Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 XIL turdagi xavfli hodisalar kiradi


Favqulodda vaziyatning tavsifi va uni oldindan bashorat qilish



Download 205,66 Kb.
bet3/5
Sana11.01.2022
Hajmi205,66 Kb.
#352737
1   2   3   4   5
Bog'liq
Word1

Favqulodda vaziyatning tavsifi va uni oldindan bashorat qilish

Har qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta ko‘rsatkich bo‘yicha aniqlanadi:

1. Favqulodda vaziyatning nomlanishi (FV ni ta’rifi);

2. FV ning mohiyati (mazmuni);

3. FV ning sabablari;

4. FV ning shikastlovchi omillari;

5. FV da qaltislikni oshiruvchi omillar;

6. FV ni oldindan bilish mumkinligi (monitoring, bashorat, ogohlantirish, yumshatish);

7. FV ni bartaraf qilish (falokatdan qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarish);

8. Moddiy zararni aniqlash (bevosita va bilvosita).

Har qanday turdagi xavf-xatarli holatlar muayyan sharoitlarda, muhitda favqulodda vaziyatlarga olib keladi. Ya’ni: havf-xatar (FV manbai, havfli tabiat hodisasi, havf bor ob’ektlar, ekologik vaziyat) Ma’lum sharoit va muhitda FV FV oqibatlari turli tuman bo‘ladi. Ular FV turiga, tusiga va tarqalish miqyosi (masshtabi)ga bog‘liqdir. FV oqibatining asosiy turlari: o‘lim, odamlarni kasallanishi, inshoatlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlar. Yana shuni alohida qayd qilish kerakki, FVning ko‘pgina holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruhiy jarohatlovchi holatlar ham mavjud bo‘ladi. Bu paytda o‘ta kuchli tasodifiy ta’sirilar odamning ruhiy holatini buzulishiga olib keladi. Bu ta’sirning xavfli eri shundaki, bu ruhiy holat faqatgina shu ta’sir xududidagina emas, undan chiqqandan keyin ham davom etishi mumkin. FV havfini oldindan ma’lum aniqlikda aniqlash mumkin bo‘lsa, ammo, uning ruhiy ta’sirini aniq aytish mushkul hisoblanadi. FVning zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, inshoatlar, moddiy resurslarni barchasi - «Shikastlanish o‘chog‘i» deyiladi. Oddiy (bir turli) shikastlanish o‘chog‘i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’sirida hosil bo‘ladigan o‘choq tushuniladi. Masalan: portlash, yong‘in natijasida buzilish, kimyoviy zaharlanish kuzatiladi. Murakkab (ko‘p turli) shikastlanish o‘chog‘i deganda bir necha shikastlovchi omillar ta’sirida yuzaga kelishi tushuniladi. Masalan, kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishiga, yong‘in, kimyoviy zaharlanish kabi oqibatlarga, er silkinishi, kuchli bo‘ron, inshoatlarning buzilishidan tashqari, suv toshqini, yong‘inlar, elektr tarmoqlarining ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqib ketishi natijasida zaharlanish va boshqa talofatlarga olib kelishi mumkin. FVlardan himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baholay olish, keltirib chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib, uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin. O‘z vaqtida va aniq olingan ma’lumot samarali himoya uchun o‘ta muhimdir. FVlar quyidagilar natijasida paydo bo‘ladi:

1. Og‘irlik kuchlari, er aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo bo‘ladigan, tez kechadigan jarayonlar;

2. Konstruktsiyalar yoki inshoatlar materiallarining zanglashiga yoki chirishiga, fizik-mexanik ko‘rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;

3. Inshoatlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, qurilish materiallari, konstruktsiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va hakozo);

4. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning inshoat materiallariga ta’siri (me’yoridan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, titrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug‘ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri);

5. Sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshoatlarni eksplutatsiya qilish qoidalarining buzilishi (bug‘ qozonlarining,kimyoviy moddalarning, ko‘mir konlarida metan gazining portlashi va hakozo);



6. Turli ko‘rinishlardagi harbiy faoliyatlar. Kelib chiqishi va turidan qat’iy nazar FVlarning rivojida to‘rtta harakterdagi fazalarni ajratish mumkin:  uyg‘onish, paydo bo‘lish;  rivojlanish, avj olish fazasi;  eng yuqori darajasi, eng yuksak darajadagi fazasi;  pasayish, o‘tish fazasi (oqibatini tugatish). Uyg‘onish fazasida bo‘lg‘usi FV ning zamini uchun sharoit yaratiladi: nohush tabiiy jarayonlar faollashadi, inshoatlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari yig‘ila boshlaydi va ko‘plab texnik nosozliklar yuzaga chiqadi, uskunalar ishida, injener texnolog xodimlar ishida nuqsonlar paydo bo‘ladi. Uyg‘onish fazasi davomiyligini aniqlash uchun, bu ham juda katta taxmin bilan seysmik, meterologik, sellarga qarshi va boshqa stantsiyalarning kuzatuvlarini juda sinchiklab o‘rganish va muntazam yozib borish orqaligina bajariladi. Rivojlanish, avj olish fazasi inson omili asosiy o‘rinni egallaydi. Statistik ma’lumotlar 60% dan ortiq avariyalar inson hatosi tufayli ro‘y berganligini ko‘rsatadi. Eng yuqori darajadagi fazada esa odamlar va atrof muhitga havf solib turgan modda yoki energiyaning ozod bo‘lishi, ya’ni FV kuzatiladi. FVning o‘ziga xosligi shundaki, u zanjirsimon xususiyatga ega. Unda energiya to‘la, zaharli va biologik komponentlarning qo‘shilib ketishi tufayli uning rivojlanishi ko‘p martalab ortib ketadi. Pasayish, o‘tish fazasi vaqt bo‘yicha xavf manbaning jilovlab olish davridan boshlab to uning oqibatini bevosita va bilvosita bartaraf qilguncha ketgan vaqtdir. Bu fazaning davomiyligi yillar, gohida 10 yillar davom etishi mumkin. FVlarning shikastlanish sabab-oqibat zanjirini konkret sharoitda bilish, bunday vaziyatning oldini olish ehtimolini oshiradi va oqibatlarini tezroq tugatishga yordam beradi.


Download 205,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish