3-bob. Yagona tizim tarkibi
6. Yagona tizimni FVDT doirasida xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash funksiyalarini bajaradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tuzilmalari (xizmatlar, tashkilotlar, inspeksiyalar, bo‘limlar, laboratoriyalar va boshqalar) majmuasi (keyingi o‘rinlarda Yagona tizim tuzilmasi deb ataladi) tashkil etadi.
Yagona tizim respublika, mahalliy va obyekt darajalariga ega.
7. Yagona tizimning tashkiliy-funksional strukturasi FVDT doirasida favqulodda vaziyatga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash funksiyasini bajaradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy davlat organlari va boshqa tashkilotlarni birlashtiradi (keyingi o‘rinlarda Yagona tizim ishtirokchilari deb ataladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |