Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish



Download 1,13 Mb.
bet40/41
Sana08.06.2022
Hajmi1,13 Mb.
#643278
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
tabiij resurslardan oqilona fojdalanish

Ishning maqsadi: Tabiiy resurslar tasniflari, nazorat turlari haqida ko’nikmalarga ega bo’lish.
Kerakli material va jihozlar: Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning klassifikatsiyasi, nazorat turlariга oid o’quv qo’llanmalari, jadvallar, gerbariylar, slaydlar.
Nazariy material: Noyob va yo’qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e'tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tomonidan xalqaro “Qizil kitob” tashkil qilingan. Qizil kitob faqatgina xatar darakchisi bo’lmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi hamdir. O’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish faqatgina turli davlatlar o’rtasidagi hamkorlik yo’li bilangina muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi o’ziga xos o’simlik va hayvonot dunyosiga ega so’nggi yillarda insonning xo’jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy ta'sir kuchaydi. O’zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur umurtqasiz hayvon turlaridan iborat. 1983 yili O’zbekiston Qizil kitobining 1-jildi e'lon qilindi. O’zbekiston Qizil kitobiga umurtqali hayvonlarning 65 turi kiritilgan bo’lib, 22 turdagi sut emizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlardan iborat. Ustyurt qoyi, burama shoxli echki, qor barsi, buxoro buusi va boshqa hayvonlar yo’qolish arafasidadir.
O’zbekistonda mavjud 4 mingdan ortiq o’simlik turlarining 10-12 %i muhofaza talab (4148 tur). Eng qimmatli to o’rmonlarining maydoni o’nlab marta qisqarib ketgan. To’qaylar va qayir o’rmonlari ko’plab kesib tashlangan. Tabiiy yaylovlarning maydoni 6,5 mln.ga qisqargan. Shu bois 1984 yil O’zbekiston Qizil kitobining 2-jildi nashr ettirildi. Unda muhofaza qilinishi kerak bo’lgan 400 o’simliklarning 163 turi kiritilgan. Masalan, cherkez, isiriq, etmak, shovul, anzur piyoz, yovvoyi anjir, yonoq, sumbul, bodom, lola, chinnigul va boshqa o’simliklar.
Yo’qolib borayotgan noyob hayvon turlarini yana ko’payishi xavf ostidadir. Hozirda bunday hayvon turlari davlat muhofazasigsa olindi. Ayrim joylarda qimmatbaho hayvlonlar zubr, daryo qunduzi, sobol, qulon, suv kalamushi uchun qo’riqhonalar tashkil etildi. M: Orol dengizidagi Borsa kelmas qo’riqhonasida sayoq ko’paytirilmoqda. Bodhiz qo’riqhonasida qulon (yovvoyi eshak) asralmoqda. Bundan tashqari hayvonlarni muhofaza qilishda Qizil kitob va halqaro bitimlarni ahamiyati katta. Tabiiy muhitdagi bunday o’zgarishlar dunyo mamlakatlari xalqlarini birgalashib muhofaza qilishga undamoqda. Baliq ovlash va boshqa dengiz hayvonlarini ovlash boyicha 70 dan ortiq shartnomalarni tuzilganligi shular jumlasidandir.
Sayyoramizdagi o’simliklar va hayvon resurslari nihoyatda katta va rang-barang, lekin bu resurslar ulardan faqat oqilona foydalanilgan vaqtdagina hamda ularning tiklanish sharoiti ta'minlangandagina kishilar jamiyati talablarini qondira oladi.
1992 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Atrof-muhit va rivojlanish” bo‘yicha Xalqaro anjumanida “Biologik xilma-xillik to‘g‘risida Konvensiya” qabul qilingan.
Bioxilma-xillik to‘g‘risida Konvensiyaning maqsadi – sayyoramizda bioxilma-xillikni saqlash, uning tarkibiy qismlaridan va genetik resurslaridan barqaror, adolatli va teng foydalanishdir.
O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashda qonun muhofazasi ostida olingan tabiiy hududlar alohida muhim o‘rin tutadi.
2004 yil 3 dekabrda “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan. Mazkur Qonunning vazifasi - tipik, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi oldini olish, tabiiy jarayonlarni o‘rganish, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish, ekologik ma’rifat va tarbiyani takomillashtirishdan iboratdir.1998 yil 1 aprelda O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga qo‘shilgan bo‘lib bu borada hukumatimiz tomonidan Biologik xilma-xillikni saqlash Milliy strategiyasi va harakat rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, Konvensiyaning muhim tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (26.12.1997y.), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (26.12.1997y.) hamda boshqa qonunlarida o‘z aksini topgan.
Aytib o‘tish lozimki, O‘zbekistondagi flora va fauna tarkibi, ya’ni bioxilma-xilligi – 27000 o‘simlik va hayvonot turlari dunyosidan tarkib topgan. O‘zbekiston faunasi – ya’ni hayvonlar olami o‘z ichiga – 97 tur sutemizutuvchilarni, 424 tur qushlarni, 58 tur hasharotlarni, 83 tur baliqlarni oladi. O‘zbekiston florasi – o‘simliklar olami esa 4100dan ortiq o‘simliklarni o‘z ichiga oladi.Olimlar fikricha, Tabiat – bu uzun chambarchas zanjirdir, binobarin har bir o‘simlik va hayvonot turining yo‘qolishi Yer sayyorasi ekotizimini – Biosferani xavf ostiga qo‘yadi. O‘z navbatida bioxilma-xillik - Biosferadagi modda va energiya almashuvida kechayotgan biogeokimyoviy sikllarning barqarorligini ta’minlashda asosiy omil hisoblanib, Yerdagi hayotning asosidir. Tabiiy ekotizimlar xilma-xilligi o‘z navbatida o‘simlik va hayvon turlarining turli-tumanligini ta’minlaydi hamda tuproq sifatini yaxshilaydi, suv va havoni tozalaydi. Har bir tur esa tegishli ekotizimning zarur uzviy elementi hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, bioxilma-xillik – hayot mezonidir, uni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash bizning umumiy manfaatimizdir. Bu jarayonda yoshlarimizning atrof tabiiy muhit muxofazasi yo‘nalishdagi yaratuvchanlik, bunyodkorlik sifatlarini namoyon etish hamda dahldorlik hissiyotini uyg‘otish ayniqsa hozirgi kunning muhim vazifasidir.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish