Tabiiy resurslar, ulardan oqilona foydalanish va atmosfera muhofazasi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana29.01.2022
Hajmi0,88 Mb.
#416200
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 mavzu eko

Hayvonlar
biomassasi tirik mavjudotlar biomassasining 2 foizini tashkil
qilishga qaramasdan ular biosferadagi modda almashinuvi, boshqa turli jarayonlarda
muhim rol o‘ynaydi. Biosferadagi hayvon turlarining aniqlangan soni 1,5 mln.dan
oshadi. Sodda hayvonlar tuproq hosil bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi. Hayvonlar
o‘simliklar hayotiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Hayvonlar konsument (geterotrof)
organizm sifatida biosferada moddalarning aylanma harakatida o‘zining ekologik
ahamiyatiga ega. Inson uchun hayvonlar oziq mahsuli, xom ashyo manbai, uy
hayvonlari zotlarini yaxshilash va estetik zavq manbaidir.
Hayvonlarning 1 mln.dan ortiq turi xashoratlarga to‘g‘ri keladi.
Xashoratlar o‘simliklarni changlaydi, qushlar, boshqa umurtqali hayvonlar
uchun ozuqa manbaidir. Yer yuzidagi hayvonlar biomassasining 95 foizdan ortig‘i
umurtqasizlarga to‘g‘ri keladi. Umurtqali hayvonlar ichida sutemizuvchilar, qushlar,
baliqlar, sudralib yuruvchilar eng katta ahamiyatga egadir.Dunyo okeanida
hayvonlar biomassasi o‘simliklar biomassasidan kattadir.
Yer yuzida inson uchun zararli bo‘lgan yirtqichlar, turli kasallik tarqatuvchi
hayvonlar, ekinlarning zararkunandalari ham mavjuddir. Insonning bevosita ta’siri
natijasida oxirgi ikki yuz yil ichida 300 dan ortiq sutemizuvchilar va qushlar turlari
yo‘q qilingan. O‘rmonlarning kesilishi, yerlarning o‘zlashtirilishi, hayot muhitining
ifloslanishi orqali inson katta miqyosda hayvonot dunyosida bilvosita ta’sir
ko‘rsatadi. Yer yuzidagi hamma biologik turlar kerakli va ular o‘ziga xos ekologik
makonni egallaydilar.
Ekosistemalarda organizmlar qanchalik xilma-xil bo‘lsa, uning tashqi ta’sirga
chidamliligi ham shunchalik kuchli bo‘ladi. SHuning uchun biosferadagi mavjud
xilma-xillikni saqlab qolish tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan
hisoblanadi. Genetik xilma-xillik, turlar xilma-xilligi, ekosistemalar xilma-xilligi
ajratiladi. Biosferadagi muvozanatni saqlab qolishda o‘simlik va hayvonlarni
muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu maqsadga
erishish uchun turli tadbirlar o‘tkaziladi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish