Ishning maqsadi: Tabiiy resurslar tasniflari, nazorat turlari haqida ko’nikmalarga ega bo’lish.
Kerakli material va jihozlar: Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning klassifikatsiyasi, nazorat turlariга oid o’quv qo’llanmalari, jadvallar, gerbariylar, slaydlar.
Nazariy material: Suv — eng bebaho ne’mat. Usiz nafaqat farovonlikni, balki kundalik hayotimizni ham tasavvur etish mushkul. Suvning inson salomatligidagi o‘rni beqiyos. Voyaga yetgan inson tanasining asosiy qismi: qonning 83 foizi, to‘qimalarning 75, miyaning 74, suyaklarning 22 foizi suvdan iborat. Hatto ko‘zimizning asosiy qismini ham suv tashkil etadi. Inson tanasida jami qirq-ellik litr suv mavjud. Bugun atrof-muhit muhofazasi, tabiiy recurslardan oqilona foydalanish, toza ichimlik suvi ta’minoti dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan ekologik muammolardan biriga aylandi. Zero, Yer yuzining 71 foizi suv bilan qoplangan bo‘lsa-da, uning asosiy qismi sho‘r dengiz suvlari hisoblanadi: atigi 3 foizi chuchuk suv zaxirasidir. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda yuqumli kasalliklarning 80 foizdan ortig‘i aynan ichimlik suvi sifatining pastligi hamda suv ta’minotida sanitariya-gigiyena qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida kelib chiqmoqda. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bir litr oqova suv yetti litr tabiiy suvni ifloslantirar ekan. Bugungi kunda sayyoramiz aholisi, unga mos ravishda chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyoj ham shiddat bilan o‘smoqda. Ayni paytga kelib jahon aholisi 7 milliard 289 millionga yetdi. Shahar aholisining muttasil o‘sayotgani, qishloq xo‘jaligi va sanoat ehtiyoji uchun katta miqdorda suv sarflanayotgani, qolaversa global iqlim o‘zgarishlari, cho‘llanishning kuchayayotgani chuchuk suv muammosini keltirib chiqarmoqda.
Ma'lumki, suv sayyoramizning 70% ni tashkil etib, u okeanlar, dengiz, daryo, ko’l va er osti suvlaridan tashkil topgan. Sayyoramizdagi mavjud suv zahirasining o’rtacha 1 foizini ichimlik suvi, qolgan qismini dengiz va okeanlarning sho’r suvlari tashkil etadi, qaysiki, ular ichishga, o’simlik va hayvonlarni suorishga yaramaydi. Ammo, okean va dengiz suvlari ham iqlimni hosil qilishda, suvni aylanma harakatida, ulardagi barcha o’simlik va hayvonlarning yashashi uchun hamda suv transporti vositalarini yurishi uchun katta ahamiyatga ega.
Atmosfera havosining isishi tufayli Arktika va tolardagi muzliklarning 40 foizdan ortii erib ketdi, Afrikadagi Klimandjaro toi muzliklari erib tugagan, Antraktidadagi muzliklardan aysberglar hosil bo’lib, okean suvlariga erib ketmokda. Deyarli har yili Yevropaning ko’p mamlakatlarida, Rossiyaning ko’p viloyatlarida suv toshqinlari sodir bo’lmoqda. Atmosfera havosining isishi davom etaversa XXI asrda Dunyo okeani sathi 1-5 metrga ko’tariladi, quruqlikning salmoqli qismini suv bosishiga olib keladi.
O’zbekistonlik mutaxassislarning hisob-kitobiga ko’ra, atmosfera havosining isishi davom etaversa 2000-2030 yillarda Respublikadagi suv resurslari 15-25% kamayadi; atmosfera havosi isiganda suvni parlanishi kuchayib, ekinlar rivojlanish davrida ko’p marta suorishni talab qiladi. Ekinlarga suv etishmasligidan hosildorlik kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |