Tabiiy tolalar


Tandalash tezligi va o’ram diametrini tanda g’altagining sifatiga



Download 1,26 Mb.
bet11/17
Sana12.02.2022
Hajmi1,26 Mb.
#445129
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
портфолио bilol

Tandalash tezligi va o’ram diametrini tanda g’altagining sifatiga


Ta’sirini tadqiqoti
Tandalash jarayonidan olinadigan o’rama – tanda g’altagining sifati nafaqat keyingi jarayon – ohorlash samaradorligiga, shuningdek, to’quv dastgohini unumdorligiga ham ta‘sir etadi.
Tanda g’altagini shakllanishida uzilgan iplarni ulashdagi tugun o’lchamlari, ulanmagan uchni ohorlashda «xomutlar» sodir etishi, guruh g’altaklaridagi iplar uzunliklaridagi farq va boshqa mavjud tandalash jarayonini kamchiliklari, ko’p olimlarning (A.K.Djamankulov, A.Yu.Kut‘in, H.H.Usmonxo‘jayev va boshqalar) tadqiqotlarida qayd etilgan. Bu tadqiqotlarda tandalash jarayoni tanda iplarining harakat tezligini oshirish iplarni uzuqlar sonini ko’payishi, tarangliklarini esa noravon bo’lishiga sabab bo’lishi bilan birga tanda g’altagiga o’ralgan iplarni uzunligiga ham ta‘sir etadi, deb ta‘kidlangan.
Tandalash tezligini maqbul qiymatini aniqlashga oid V.V.Nikolayevaning guruhlab tandalashda tanda g‘altagi sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotida, muallif tanda g’altagi shakllanishida tandalash tezligini vaqt birligida tasodifiy funksiya deb hisoblab, u ko’p omillarga bog’liqligi qayd etilgan. Ular jumlasiga iplar uzuqlari soni, o’rnatilgan loyihaviy tezlik, tandalash mashinasining tormoz tizimini sozlash ko’rsatkichlari, elektroto’xtatgichlarni ishlashi va boshqalar.
A.Yu.Kutin va boshqalarning yangi chiqindisiz texnologiyada yuqori sifatli to’quv g’altagining shakllanishiga oid maqolasida to’quv g’altagining shakllanishida tandalash va ohorlash jarayonlari alohida o’rin tutishi va uni sifati qimmatbaho xom ashyo sarfiga va to’quv dastgohidagi uzuqlar soniga ta‘siri kata bo’lishi ta‘kidlangan. SHu sababli xorijiy firmalar to’quv dastgohlarini tezliklarini hisobga olgan holda tanda iplarini tayyorlashga e‘tibor oshmoqda deyilgan. Mualliflar guruhlab tandalashda shakllanayotgan o’rama sifati ko’p omillarga bog’liq bo’lib, jumladan, tanda romiga o’rnatilgan bobinalardan chuvalib chiqqan iplarning tarangligining stabilligi, tanda g’altagidagi o’ram zichligini aniqlovchi zichlovchi barabanning kuchlanishi, iplar chiziqli tezligi va boshqalarga bog’liqligi
qayd etilgan. Mazkur tadqiqotda tandalash mashinalarining kamchiliklari g’altakdagi o’ramlar zichligini boshqarilmasligi natijasida iplarda qo’shimcha deformatsiya sodir bo’lib, o’ralgan ip uzunligiga ta‘sir etishi ko’rsatilgan. Tadqiqot natijasida mualliflar taklif etgan chiqindisiz texnologiyada zamonaviy informatsion texnologiyalar orqali bajariladigan to’quv g’altagini shakllantirish tavsiya etilgan.
Tahlil etilgan adabiyotlarda tanda g’altagidagi iplarning uzunligiga g’altakning harakat dinamikasi ta‘siri o’rganilmaganligi tavsiya etilgan ko’rsatmalar samara bermaganligini ko’rsatdi.
Zamonaviy tandalash mashinalarida iplar tezligini oshishi tandalash g’altagiga o’ralayotgan iplar uzunligiga ta‘siri o’rganildi, o’lchovchi val bilan tanda g’altagini bir paytda to’xtamasligi va bu farq tanda g’altagiga o’ralayotgan ip diametri oshishi bilan to’xtash farqi ham o’zgarishini ko’rsatdi.
Asosiy muammolardan biri - ohorlash jarayonida guruh tanda g’altaklaridagi iplar bir paytda tugamasligi, ya‘ni g’altaklardagi iplarning uzunligidagi farqdir. Biror g’altakda ip tugasa, qolgan g’altakdagi iplar chiqindiga chiqadi. Vaholanki, tandalashda iplarni g’altakka o’rashdan avval hisoblagich ko’rsatkichiga kerakli uzunlik o’rnatiladi, shu uzunlik o’ralgandan so’ng g’altak avtomatik ravishda to’xtaydi.
Ko’plab o’tkazilgan kuzatuvlardan g’altaklarda o’ralgan ip uzunligining farqi, o’lchovchi val bilan tanda g’altagi bir vaqtda to’xtamasligiga bog’liq bo’lishi ma‘lum bo’ldi. O’lchovchi val iplar bilan val sirtining ishqalanish kuchi hisobiga harakatga keltiriladi. Bu kuch o’lchovchi val tormozi hosil qiladigan qarshilik kuchiga nisbatan ancha kichik. Bundan tashqari o’lchovchi val massasining inersiya momenti o’zgarmas va tanda g’altagi bilan o’ralgan iplarni massasining inersiya momentidan ancha kichik.
Tanda g’altagiga iplarning o’ralish jarayonida ularning harakat kinetik energiyasini quyidagi formuladan aniqlash mumkin:
J 2
K
2
bunda,

J – tanda g’altagidagi iplar massasining inersiya momenti
- tanda g’altagining burchak tezligi – 1/sek.

Tanda g’altagida o’ram diametri oshishi natijasida kinetik energiyaning o’zgarishiga ta‘sirini o’rganish maqsadida o‘tkazilgan tadqiqotlar g’altakdagi iplar o’rami diametri oshishi bilan ular massasining inersiya momenti oshadi va g’altak harakati kinetik energiyasi oshishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Tandalash jarayonida g’altakning burchak tezligini kamaytirish hisobiga iplar chiziqli tezligining o’zgarmas bo’lishi ta‘minlanadi. Demak, bu ko’rsatkich ta‘sirida kinetik energiya kamayadi.

















Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish