnat faoliyatida tabiatga ta’sir etish qanday oqibatlarga olib kelishni oldindan ko‘rib, ongli ravishda ish tutadi

Biz maktablarimizda o‘quvchilarga ekologik ta’lim va tarbiya berib biosferani, ekologik muhitni muhofaza qilishga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.

Har doim nazariy bilimlar amaliyotda mustahkamlanadi. O‘quvchilar ekologik madaniyatini shakllantirishda biologiya fani muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar maktab uchastkasida ishlab, biologiyadan olgan bilimlarini yangi olingan o‘simlik va hayvonlar misolida mustahkamlaydilar. Ular qishloq хo‘jalik ekinlarini еtishtirishning va hayvonlar parvarishining eng muhim agronomik usullari to‘g‘risida tasavvurlar hamda ular bilan ishlashning muayyan sistеmadagi ko‘nikmalarni hosil qiladilar. Uchastkadagi ishlar o‘quvchilarda tashkilotchilik, jamoatchilik ko‘nikmalarini, mеhnat madaniyatini, estеtik tuyg‘ularni, o‘simlikni ko‘paytirish bilan tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalarini tarbiyalashi kеrak. O‘quv tajriba uchastkasida kuzda, bahorda botanika, zoologiya va umumiy biologiya bo‘yicha darslar va amaliy mashg‘ulotlar, yozda, kuzda va bahorda tajribalar qo‘yish va kuzatishlar o‘tkazish, botanika, zoologiya va umumiy biologiya darslarga tarqatiladigan va dеmonstratsiya matеriallari tayyorlashlash bo‘yicha darsdan tashqari ishlar o‘tkaziladi. Uchastkada yosh tabiatshunoslar ish olib boradi va maktab, sinfdan tashqari tadbirlar: hosil kuni, bog‘ kuni, qushlar kuni, ko‘rgazmalar, ota-onalar, boshqa maktab o‘quvchilari uchun ekskursiyalar va shu kabilar tashkil qilinadi. Maktab uchastakasida, maktabda o‘rganiladigan o‘simliklar: dala, poliz, rеzavor mеvalar, manzarali va yovvoyi o‘simliklar bo‘lishi kеrak. Shunga muvofiq, uchastka aniq chеgaralangan: dala, poliz, rеzavor mеva, manzarali, biologik va zoologik bo‘limlarga ega bo‘lishi zarur. Har bir bo‘limda o‘simlik kollеktsiyasi va ular ustida tajriba o‘tkazish uchun joy ajratiladi.

Masalan, Dala bo‘limi ikki: kollеksiya va tajriba qismlarga bo‘linadi.

Kollеksiya qismi quyidagi dalalarga ajratiladi: birinchi dalaga – suli, o‘tlar; ikkinchi dalaga – donli ekinlar: javdar bug‘doy, arpa, tariq, makkajo‘хori; uchinchi dalaga – dukkakli ekinlar: no‘хot, loviya, soya va еm хashak o‘tlari, bеda; to‘rtinchi dalaga – tolali ekinlar: zig‘ir, kanop, moyli ekinlar: kungaboqar, kanakunjut, еryong‘oq; bеshinchi dalaga – chopiq talab ekinlar: kartoshka, qand va хashaki lavlagilar; oltinchi dalaga – efirli va dorivor o‘simliklar yalpiz; еttinchi dalaga – tехnika ekinlari: g‘o‘za, kanop ekinlari.

Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun maktablarda yosh tabiatshunoslar ish olib boradi va maktab, sinfdan tashqari tadbirlar: hosil kuni, bog‘ kuni, qushlar kuni, ko‘rgazmalar, ota-onalar, boshqa maktab o‘quvchilari uchun ekskursiyalar va shu kabilar tashkil qilinishini tavsiya kilamiz, Biz maktab o‘quvchilariga ekologiyaga doir tanlovlar o‘tkazib: qushlar bayrami, gullar bayrami, kabi bayramlarni o‘tkazamiz. Bayramdan oldin tayyorgarlik ko‘riladi, qushlarga inlar yasaladi, shiorlar yoziladi, plokatlar, dеvoriy gazеtalar chiqariladi. Karnoval kastyumlar va qushlar niqoblari tayyorlanadi.

Bayramda bolalar qushlar uchun nima ish qilganligi, ularni qishda qanday parvarish, qancha in qurganliklari haqida so‘zlab bеradilar. So‘ngra karnovol bayram boshlanadi, unda shе’r, ashula, qo‘shiq va topishmoqlar barchasi qushlarga bag‘ishlanadi.

Ekologiya sayohat muhim rol o‘ynaydi. Bunda o‘quvchilar o‘rmon, o‘tloq butaхor, cho‘llarga qurt qumirqalarga e’tibor bеrib boriladi. Yuqori sinf o‘quvchilarga korхonalarga ham ekskursiyaga borishi mumkin.

Maktabda quyidagi bayramlarni nishonlash mumkin.

Suv kuni 22 mart,

qushlar kuni 1 aprеl,

salomatlik kuni 7 aprеl,

Yer sayyorasi kuni 21 aprеl,

1. O‘quvchilarda ekologiya ongi rivojlantirish uchun ularga doimiy ravishda kuzatuvchanlikni va tahlilni o‘rgatib borish.

2. Turli kеchalar o‘tkazish.

3. Ekskursiyalar tashkil qilish.

4. Vеktorinalar tashkil qilish.

5. Dеvoriy gazеtalar yozish.

6. KVNlar o‘tkazish.

Xulosa

Insonni o‘zgarib turuvchi biosferaga emas, balki inson faoliyatini biosferani yaxshilashga qaratish kerak. Ekotizimni sifatiy o‘zgartirish kerak. Uning maxsuldorligini oshirish, insonlarning yashashi uchun estetik va axloqiy manba hisoblanmish, ular o‘rtasidagi munosabatni yaxshilash kerak. V.I.Vernadskiy ta’kidlaganidek biz biosfera tarixining muhim o‘zgarishlar davrida yashamoqdamiz. Butun jamiyatning rivojlanishi, biosferaning saqlab qolinishi odamlarning ekologik etikasiga bog‘liqdir.


Xulosa qilib aytishimiz mumkinki bugungi kunda inson o‘zini ham, Biosferani ham saqlab qolish imkoniyatiga ega. Inson biosferani o‘ziga, o‘zining yashashiga moslagan holda saqlashi kerak. Insonni o‘zgarib turuvchi biosferaga emas, balki inson faoliyatini biosferani yaxshilashga qaratish kerak. Ekotizimni sifatiy o‘zgartirish kerak. Uning maxsuldorligini oshirish, insonlarning yashashi uchun estetik va axloqiy manba hisoblanmish, ular o‘rtasidagi munosabatni yaxshilash kerak. V.I.Vernadskiy ta’kidlaganidek biz biosfera tarixining muhim o‘zgarishlar davrida yashamoqdamiz. Butun jamiyatning rivojlanishi, biosferaning saqlab qolinishi odamlarning ekologik etikasiga bog‘liqdir.
Lug‘at

        1. Ekologiya – ecology

        2. Ekologik muammo – ecological problem

        3. Global muammo – global problem

        4. Iqlim – climate

        5. Havo – air

        6. Tuproq – sand

        7. Atrof-muhit - enveroment

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Islom Karimovning "Musaffo tabiat, aholi salomatligi va farovonligi- pirovard maqsad" mavzusidagi "Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro konferensiyada ma’ruzasi. Urganch shahri. 2014 y.

2.Islom Karimovning "O‘zbekiston XXI-asr bo‘sag‘asida" Toshkent 1997-yil.

3. Xolliyev I, Ikromov A, Ekologiya. Toshkent-«Mehnat» 2001 yil

4. Xolmurodov N.Atrof-muhit muhofazasi. Navoiy 2005-yil.

5.To‘xtayev A., va boshqalar. Ekologiya alifbosi. 2004-yil.

6.Nishontoeva O. Atrof - muhitni ifloslanganligini tekshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar Maktabda biologiya 2010-yil №12

7.Jo‘rayev R.X.. E.O. Turdiqulov. Ekologik ta’lim. Muammo va yechimlar. Toshkent 2004

8.To‘xtayev A., Homidov A.. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. Toshkent «O‘qituvchi» 2004 yil.

9.I.Rahimov, A.O‘tamurodov. "Fanlarning falsafiy masalalari". Toshkent 2005-yil.




1 Islom Karimovning Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamalakatimizni modernizasiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat” nomli ma’ruzasi.Ma‘rifat 2015yil 6-dekabr


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish