Fotogrammetrik tizim tarkibiga kiruvchi alohida jarayonlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalamiz. Bularga: 1. Joyni aero- va kosmik suratga olish. 2. Tayanch nuqtalarni planli va balandlikli bog‘lash bo‘yicha olibboriladigan geodezik ishlar. 3. Ma’lumotlarga fotogrammetrik ishlov berish jarayonlari kiradi. 1. Yer yuzasining aero- va kosmik fotosuratlari aerofotoapparatlar yordamida olinadi, so‘ngra negativlardan kontaktli yoki proyeksion usullar bilan qog‘oz yoki deformatsiyalanmaydigan plyonkalarda diapozitivli fotonushalar tayyorlanadi. Keyingi yillarda suratga olishda raqamli aerofotokameralardan foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |