Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish



Download 1,13 Mb.
bet8/41
Sana08.06.2022
Hajmi1,13 Mb.
#643278
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
tabiij resurslardan oqilona fojdalanish

Ishning maqsadi: Tabiiy resurslar tasniflari, nazorat turlari haqida ko’nikmalarga ega bo’lish.
Kerakli material va jihozlar: Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning klassifikatsiyasi, nazorat turlariга oid o’quv qo’llanmalari, jadvallar, gerbariylar, slaydlar.
Nazariy material: Hozirgi zamon ekologik muammolari kishilik jamiyatining barqaror rivojlanishiga xavf solmoqda. Tabiiy tizimlarning tobora tanazzulga yuz tutishi biosferaning buzilishia, uning yaxlitligi va jamiyatning hayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan atrof-muhit sifatini ta’minlab turish qobiliyatini yo‘qotishga olib kelmoqda.
Dunyo aholisini ko‘payishi, o‘tgan asr boshida 1,8 mil. kishi bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kungakelib 6,5 mil. Kishiga ortib, ularning tabiiy resurslarga bo‘lgan talablari ham ortib bormoqd, buning natijasida tuproq eroziyasi, o‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishi, baliqlarning ortiqcha ovlanishi, kislotali yomg‘irlarning yog‘ishi, atmosferaning ifloslanishi, ozon qatlamining buzilishi va ... yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Respublikamiz aholisining ortishi va ularning ehtiyojlariningko‘payishiga olib kelmoqda.
O‘zbekiston hududida iqlimning global va mintaqaviy o‘zgarishining oqibatlarini baholash 2030 yillarga kelib, shimoliy hududlarda o‘rtacha yillik haroratning 2-3 darajaga va respublika janubiy qismida 1 gradusga o‘sishi kutilmoqda. G‘aroratniortishi hisobiga O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilikning miqdori ko‘payishi 15-20% gacha o‘simliklarni suv parlatishi esa 20% ga ortishiga olib keldi.
Natijada yillik samarali harorat yig‘indisi 10% gacha ortib, sovuq bo‘lmaydigan kunlar 10-15 kunga ko‘payishi sababli qxekinlariga ishlov berish, agroiqlim sharoitlari o‘zgaradi.
So‘nggi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrgacha pasaydi, dengizdagi suvning hajmi 1064 km3 dan 115 km3 gacha tushib, suvning tarkibida tuz miqdori 72 g/l gacha oshganligi ma’lum bo‘ldi. Dengizning qurib qolgan qismining maydoni 4.2 mln. gektarni tashkil etdi va yaqin atrofga qumli tuzlar tarqatish manbai bo‘lib qoldi.
Chang tarqatayotgan maydon uzunligi 400 km va kengligi 40 kmga ortdi. Changli bo‘ronlar ta’sir doirasi 300 kmni qamrab olmoqda.
Har yili bu yerda atmosferaga 15-75 million tonnagacha chang ko‘tariladi. O‘tgan asrning 80 yillardan boshlab, bundan bo‘ronlar yiliga 90 kunlab kuzatildi. Ayni paytda Amudaryo va Sirdaryo deltalarida yerlarning tabiiy holati buzilib, cho‘lga aylanish suratlari o‘sib bormoqda.
Orol dengizining qurib borishi sababli kelib chiqishi va oqibatlari darajasi xalqaro xususiyatdagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar majmuasi yuzaga keldi.
O‘zbekiston Respublikasiga keladigan suvlar boshqa davlatlar orqali bo‘lgani uchun, suvdan foydalanishda turli muammolar kelib chiqib keskinlashmoqda. O‘zbekistonda cho‘lga aylanish jarayonlari, o‘simlikni biologik mahsuldorligini pasaytirib, ekologik noqulayliklar tufayli o‘simliklar va hayvonot dunyosining qisqarishiga sabab bo‘lmoqda.
Sanoatni va transportni ko‘payishi tezlashganligi O‘zbekistonda ham ko‘p muammolarni keltirib chiqarmoqda: ya’ni foydali qazilmalarni qazib olish va tog‘-kon metallurgiya sanoati, kimyo sanoati korxonalari va boshqa sanoat korxonalari.
Barcha sanoat korxonalarini chiqindilari muhitni ifloslantiruvchi manbalari hisoblanadi. Foydali qazilmalarni ochiq yoki karyer usulda qazib olinishi natijasida olinishi biotsenoz va tuproqqa salbiy ta etib yerlarni unumdorligini ham kamaytirib yuboradi. Bundan tashqari, to‘planib qolgan chiqindilar shamol ta’sirida uchib, suvlarda yuvilib, suvni, havoni hamda tuproqni ifloslaydi.
Foydali qazilmalarni ko‘proq qazib olish tufayli yer osti bo‘shliqlari vujudga kelib ularning cho‘kishi aholi punktlaridagi va qishloq xo‘jaligi aylanma xarakatidagi yerlarni zarar ko‘rishi kuzatiladi. hozirgi kunda metallurgiya shlaklari, issiqlik elektr stansiyalaridan chiqqan ko‘p chiqindi uyumlar holida ko‘p to‘planib qolmoqda.
Hozirda juda ko‘p korxonalarda xom ashyoning ko‘p qismi chiqindiga chiqarib tashlanadi: masalan, 1 tonna ko‘rg‘oshin olish uchun 60-90 tonna ruda, 5 gr oltin olish uchun 1 tonna ruda, 1 tonna mis olish uchun 120 tonna tog‘ jinsi yoki ruda qayta ishlanib chiqindiga chiqarib yuborilar ekan. Bu chiqan chiqindilar muhitda ekologik muammolarni kuchaytirmoqda.
Fan-texnikaning taraqqiy etgan hozirgi davriga kelib yog‘och kimyo sanoatining xom ashyo resurslariga aylanib qoldi. Sababi kimyoviy yo‘l bilan yog‘ochdan qog‘oz, sun’iy shoyi, porox, fotoplyonka, charm, plastmassa, etil-metil spirtlari, uksus (sirka kislota), glyukoza kabi moddalar olinmoqda. Masalan 1 m3 yog‘ochdan kimyoviy yo‘l bilan qayta ishlab 200 kg sellyuloza yoki 200 kg qog‘oz, 6000 m2 plyonka, 20 kg sirka kislota yoki 70 litr vino olinadi.
O‘zbekistonda o‘rmon bilan qoplangan joy maydoni 2.37 mln gektar bo‘lib uning 300000 gektarga yaqini tog‘larda joylashgan. O‘rmonlarni pala-patrish kesilishi oqibatida tuproq eroziyasi kuchaymoqda. O‘rmon hayvonlariga ozuqa zanjiri buzilib ular ham yo‘qolib ketmoqda, daryo va ko‘llarning suv rejimi o‘zgarib, suvi kamayib bormoqda. Natijada cho‘llar paydo bo‘lib ko‘chma qumlar maydoni kengaydi. Tog‘li hududlarda selga qarshi kurashda o‘rmonlarni ahamiyati katta edi. Chunki o‘rmon tog‘ yon bag‘riga yoqqan yog‘inning 90% ni ushlab qolar edi. O‘rmon yo‘q bo‘lganda yoqqan yomg‘irning 90% oqimga aylanib selni vujudga keltiradi.
Kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish va transportni o‘sishi ekologik muammolarni keltiradigan omil hisoblanadi. Kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish jarayonida turli gazlar, chiqindilarning biosferaga chiqishi natijasida turli kasalliklar kelib chiqmoqda, natijada atmosfera, suv, tuproq va o‘simliklar olami zararlanmoqda. Maslan, kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan zavodlardan ammiak, is gazi, SO2, ftor va boshqa zaharli moddalar atmosferaga chiqishi natijasida atmosfera ifloslanadi. Ayniqsa, ftor o‘ta zaharli bo‘lib inson va hayvonlar tishlarini to‘kilib ketishiga sabab bo‘ladi hamda tug‘ma kasalliklar kelib chiqadi.



Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish