Cho’ziluvchanlik. Bu hususiyat, trikotajga qo’yilgan kuch ta’sirida uning cho’zilishidir. Cho’ziluvchanlik glad’ to’qimasining ijobiy xususiyatlaridan biridir. Cho’ziluvchanlik trikotajni cho’zilishdagi shakliy o’zgarish (deformatsiya) miqdori va trikotaj matosini yirtishda (uzishda) uzayish miqdori bilan ifodalanadi, qaysiki to’qimaning turiga qarab va iplarning xususiyatlariga qarab qayishqoq va qayishqoq bo’lmagan (qoldiq) bo’lishi mumkin.
Qayishqoq deformatsiya - trikotajning juda muhim ijobiy xususiyatlaridan biridir va u trikotajning qo’llanishida muhim ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi.
Trikotajning qayishqoq bo’lmagan deformatsiyasi esa uning salbiy xususiyatlaridan hisoblanadi, ayniqsa bu xususiyat glad’ to’qimasidan tikilgan kiyimlardan foydalanish davrida yaqqol ko’rinadi. Glad’ to’qimasidan yaqin - yaqinlargacha ayollar paypoqlari, qo’lqop va ichki kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu buyumlar uchun glad’ to’qimasining cho’ziluvchanlik xususiyati ijobiy xususiyat deb hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyo bozorida glad’ to’qimasidan ishlab chiqarilayotgan ustki trikotajning yangi turlari masalan, erkaklar ko’ylaklari, ayollar bluzkalari, jemperlar, poluverlar, jaketlar, sviterlar va boshqalar paydo bo’la boshladi, bu buyumlar uchun glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligi, bu to’qimaning kamchiligi hisoblanadi.
Glad’ to’qimasining cho’ziluvchanlik darajasi ipning yo’g’onligiga teskari mutanosibda, halqa ipi uzunligiga esa to’g’ri mutanosibdadir, ya’ni ip qanchalik ingichka bo’lsa va halqa ipi uzunligi qanchalik uzun bo’lsa, glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligi shunchalik yuqori bo’ladi. Demak, glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligini kamaytirish uchun glad’ to’qimasidan ishlab chiqarilayotgan trikotaj zichligini oshirish yoki yo’g’on ip qo’llash zarur. Glad’ to’qimasi uzunligi bo’ylab cho’zilganda halqalar qatori balandligi maksimumga kattalashadi, halqalar qadami esa minimumga kichrayadi. 4.3, a-rasmda uzunligi bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasi tasvirlangan.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, bu holda halqa ipining uzunligi diametri d=3f ga teng bo’lgan aylana uzunligi bilan, halqaning ikki tayoqchasi uzunligi yig’indisiga teng, bunda f – ipning siqiq holatdagi shartli diametridir. Halqa tayoqchalari uzunligi esa taxminan halqalar qatorining maksimal balandligi V ga teng. Demak, halqa ipining uzunligi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
a - uzunligi bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasi;
b - eni bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasi.
4.3-rasm. Trikotajdagi halqlar holati
(4.1)
bundan,
(4.2)
Glad’ to’qimasi eni bo’ylab cho’zilganda halqalar tayoqchalari uzunligi yoki halqalar qatori balandligi V ni minimumga kamayishi hisobiga halqalar qadami A maksimumga kattalashadi. 4.3, b-rasmda eni bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasining tuzilishi ko’rsatilgan. Ushbu holda halqa ipining uzunligi, diametri d=3f ga teng bo’lgan aylana uzunligi bilan halqaning maksimal qadami Amax uzunligining yig’indisiga teng, ya’ni
(4.3)
bundan,
(4.4)
Eni va uzunligi bo’yicha cho’ziluvchanlikni taqqoslab quyidagini aniqlaymiz: (4.5)
Zichlik. Glad’ to’qimasining zichligi, boshqa har qanday trikotajning zichligi kabi, glad’ning 50 mm li uzunligiga to’g’ri keladigan halqalar qatori soni (Rv) va halqalar ustunchalari soni (Rg) bo’yicha aniqlanadi. Glad’ to’qimasining vertikal bo’yicha zichligi (Rv) har doim gorizontal bo’yicha zichligidan (Rg) katta bo’ladi.
Nazariy tomondan zichliklarni hisoblashda avval gorizontal bo’yicha zichlik halqalar qadami miqdori orqali hisoblanadi:
(4.6)
Halqa qadami halqa asosi kengligida joylashgan iplar yo’g’onligi soni bo’yicha aniqlanadi. Prof. A.S. Dalidovichning tavsiyasiga binoan, halqa qadami 4G’ ga teng qilib olinadi (bu erda G’ - ipning erkin xolatidagi haqiqiy yo’g’onligi). Ipning yo’g’onligini aniqroq hisoblash uchun, kam eshilgan kalava ip (pryaja) va iplar (niti) uchun quyidagi formula keltirib chiqarilgan:
(4.7)
bu erda λ- ishlatiladigan ip tolasi xilini hisobga oluvchi koeffitsient.
Do'stlaringiz bilan baham: |