Aerofoto- va kosmik tasvirlarni raqamli ko‘rinishga o‘tkazish uchun foydalaniladigan skanerlar juda qimmat turadi. Bunday skanerlarga nihoyatda katta talablar qo‘yiladi: ruxsat etilgan tiniqligi 10 mkm gacha, aniqlik darajasi 2-3 mkm (0,02-0.03mm), skanirlash formati – 24x24 sm. Bu ishlarni bajarishda ayrim skanerlarning gorizontal va vertikal ko‘rish tiniqligi turli ekanligini ham e’tiborga olish kerak. Shu sababli keng tarqalgan Hewlet Packard skanerlaridan foydalanilsa yetarli darajada ishonchli ma’lumotlarni olish mumkin. Arzon skanerlardan Nustek firmasi ishlab chiqaradigan skanerni misol tariqasida keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |