O’QUVCHILARNI INFORMATIKA FANIGA QIZIQTIRISHNING ASOSIY OMILLARI.
Buxoro viloyat XTXQTMOHM “Tabiiy va aniq fanlar metodikasi” kafedrasi o’qituvchsi N.I.Kamalova
Annotatsiya: Maqolada o’quvchilarni informatika faniga qiziqishi oshiruvchi omillar keltirilgan.
Ta’lim sifati o’quvchilarni ta’limga bo’lgan munosabatiga bog’liqdir. O’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, bilim olishga motivatsiya uyg’otish uchun o’qituvchidan ijodkorlik talab qilinadi. Fanini o’rganishga motivatsiya uyg’otish uchun pedagoglar quyidalarga e’tibor qaratishlari lozim:
O’quvchining bilmida oldinga siljish bo’layotganiga ishontirish. Ma’lum vazifani bajarish o’quvchini qo’lidan kela olishiga ishontirsangizgina u siz berayotgan ma’lumotni qabul qiladi.
Masalan, o’quvchiga “Pascal” dasturlash tilidan “shart operatori” o’tilgach, unga “3 ta sondan kattasini topuvchi dastur tuzish” vazifasi berilsa, bu o’quvchiga murakkablik tug’diradi. Tushunmovchiliklar sabab salbiy hissiyotlar yig’ilib, darsga qiziqishi so’na boshlaydi. Shuning uchun o’quvchilarni o’zlashtirishiga ko’ra guruhlarga bo’lib, har bir guruhdagi o’quvchlarning bilim salohiyatiga ko’ra topshiriqlar berish, maqsadga muvoffiq.
O’tiladigan mavzu bo’yicha muammoli vaziyatlar hosil qilib, o’quvchini fikrlashga undash. Bunda tabaqalashtirilgan savollardan foydalanish.
O’quvchilarga quyidagi dastur lavhasi namoyish qilinadi:
Var
a:integer;
Bgin
Write(‘Sen necha yshdasan?’);
Read(a)
Write(‘O’tgan yili sen ‘, a+1, ‘ yoshda eding’)
En.
Dastlab past o’zlashtiruvchi o’quvchi doskaga chiqariladi va unga dasturdagi xatolarni topish vazifasi beriladi. U qiyinchilikarsiz Begin, yoshdasan, end kabi so’zlardagi xatolarni topa oladi. Keyin o’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchiga murojaat qilinadi. U quyidagi qatorlar oxirida tinish belgilari qo’yilishini aytadi:
Read(a);
Write(‘O’tgan yili sen ‘, a+1, ‘ yoshda eding’);
Iqtidorli o’quvchilar esa yuqoridagi xatolarga qo’shimcha qilib,h a+1 yozuvi o’rniga a-1 bo’lishi kerakligini ayta oladi.
O’quvchining xohish istagini inobatga olib, ular yoqtirgan mashg’ulotlariga qiziqish bildirish va qiziqishidan mahrum qilmaslik.
Agar o’quvchining xayoli darsda emas planshetda bo’lsa, qanday yo’l tutgan ma’qul? Yana yuqoridagi mavzu “Pascal” dasturini o’rganishni qaraydigan bo’lsak, o’quvchiga planshetda “Pascal” dasturini o’rnatib “Ikki sonni yig’indisini hisoblovchi” dastur tuzish vazifa qilinsa, informatika faniga qiziqishi yanada ortadi. (Xuddi Pascal kabi office dasturlarini ham android platformasiga o’rnatish mumkin)
Xatolarni tuzatishga imkon berish.
Imtihon payti o’quvchilardan biri oxirgi hisoblashga xatolikka yo’l qo’ydi. Keyingi kuni imtihon savollarini muhokamasida o’quvchi xatosini va aslida to’g’ri javob qanday bo’lishini aytdi. O’qituvchi:- “Nimaga xatongni to’g’irlamading?”- deganida, o’quvchi “baribir bulg’asam ham bahomni past qo’yar edingiz”-deb javob berdi. Xulosa qilib aytganda, o’quvchi xatolarini o’zi anglagandan keyin uni tuzatishga imkon berish.
Baho yordamida nazoratni kamaytirish.
O’quvchilarga befarqlarcha qo’yilgan ikkidan ko’ra, o’qituvchining “Men sendan ranjidim” degan so’zlari kuchliroq ta’sir qiladi. O’z navbatida kundalikka qo’yilgan zerikarli 5 dan ko’ra o’qituvchining maqtovi motivatsiya uyg’otadi.
O’quvchiga tanlash imkonini berish va shaxsiy “Men”ini ifodalashga imkon yaratish.
Qaysi sinfda o’qishidan qat’iy nazar, o’qituvchi tomonidan o’quvchiga beriladigan e’tibor katta ahamiyatga ega bo’lib qolaveradi. Yechiladigan masalalarni tanlashda o’quvchi bilan maslahatlashish yoki, tanlovni o’ziga qo’yib berish ham uning “men”ini shakllanishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, o’quvchini faniga qiziqtirishni istagan o’qituvchi avvalambor o’zi shu fanga qiziqishi kerak bo’ladi.
Adabiyotlar
9 советов учителю, как мотивировать учеников, www.poznaysebia.com › kak-motivirovat-uchenikov
Как заставить ребёнка учиться - советы психолога, https://topmpk.jimdofree.com
Как мотивировать учеников?, Newtonewnewtonew.com › school › motivation-problems
Иштирокчининг тўлиқ Ф.И.Ш.
|
Kamalova Nilufar Ilxomovna
|
Шўъба номи
|
4- шўъба–Аниқ ва табиий фанларни ўқитишда ривожлантирувчи таълим инновацияларидан фойдаланиш ва халқаро баҳолаш тизими қўлланилишининг долзарб масалалари.
|
Мақоланинг мавзуси
|
O’quvchilarni informatika faniga qiziqtirishning asosiy omillari.
|
Лавозими, илмий даражаси,
унвони
|
O’qituvchi
|
Иш жойи
|
Buxoro viloyat XTXQTMOHM “Tabiiy va aniq fanlar metodikasi” kafedrasi
|
Телефони (коди билан)
|
+99890 635 18 87
|
E-mail
|
kamalova@umail.uz
kamalova@inbox.uz
|
Do'stlaringiz bilan baham: |