Tabiiy resurslarning tasnifi va ulardan oqilona foydalanish yo’llari.
Aslida "resurs" so’zi fransuz tilidal olingan bo’lib, "yashash vositasi" degan ma’noni anglatadi. Resurs deganda, tabiiy jismlar va foydalanadigan energiya turlari tushuniladi.
Tabiiy resurslar insonning yashashi uchun zarar bo’lgan shunday vositalaridirki, ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalari orqali ta’sir yetadi.
SHuni aloqida ta’kidlash kerakki, "tabiiy resurslar" tushunchasini ko’pgina olimlar turlicha ta’riflashadi. Masalan, geograf olimlar, eng to’liq ta’rif berganlar: “Tabiiy resurslar – kishi bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashlari uchun zarar bo’lgan xilma-xil vositalardir”.
Prof.YU.G.Saushkin esa "elektr energiya olish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab-chiqarish uchun foydalanishi mumkin bo’lgan tabiiy komponentlarni va sanoat uchun xom ashyolarni" tabiiy resurslar deb ta’riflaydi.
Geograf olim A.A.Mins esa, "tabiiy resurslardan foydalanish shakllari va yo’nalishlariga qarab, ularni iqtisodiy jihatdan sinflarga bo’lishni" birinchi o’ringa qo’yadi. Bu sinflarga bo’lishda, ya’ni tasniflashda, tabiiy resurslar moddiy ishlab chiqarishning’ asosiy sektorlarida va ishlab chiqarishdan tashqari sferada foydalaniishga qarab guruhlarga ajratiladi.
SHunday qilib, tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur manbalarga va mehnat vositalari manbalariga bo’linadi.
Mukammalroq sinflarga bo’lganda, tabiiy resurslar 2 ta asosiy guruhlarga bo’linadi:
guruhi – moddiy ishlab chiqarish resurslari. Bu guruhga yoqilg’i mahsulotlari, metallar, suvlar, yog’och-taxta, baliq, ovlanadigan hayvonlar kiradi.
guruhi – ishlab chiqarishdan tashqari sfera resurslari. Bu guruhga ichimlik suvi, daraxtzorlar, iqlim resurslari va hokazolar kiradi.
Tabiiy resurslarga oziq-ovqatga ishlatiladigan yovvoyi o’simliklar va hayvonlar, ichimlik suvi va boshqa maqsadlarda foydalanadigan suvlar, metallar olinadigan maydonlar, qurilishga ishlatiladigan yog’och-taxtalar, energiya va yoqilg’i manbalari bo’lgan ko’mir, neft va tabiiy gazlar kiradi.
Tabiiy resurslar 2 turga bo’linadi:
Tugaydigan tabiiy resurslar.
Tutamaydigan tabiiy resurslar.
Tugaydigai tabiiy resurslar o’z navbatida 2 guruhga bo’linadi:
Tiklanadigan resurslar.
Tiklanmaydigan resurslar.
Tabiiy resurslarning tasnifi (sinflarga bo’linishi) quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
Tiklanmaydigan tabiiy resurslarga er osti boyliklari va foydali qazilmalar, ya’ni ma’danli va ma’dansiz qazilmalar kiradi. Ular foydalanayotgan darajadan million-million marta sekin tiklanadigan tabiiy resurslar hisoblanadilar. Bunday resurslarni tiklab bo’lmas ekan, mineral resurslardan samarali foydalanish, ularni tejab-tergab ishlatish va ularni qazib olinayotganda erlarga zarar etkazilishiga yo’l qo’ymaslik zarur.
Tiklanadigan tabiiy resurslarga tirik mavjudotlar, o’simlik va xayvovlar, daraxtlar, shuningdek, tuproq kiradi. Tuproq yo’q bo’lib ketmaydi, balki asosiy xossasini – umumdorligini yo’qotishi mumkin. Bunday resurslardan foydadaiayotganda shuni esda tutish kerakki, muayyan tabiiy sharoitning buzilishi ularning qayta tiklanishiga xalaqit berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |