1.4. Gaz sanoati korxonalaridan ajralib chiqadigan nordon gazlardan kislotalar olish.
Hozirgi zamon fanlari va xususan kimyo fani jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanganligiga e’tiroz bildiradigan odam topilmasa kerak, biroq texnologiya borligi uchungina kimyo ishlab chikaruvchi kuchga aylanganligi hamma ham anglab yetmaydi. Agar unga tegishli texnologiya, ya’ni xom ashyo bo’lgan iqtisodiy va sotsial talablarni shuningdek, xom ashyo, energetika, kontruksion materiallar va hokazolarning cheklanganligini hisobga olgan holda xom ashyoni ko’p miqdorda ko’zlangan maxsulotga yalpi kimyoviy qayta ishlash usuli ishlab chiqilmagan bo’lsa, eng katta kashfiyot ham amalda ishlatilmay qolishi mumkin. Kimyoviy texnologiya jarayonlarga juda ko’p olimlar tomonidan ta’riflar berilgan. Texnologiya tarjima qilinganda hunar (kasb) haqidagi fan degan ma’noni anglatadi. Ko’p ta’riflar orasida D.I.Mendeleyev tomonidan berilgan ta’rif, hozirgi zamonga juda mos keladi: «texnologiya bu tabiatdagi maxsulotlarni inson hayotida kerak bo’ladigan (zaruriy yoki foydali xamda kulay) mahsulotlarga, aylantirib berishning eng qulay (ya’ni inson mexnati va tabiiy energiya turlarini kamaytiradigan) usuli haqidagi ta’limotdir.
Texnologiyaning vazifasi qo’llaniladigan usullardan eng qulayini (berilgan sharoit va joyga qarab) tanlab olishdan va istalgan xossadagi hamda formadagi eng arzon mahsulotni yetkazib berishdan iborat bo’lib qoladi.
Bu ta’rif hozirgi zamon tushunchasiga juda mos keladi. Hozirda kimyoviy texnologiyani bilim va amaliy ishda eng muhim soha deb karaladi. U o’z ichiga xom ashyoni kimyoviy qayta ishlashni boshkarishfoydalanilganda oltingugurt IV-oksid va sulfat kislota bug’lari bo’lgan gaz qoldiqlari bir muncha xavflidir. S02 SO3 ga aylantirishda har kuni atmosferaga 13-15 t oltingugurt oksidi chiqariladi. Axoli yashaydigan joylarda atmosfera havosiga zararli moddalarni chiqarishni kamaytirish maksadida uzunligi 180-250 m balandlikdagi trubalar qurildi. Biroq bu tadbir chiqindi miqdorini kamaytirmayapti, aksincha zararli maydon kengligi ortmoqda.
Ko’p tarqalgan gaz holidagi ifloslantiruvchi moddalarni kimyoviy usullar bilan tozalashni ko’rib chiqamiz. Oltingugurt (IV)-osidni tutib qolish uchun 60 dan ortiq turli xil usullar taklif etilgan, uni adsorbilash va kimyoviy ta’sirlashuviga asoslangan. Biroq ularning hammasi ham bir vaqtda samara bermaydi va iktisodiy jihatdan qulay emas. Eng ko’p tarqalgan usullardan biri oltingugurt IV-oksidni ohak, sulfit eritmasi-ammoniy gidrosulfit natriy alyuminatning ishqoriy eritmasi orqali yutilishiga asoslangan [19].
Katalitik usulda oltingugurt (IV)-oksidni vannadiy (V)-oksidi orqali oksidlash ham ko’prok ishlatiladigan usullardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |