SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 3
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 739
TABIIY RESURSLARNI BOSHQARISH, EKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT
MUHOFAZASI
Muhammadxo’ja Olimov
Dilshoda Nafasova
QarDU talabasi
QarDU talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu tezis tabiiy resurslardan unumli foydalanish, atrof muhit va ekologiya
muommolari va ularni bartaraf etish haqida bayon qiladi.
Kalit so’zlar:
Ekologiya tabiiy landshaft, eroziya, ekologik tahlil, qo’riqxona,
“Qizil kitob”, resurs, inson omili.
Konstitutsiyamizning 50-moddasida «Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona
munosabatda bo`lishga majburdirlar»-deya belgilab qo’yilgan. bundan ko’rinib
turibdiki, atrof muhitga bo’lgan munosabat bosh qomusda ham keltirib o’tilgan. Bu esa
fuqarolarning ekologik majburiyatlarini konstitutsiya darajasida mustahkamlaydi.
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2010-yil 20-sentyabrda BMT Bosh
Assambleyasining “Ming yillik sammiti”da so’zlagan nutqida Markaziy Osiyo,
jumladan O’zbekistondagi ekologik muammolarga alohida e’tibor qaratildi,
“mintaqaviy muammolar majmuyiga e’tibor qaratilar ekan, ekologik xavfsizlik va atrof-
muhit masalalarini chetlab o’tish mumkin emas...” bu so’zlar zamirida ekoligiya uchun
faqatgina mas’ul xodimlar emas, har bir inson javobgar ekanligini anglatadi. Elologiya
har doim global muammo sanalib kelgan. Dunyo aholisining keskin o’sishi o’z
navbatida katta miqdordagi yerlarning o’zlashtirilishi, tabiat va sanoat-industial jamiyat
o’rtasidagi chegaralarning buzilishiga olib keladi. Atrof-muhit, jonli tabiat esa maishiy
chiqindilar ichida qolib ketmoqda.
Global muommolar haqida fikr yuritadigan bo’lsak ularning kata qismi aynan
ekologiya va atrof-muhitga bog’liq ekanini ko’rishimiz mumkin. Xususan, Ozon
qatlamining yemirilishi, chuchuk suv miqdorining keskin kamayib ketishi, shimoliy va
janubiy qutb muzliklarining erishi, buning oqibatida esa dunyo okeani sathining bir-
necha metr ko’tarilishi, okean suvlarining sho’rlanishi, noyob hayvon turlarining
yo’qolib ketish darajasida kamayib ketganligi, tabiiy landshaftlar o’z qiyofasini
o’zgartirganligi, havoning ifloslanganligi, sanoat yetakchi o’rin egallagan davlatlarda
atmosferaning karbonat angidrid gazi bilan to’lganligi(xitoyda yoz oylarida qizil
rangdagi qor yog’ishi, Hindistonning Munbay shahridagi havo tarkibidagi zararli
moddalarning kislorod miqdorga qaraganda ko’p bo’lishi) global muammolar orasida
yetakchi.
Hayvonot olami, o’simlik dunyosi ushbu ko’rsatkichlarda kamayib boradigan
bo’lsa, kelajak avlod jonli tabiatni ko’ra olmasligi mumkin. Dunyo hamjamiyati ushbu
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |