Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi


 Tayyorlov maskanida paxtani qabul qilish va jamlash tartiblari



Download 8,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/89
Sana30.05.2022
Hajmi8,71 Mb.
#619834
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
Bog'liq
fayl 1941 20210924

2.3. Tayyorlov maskanida paxtani qabul qilish va jamlash tartiblari 
Paxta unga yozilgan 1-SX (paxta) shakl turidagi tovar-transport yuk xati asosida 
qabul qilinadi. 
Xо‘jaliklar bitga yuk xati bilan barcha sifat kо‘rsatkichlari bir xil paxtani 
topshirish uchun yuborishlari kerak, ya’ni: 
a) bitta seleksion, sanoat navi va sinfiga oid; 
b) avlodi va dala guruhi bir xil urug‘lik paxta. 
Paxta maydonlarida о‘tkazilgan aprobatsiya natijalariga muvofiq mutaxassislar 
ishtirokida rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida qishloq xо‘jalik zararkurandalari 
va kasalliklari bilan zararlangan paxtalar tayyorlov maskaniga alohida terilib 
topshiriladi. 
Fermer xо‘jaliklardan paxtani tayyorlov maskanlarida qabul qilishda О‘zDSt 
615, О‘zDSt 642 davlat standartlari talablari asosida uning namligi va iflosligi har bir 
transport vositasi bо‘yicha instrumental, sanoat navi esa organoleptik usulda 
aniqlanib, qabul qilish jarayoni 3 bosqichli tizim bо‘yicha amalga oshiriladi: 
1-bosqich - namuna oluvchi keltirilgan paxtadan belgilangan tartibda namuna 
olib uning sanoat navi va sinfini aniqlaydi. Laboratoriyaga paxtaning ifloslik va 
namligini aniqlash uchun namuna jо‘natadi; 
2-bosqich - operator keltirilgan paxtani elektron tarozida о‘lchaydi; 
3-bosqich - dispetcher keltirilgan paxtani yuk xatida belgilangan g‘aramga 
tushirilishini tashkil qiladi. 
Fermer xо‘jaliklardan qabul qilib olinadigan paxtaning miqdori va uning sifat 
kо‘rsatkichlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar ID plastik kartalarda aks ettiriladi. 
Fermerlarga berilgan ID plastik kartalarda viloyat, tuman va paxtani qabul 
qiluvchi korxonaga belgilangan ”KOD”, fermer xо‘jaligining nomi, yillik paxta 
topshirish rejasi, shu jumladan urug‘lik paxta rejasi, reproduksiyasi, topshiriladigan 
paxtaning seleksion navi va tipi, terim turi belgilab qо‘yiladi. 
ID plastik kartalar ma’lum bir sabablarga kо‘ra fermerlar tomonidan yо‘qotilgan 
taqdirda dublikat plastik kartadan foydalanishi kо‘zda tutilishi lozim. 
Topshirilayotgan paxtadan namuna olishda paxta tayyorlov maskanining 


21 
namuna oluvchisi, ”О‘zstandart” agentligidan bir vakil qatnashadi (boshqa tayyorlov 
maskanlarida kelishmovchilik bо‘lgan hollarda ushbu vakil chaqiriladi). Fermerlar 
kengashidan va topshiruvchi-fermer xо‘jaligi rahbari yoki uning nomidan ish 
yurituvchi ishtirokida (kuzatuvida) keltirilgan paxta tо‘dasidan О‘zDSt 643 bо‘yicha 
birlashtirilgan namuna tanlab olinadi hamda О‘zDSt 615, О‘zDSt 642 davlat 
standartlari va ushbu yо‘riqnoma talablari va shartlariga mosligini aniqlaydi
О‘zDSt 593 standarti bо‘yicha etalon namunalarga taqqoslab, tashqi kо‘rinishi va 
rangi bо‘yicha dastlabki klassifikatsiyasini о‘tkazib sanoat navini aniqlaydi va
3 nusxada 1-SX shakldagi yuk xatini tо‘ldirib, rangi va tashqi kо‘rinishi bо‘yicha 
qaysi sanoat naviga mosligini qayd qiladi. Sanoat navi bо‘yicha kelishmovchilik 
yuzaga kelgan hollarda laboratoriya tahlil xonasida LPS-4 (ASX) asbobida pishib 
yetilganlik koeffitsenti bо‘yicha sanoat navi yakuniy aniqlanadi. 
Namuna oluvchi va operator har bir namunaning tо‘g‘ri olinishiga shaxsan 
javobgar hisoblanadi. 
Shuningdek, Respublika bо‘yicha topshirilayotgan paxta tо‘dalarining sifatini 
tadqiq etish va natijalarini paxta tayyorlash maskani tomonidan aniqlangan sifat 
kо‘rsatkichlari bilan qiyoslash maqsadida Qishloq xо‘jaligi vazirligining buyrug‘iga 
muvofiq tayinlangan tegishli mutaxassislar paxta yig‘im terimi mavsumida tanlanma 
asosda ayrim hududlardagi fermer xо‘jaliklarining transport vositalaridagi paxta 
tо‘dalarining 
ayrimlaridan 
namunalar 
oladi 
va 
olingan 
namunalarni 
akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida tahlil о‘tkazishi mumkin. 
Qabul qilinayotgan paxtaning sifat kо‘rsatkichlari standart talablariga mos 
kelmasa, sabablari kо‘rsatilgan holda xо‘jalikka qaytariladi. 
Namuna oluvchi terminal orqali fermer plastik kartasidan tegishli ma’lumotlarni 
kompyuterga kiritadi. 
2-XL laboratoriya tahlillari natijalarini qayd qilish ma’lumotnomasi ikki nusxada 
tо‘ldiriladi, plastik karta paxta topshiruvchiga qaytarilib, namuna oluvchi tomonidan 
2-XL shaklining old tomoni kerakli ma’lumotlar bilan rasmiylashtirilgach, 
birlashtirilgan namuna idishiga solinadi, keyin namuna tashuvchi ushbu namunani 
tahlil uchun laboratoriyaga instrumental tahlillar о‘tkazish uchun yetkazadi. 


22 
Paxtadan namuna olingan transport vositasi tahlil natijasi aniqlanguncha kutish 
maydonchasiga yо‘naltiriladi. 
Laboratoriya tahlil natijalari aniqlanganidan sо‘ng transport vositasi yuklangan 
paxta bilan elektron avtomobil tarozisiga kiritiladi. 
Operator plastik kartani tarozixonada о‘rnatilgan terminalga joylaydi. Fermer 
xо‘jaligi kodini lokal tarmoqqa ulangan kompyuterga kiritadi. 
Operator transport vositasini yuklangan paxta bilan birgalikda о‘lchaydi. 
"Brutto" massasi avtomatik holda о‘lchanib, kompyuterga kiritiladi va markaziy 
kompyuter tarmog‘iga uzatiladi hamda bu kо‘rsatkichlar fermerning plastik kartasiga 
kiritiladi va elektron tabloda yoritiladi. Operator 3 nusxada tо‘ldiriladigan 1-SX 
shakldagi yuk xatiga "Brutto" massasini yozadi. 
Laboratoriya namunani olgandan sо‘ng har bir qabul qilinayotgan tо‘da 
namunasi bо‘yicha namlik va ifloslikni aniqlash uchun tahlillar о‘tkazadi. Paxtaning 
sanoat navi bо‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda sanoat navini aniqlash 
tahlillari LPS-4 (ASX) uskunasida о‘tkazadi. Bu jarayonlar Fermerlar kengashi va 
“О‘zstandart” vakillari tomonidan fermerlar xonasiga о‘rnatilgan kuzatuv kamerasi 
yordamida nazorat qilinib turiladi. 
Paxta namunasining namligi, iflosligi va sanoat navini aniqlash bо‘yicha 
о‘tkazilgan tahlil natijalari bо‘yicha ma’lumotlar asosida 2-XL shaklining orqa 
tomoni tо‘ldirilib, laboratoriya jurnaliga tartib raqami va sanasini yozib bir nusxasi 
operatorga topshiriladi, ikkinchi nusxasi bir kunlik saqlab turiladigan namunaga solib 
qо‘yiladi. 
Operator plastik kartani terminaldan о‘tkazib ma’lumotlar tarmog‘ini ochadi va 
uning tegishli grafalariga 2-XL laboratoriya tahlil natijalari asosida aniqlangan sifat 
kо‘rsatkichlarni kiritadi hamda qabul qilinayotgan paxtaning jamlanadigan tо‘da va 
g‘aramning tartib raqamini belgilaydi. 
Fermer xо‘jaligining nomi, tо‘da raqami, qabul qilinayotgan tо‘daning sifat 
kо‘rsatkichlari (navi, sinfi, namligi va iflosligi) monitor ekranida yoritiladi. 
Shu kо‘rsatkichlarga amal qilgan holda paxtani qaysi g‘aram yoki omborga 
qabul qilinishini belgilab, yuk xatining birinchi nusxasini transport vositasidagi 


23 
paxtani belgilangan g‘aramlarga jamlash bо‘yicha dispetcherga yо‘naltiriladi. 
Dispetcher keltirilgan paxtani yuk xatida belgilangan joyga paxta topshiruvchi 
ishtirokida tushirishni tashkil etadi. Tushirish jarayonida tо‘kilayotgan paxtani 
kо‘zdan kechirib, yuk xatida kо‘rsatilgan sifat kо‘rsatkichlari va standart talablariga 
mosligini kuzatib turadi. 
Sifat kо‘rsatkichlari tasdiqlangan holda dispetcher paxtani qabul qilgani haqida 
yuk xatiga imzo chekadi, bо‘shatilgan tirkamali transport vositasini qayta tortish 
uchun operatorga qaytaradi. 
Operator fermer xо‘jaligi plastik kartasini terminalga kiritadi va bо‘shagan yoki 
ma’lum miqdordagi paxta bilan qaytarilgan tirkamali transport vositasi massasini 
qaytadan elektron tarozida tortib, "Tara" massasi aniqlanadi va qabul qilingan 
paxtaning "Netgo" massasi chiqariladi. Tortish natijalari fermerning plastik 
kartochkasiga kiritiladi va yuk xatiga yozib qо‘yiladi. Tortish jarayonidagi 
kо‘rsatkichlar va tahlil natijalari elektron tabloda yoritilib boriladi. Tortish natijalari 
markaziy tarmoqqa uzatiladi hamda telejkaga belgilangan alohida raqam rasmi yodda 
saqlanadi. 
Fermer xо‘jaligi topshiruvchisiga rasmiylashtirilgan yuk xatining (1SX shakl) 
ikkinchi nusxasi topshiriladi. 
17-PK shakldagi qabul kvitansiyasi uchun maxsus raqamlangan bir xil formatda 
tipografiyada tayyorlangan blanka ishlatiladi. 
Paxta qabul qilingandan sо‘ng buxgalteriya fermer xо‘jaliklari topshirgan har bir 
paxta tо‘dasidagi paxta miqdori va sifati bо‘yicha markaziy tarmoqda tо‘plangan 
axborotlar asosida har bir fermer xо‘jaligi uchun seleksiya navlari, sinfi, tipiga 
belgilangan narxlar bо‘yicha tegishli mablag‘ni va unga hisoblanadigan 
qо‘shimchalarni, (paxta guruhi, urug‘lik uchun, tashib keltirilganligi va boshqalar) 
bо‘nak, material (qarzdorlik) yoki ifloslik va namlik darajasi me’yordan yuqori 
bо‘lgan paxtani quritish va tozalash uchun qilingan xarajatlar hamda xо‘jaliklarga 
berilgan inventarlar va kо‘rsatilgan xizmatlar so’mmasi elektron hisoblanib PK-17 
shakldagi qabul kvitansiyasiga kiritiladi hamda 5 nusxada rasmiylashtiriladi va ushbu 
hujjat asosida fermer xо‘jaliklar bilan topshirilgan paxta uchun о‘rnatilgan tartibda 


24 
hisob-kitob ishlari bajariladi. 
Buxgalteriya hisob-kitobni tugatgandan keyingi kuni qabul kvitansiyasining 
ikkinchi nusxasini Davlat statistika qо‘mitasining joylardagi tashkilotlariga yuboradi, 
bu paxta tayyorlash tо‘g‘risida kunlik hisobot uchun asos bо‘ladi, uchinchi nusxa 
tayyorlov 
maskanida 
qoladi. 
Tо‘rtinchi nusxasini “Paxtasanoat” AJning 
kontraktatsiya va shartnoma bо‘limiga nazorat va 
 
hisob-kitob uchun yuboradi, 
beshinchi nusxasi xizmat kо‘rsatuvchi bankka topshiriladi. 
Tayyorlov maskani mudiri, qabul qiluvchi va katta buxgalter 17-PK shakl qabul 
kvitansiyasida kо‘rsatilgan ma’lumotlarning tо‘g‘riligiga, paxtaning amaliy va 
konditsion vaznining xaqiqiy miqdori, seleksion va sanoat navi, sinfi va jamlash 
joylari bо‘yicha qabul qilinganligiga shaxsan javobgardirlar. Tayyorlov maskani 
mudiri va katta buxgalter bundan tashqari qabul qilingan paxtaning konditsion vazni 
va pul hisob-kitobi (chegirma va ustamalarni hisobga olgan holda) tо‘g‘riligiga ham 
javob beradilar. 
17-PK shakl qabul kvitansiyalarining ma’lumotlariga asosan Davlat statistika 
qо‘mitasining tashkilotlari paxta terish hajmlari tо‘g‘risida kundalik hisobot tuzadilar. 
Boshqa hech qanday hujjat paxta tayyorlash tо‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish uchun 
asos bо‘la olmaydi. 
Xarid rejasining bajarilganligi haqidagi hisobotda har bir xо‘jalik tomonidan 
qabul kvitansiyalari asosida topshirilgan paxtaning konditsion vazni e’tiborga olinadi. 
Xо‘jalikdan paxtani tilxat asosida qabul qilishga yо‘l qо‘yilmaydi. Bu tartib 
paxtaning hammasiga, shu jumladan alohida saralab terilgan, oilasi bо‘yicha terilgan 
paxta va tajribaviy urug‘lik paxta namunalari uchun ham taalluqlidir. 
10 ming tonnadan ziyod tayyorlov hajmiga ega bо‘lgan hamda ikkita alohida 
hududi bor tayyorlov maskanlarida yuqori tashkilotlarning ruxsati bilan paxtani ikki 
oqimda qabul qilishni tashkil etish mumkin. Bunda har bir oqimga qabul qiluvchi 
operator boshchilik qilishi zarur. Bunday holatda paxta tozalash korxonasi 
rahbariyatining kо‘rsatmasiga binoan tayyorlov maskanida har bir oqimga oldindan 
ma’lum xо‘jaliklar biriktirib qо‘yiladi. Tayyorlov maskani faoliyatini bunga huquqi 
bor shaxslar va tashkilotlar tomonidan nazorat qilish jarayonida yuzaga keladigan 


25 
taklif va mulohazalar, ijrochilar, paxta tozalash korxonalari rahbarlari va viloyat 
"Paxtasanoat xududiy filiali” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbariga yozma holda 
(ma’lumotnoma holida yoki har bir tayyorlov maskanida yuritiladigan mulohazalarni 
qayd etish daftariga yozish orqali) yetkaziladi. Paxta tozalash korxonasining 
mansabdor shaxslari tayyorlov maskaniga kelganlarida bu mulohazalarning 
bajarilishini albatta tekshiradilar. Mulohaza va takliflarning ijrosi natijalari haqida 
yuqorida aytilgan daftarga tegishli yozuvlar yoziladi yoki alohida muhokama uchun 
tegishli tashkilotlarga murojaat qilinadi. 

Download 8,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish