Tabiiy resurslar tasnifi. Reja


Tabiiy resurslardan foydalanishda kutiladigan muammolar va ularning yechimlari



Download 39,47 Kb.
bet6/7
Sana24.06.2022
Hajmi39,47 Kb.
#700102
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu tabiiy resurslar tasnifi. Reja

Tabiiy resurslardan foydalanishda kutiladigan muammolar va ularning yechimlari. Inson tabiiy resurslardan foydalanishda ko’plab iqtisodiy foyda olishni ko’zda tutadi. Lekin, u ko’pincha, tabiiy sharoitning o’zgarishi kishilarning jismoniy, psixik holatiga ta’sir etishini hisobga olmaydi. Inson tabiatning har bir bo’lagi, har bir komponenti (suv, havo, tuproq, o’simlik, hayvon va minerallar) bir-biri bilan shu kadar chambarchas bog’langanki, uning biron qismiga noto’g’ri ta’sir etish oqibatida ma’lum vaqt o’tishi bilan tabiatning boshqa komponentlarining holatini o’zgartirib yuborishini bilmaydi. Masalan: inson faoliyati natijasida atmosferada karbonat angidrid miqdorining ortishi planeta haroratining ortishiga sabab bo’ladi. Bu hol esa muzliklarning erishiga, iqlimning o’zgarishiga, suv sathi va miqdorining ortishiga, quruqliklarnin kamayishiga olib kelishi mumkin.
Jamiyat taraqqiyoti darajasini belgilovchi asosiy omil moddiy boyliklardir. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish esa o’z navbatida tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq. Bunda ishlab chiqarish kuchlari va fanning rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, inson qo’lida tabiat kuchlaridan moddiy ne’mat ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati shunchalik katta bo’ladi.
Turli davlatlarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishida quyidagilar asosiy rol o’ynagan: 

  1. kishilarning onglilik darajasi;

  2. fan;

  3. texnika;

  4. tabiiy resurslardan foydalanish va boshqalar.

Insonning iqtisodiy va madaniy talablarini qondirish borasida hozirgi zamon texnikasining taraqqiyoti endilikda jamiyatning tabiatga ta’sirini nihoyatda kuchaytirib yubordi. Fan va texnika taraqqiyoti natijasida inson faqat yer sirtinigina o’zgartirib qolmasdan, uning chuqur qatlamlaridagi va okean tublari, baland tog’ bag’irlarini o’rganib, ulardagi resurslardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanmoqda. Inson yerning chuqurroq qatlamlaridan foydali qazilma boyliklarni olish uchun bir qancha muhim muammolarni hal qilishi zarur. CHunonchi:

  1. takomillashgan mashinalrga ega bo’lishi; 

  2. bunday mashinalar yaratish uchun ko’p miqdorda yuqori sifatli va mustahkam toza metallga ega bo’lishi; 

  3. bu mashinalar yordamida tabiatga ta’sir etish chegarasini biladigan, uni boshqara oladigan yuqori malakali, madaniyatli mutaxasislar bo’lishi va boshqalar. 

Dengiz, okean tubidagi resurslardan foydalanishda esa bundan ham murakkabroq muammolarni hal qilish zarur. Bunda insonga yuqori va past bosim ostida va kam kislorodli muhitga ishlashga to’g’ri keladi. Olingan xoa ashyolarni joylarga tashish va qayta ishlash uchun ancha ishchi kuchi kerak bo’ladi.
Inson kosmosni o’zlashtirdi. Bu holda esa inson tabiat qonunlarini yanada chuqurroq o’rganib u bilan hisoblashishi zarur bo’ladi. SHu sababdan progressiv olimlar tabiat va inson o’rtasidagi munosabatlarni sinchkovlik bilan o’rganib kelmoqdalar. Tabiat boyliklaridan unumli, planli ravishda tejab-tergab foydalanish lozimligini isbotlamoqdalar. Aks holda inson tabiatdan hech qanday ehson kutmasligi ibotlanilmoqda.
Tabiiy resurslardan foydalanish fan-texnika yutuqlarini hisobga olgan holda reja asosida olib borilmog’i zarur. Fan va texnika taraqqiyoti, tabiat boyliklaridan xalq manfaatlari yo’lida, samarali foydalanishga, energiyaning yangi turlarini ochishga va yangi materiallar yaratishga, iqlim sharoitlariga ta’sir ko’rsatish metodlarini ishlab chiqishga, kosmik fazoni zabt etishga imkon beradi.
Tabiiy resurslardan foydalanishda quyidagilarga qat’iy amal qilish lozim:
1) foydalanish lozim bo’lgan mavjud tabiiy resurslarning miqdori va sifatini aniqlash;
2) ishlab chiqarishning xom ashyo bazasini reja asosida kengaytirish;
3) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va tiklashda fan va texnika yutuqlariga tayangan holda ish tutish;
4) tabiiy resurslardan foydalanishda texnikani takomillashtirishga va aholining dunyoqarashini shakllantirishga alohida e’tibor berish.
Mamlakatimizda moddiy-texnika bazasini vujudga keltirishda quyidagi omillarning ahamiyati katta:
1) mamlakatning energetika va yoqilg’i balansini o’rganish yo’llarini axtarib topish;
2) ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish, ularni tobora to’laroq avtomatlashtirish masalalarini ishlab chiqish:
3) himiyani xalq xo’jaligiga keng ko’lamda tatbiq etish yo’llarini ilmiy ravishda ishlab chiqish;
4) foydali qazilma boyliklarini qidirish va tabiat boyliklaridan kompleks foydalanishning mavjud metodlarini takomillashtirish va yangi, eng samarali metodlarini topish;
5) tabiat boyliklarini o’rnini bosuvchi yangi metallar yaratish; 
6) tabiat boyliklaridan foydalanishni koordinatsiyalab, yopiq holda avtomatlashtirish.
Ibtidoiy odamlar tabiiy resurslardan foydalanish davomida ularning kamayishi hodisasini sezib, o`z hayotlarini davom ettira olishlari uchun bu resurslarni muhofaza qilish kerak ekanligini tushunib yetganlar. Ammo bu faqatgina masalaning iqtisodiy tomonini hisobga olgan holda muhofaza qilish edi. Jamiyat rivojining keyingi davrlarda inson tafakkurining o`sishi bilan tabiat muhofazasining boshqa aspektlari ham kelib chiqaboshladi.
Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilishning aspektlari quyidagilardan iborat:
1) iqtisodiy aspekt – uzoq o`tmishda kelib chiqqan bo`lib, hozirgi zamon va kelajak uchun ham muhimdir. Inson o`z iqtisodiy holatini yaxshilash uchun tabiiy resurslarni o`zlashtiradi. Ma'lumotlarga ko`ra qazilma boyliklardan foydalanish 1940 y. aholi jon boshiga dunyo bo`yicha o`rtacha 7,4 t.ni tashkil qilgan bo`lsa, 2000 yilga kelib bu miqdor 35-40 t.ga yetdi. Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 1000 mlrd.t. yoqilg`i va qurilish materiallari qazib olinadi, 800 mln.t. metall eritiladi. 1984 yil ma'lumotiga ko`ra Yer yuzida 2,5 mlrd t. neft va 20 mlrd. t. ko`mir yoqilgan, 2 mlrd m3 yog`och ishlatilgan, 50 mln. t. baliq, qisqichbaqa va mollyuskalar ovlangan.
Xulosa qilib aytganda biz tabiiy resurslardan qanchalik ko`p foydalansak, shunchalik iqtisodimiz ko`tariladi, ammo bunda ularning tugab qolishi mumkinligini hisobga olib, ularni iqtisod zaruriyati uchun ham muhofaza qilish zarur.
2)gigiyena – sog`lomlashtirish aspekti – atrof muhit ifloslanishining kishilar sog`ligiga ta'sir ko`rsatishi munosabati bilan yaqin o`tmishda kelib chiqdi. Iqtisodni ko`tarish uchun tabiatga o`tkaziladigan ta'sir, agar u puxta o`ylab qilinmasa, teskari natijalar berishi mumkin. Masalan, 1959 y. AQSH ning Michigan shtatida yapon qo`ng`izlariga qarshi dalalarga sepilgan zaharli ximikatlardan tuproq jiddiy zaharlanib, uning hosildorligi pasayib ketdi, bundan hayvonot olami ham jiddiy zarar ko`rdi. Sobik Ittifoq davrida bunday hodisalar O`zbekistonda ham sodir bo`lib turar edi. Buning saboqlari hozirgacha sezilib kelmoqda.
Yashayotgan muhitimiz sofligini saqlash salomatligimiz garovidir, shunga ko`ra sog`lomlashtirish aspektining muhimligi doimo saqlanib qoladi.
3)tarbiyaviy aspekt – insonda mehr-shavqat, oliyjanoblik hislarini tarbiyalashda tabiat keng o`rin egallaydi. Tabiatni dildan sevadigan kishilar odatda ko`ngilchan, xushfe'l, noziq didli, Vataniga, xalqiga va do`stlariga sodiq, vatanparvar kishilar bo`ladi. Shuning uchun ham bola bog`cha yoshidanoq tabiatni sevish ruhida tarbiyalanadi.
4)estetik aspekt – tarbiyaviy aspekt bilan chambarchas bog`liq bo`lib, u ham insoning shakllanishida muhim rol o`ynaydi. Agar inson tabiatdan estetik zavq olmaganida edi, xalq orasidan yozuvchi va shoirlar, qo`shiqchi va kompozitorlar yetishib chiqmagan bo`lar edi. Betxoven va Rimskiy-Korsakov musiqa yaratishda qushlarning sayrashidan foydalanganlar. O`zbekiston yozuvchilar jamiyati qarorgohining so`lim tabiatli Do`rmonda joylashishi ham shundan.
Estetik aspekt qadimda kechikkan bo`lib, qadimgi odamlar toshlarga turli hayvonlar sur'atini chizib qoldirganlar. Buni Navoiy shaxri yaqinida joylashgan Sarmish hududidagi tog` toshlarida ham ko`rish mumkin.
5)ilmiy idrok qilish aspekti – xalq xo`jaligining barcha sohalari uchun, ayniqsa texnika taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Kishilar o`zlarining barcha yaratuvchanlik ishlarida tabiatdan andaza olganlar. Eramizdan avvalgi 460-370 yillarda yashab o`tgan grek faylasufi Demokrit bu to`g`rida shunday deb yozgan edi: «Biz muhim ishlarni bajarishni hayvonlardan o`rgandik, aniqrok qilib aytganda, biz to`qish va bichish-tikish kasbini o`rgimchakdan, uy qurishni qaldirg`ochdan, qo`shiq aytishni sayroqi qushlardan, oqqush va bulbuldan o`rgandik».
Hayvonlar, shu jumladan qushlar, asalarilar va hatto sahro chumolilari ham bir yerdan boshqa yerga ko`chganlarida ketib-kelish yo`nalishlarini osmondagi fazoviy jismlarga qarab belgilaydilar. Inson samolyotni yaratishda ninachining uchish printsipiga, ultratovushni tutuvchi lokatorlarni yaratishda esa ko`rshapalakning sezgi organlari ish printsipidan foydalangan. 


Download 39,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish