Qora oʻra yoki qora tuynuk — gravitatsiya (tortishish) kuchi taʼsirida jismning oʻz markazi tomon juda katta tezlikda siqilib borishi (gravitatsion kollaps jarayoni) natijasida vujudga keladigan koinotdagi obʼyekt. Kuchli tashqi gra-vitatsion maydonga ega. A. Eynshteyn nazariyasi boʻyicha "Qora tuynuk"ning yaqin atrofidagi jismlar doimo yopiq boʻlmagan egri chiziqli orbita boʻylab, I.Nyuton mexanikasiga muvofiq, uzokdagi jismlar esa konus kesimlarining biri boʻylab harakat qiladi. "Q.oʻ.", asosan, katta massali yulduzlar evolyutsiyasining eng oxirgi bos-qichida vujudga keladi va uning mavjudligi bevosita kuzatilmaydi. Biroq "Q.oʻ." lar zich qoʻshaloq yulduzlarning koʻrinmas komponentlari ham boʻlishi mumkin. U holda ikkinchi yulduzdan "Q.oʻ."ga relyativistik (yorugʻlik teeti-giga yaqin) tezlikda tinimsiz oʻtayotgan gaz oqimi oʻzidan rentgen nurlarini tarqatadi. Qoʻshaloq yulduz hisoblangan Oq Qush X—I obʼyekti shunday "Q.oʻ."lardan biridir.
Planetalar
Qadim zamonlardayoq, odamlar osmondagi qo’zgalmas yulduzlar orasida harakatlanuvchi obyektlarni payqab qolishgan. Keyinchalik ularni “adashgan yulduzlar” ma’nosini beruvchi “sayyoralar”, deb atasha boshlashgan. О‘sha davrlarda har bir sayyorani ma’budlardan biriga о‘xshatish rasm bо‘lgan. Masalan, Qonsimon qizil Marsni bobilliklar о‘lim ma’budi Nergal nomi bilan, yunonlar va rimliklar esa, tegishlicha, urush ma’budi Ares va Mars nomi bilan atashgan. Shunday qilib, bir necha ming yilliklar davomida odamlar beshta sayyoranigina bilishgan, xolos. Mana osmon gumbazida Yerdan uzoqligi tartibida joylashgan sayyoralar: Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturin. Keyinchalik olamning geliomarkaziy tizimi qaror topganidan keyin Yer ham sayyoralar safiga kiritildi. Binobarin, sayyoralar soni oltitani tashkil etdi. 1781 yilda ingliz astronomii Vilyam Gershel yettinchi – Uran sayyorasini kashf etdi. 1846 yilda Neptun kashf etilgach sayyoralar soni sakkizga etdi. Uzoq izlanishlardan sо‘ng 1930 yilda Pluton kashf qilindi va chorakam bir asr davomida – 2006 yilga qadar Quyosh sistemasida rasman 9 ta sayyora qaror topdi.
О‘tgan asrning 90-yillarida Koyper mintaqasi obyektlari yoki “transneptun obyektlar” (ya’ni Neptun orbitasidan tashqarida joylashgan) nomini olgan yangi obyektlar ochila boshladi. 2003 yilda boshqa obyektlar qatori 2003 UB313 kod nomini olgan Koyper belbog’i obyekti kashf etildi. Dastlab u norasmiy ravishda Zena deb atalgan, 2006 yilda esa, muqim Erida nomiga ega bо‘ldi. Xabbl kosmik teleskopida о‘tkazilgan mufassal tadqiqotlar Erida о‘lchami Plutondan bir muncha katta ekanini kо‘rsatdi. Buning natijasi о‘laroq, 2006 yilda Xalqaro astronomiya uyushmasi XXII Bosh assabliyasining maxsus qarori bilan Pluton darajasi pasaytirilib, sayyora maqomidan mitt sayyora maqomiga o‘tkazildi. Endi o’zining chorakam bir asrlik tarixi (1930 yildan 2006 yilgacha)da sayyoralar rо‘yxatida turgan Pluton о‘zining qonuniy о‘rniga ega bо‘ldi va endi u sayyora deb emas, balki mitti sayyora, aniqrog’i Koyper mintaqasi obyektiga aylandi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda Quyosh sistemasida sayyoralar 9 ta emas, balki 8 tadan iborat.
Yer
Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Biroq, hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Yerni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Yerdagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi (qarang Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar).
Hozirgi zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Yer Quyosh atrofidagi fazoda gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 milliard-yil muqaddam paydo boʻlgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Yerning ichki qismi asta-sekin qizib, Yer moddasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Yerning konsentrik joylashgan turli qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Yer ichki qismining tuzilishi, seysmik toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Yer ichki qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida Yer ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi.
Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |