M: 7-mavzu. O`simliklarni ekish va parvarishlash.
Guruhlarga bo`lib, har bir guruh har hafta o`zi ekkan o`simliklardagi o`zgarishlar haqida hisobot beradi.
Refleksiya-ortga qaytish, aks ettirish.
Darsning oxirgi bosqichida refleksiyaning qo`llanilishi, o`quvchilarning o`zlarida bor bo`lgan yutuq va kamchiliklarini anglab yetishiga yordam beradi.
Men nimani yaxshi bajara olaman?
Qaysi sohada eng muvaffaqiyatli ekanimni bilsam bo`ladi?
Men nimaga ko`proq e`tibor qaratishim kerak?
Faoliyatimni yaxshilash uchun nima qilishim kerak?
Sehrli olma daraxt.
Daraxtga siz darsda o`rgangan bilimlaringiz va ishtirokingiz haqida olmani joylashingiz.
Yashil olma- menga dars yoqdi.
Sariq olma- dars qiziqarli o`tdi. Men unda qatnshdim.
Qizil olma-darsda o`rgangan mavzuga tushunmadim.
Bolalar darsdagi ob-havoni aniqlaydilar.
Quyoshli-mavzu tushunarli
Bukut-yana biroz o`rganishim kerak
Yog`in-mavzuga tushunmadim
O`z faoliyatiga baho berish.
- Faoliyatimdan mamnunman.
- Yana ko`proq harakat qilishim kerak.
- Darsda qiynaldim
Muvaffaqiyat zinapoyasida o`quvchilar zinapoyalarga yulduzchalarni joylashtiradi.
Boshlang`ich.
Psixologik nuqtai nazardan, boshlang`ich maktab yoshi- bu ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning sezgir davri. Boshlang`ich maktab yoshidagi bolalar nihoyatda qiziquvchan ilar atrofidagi dunyoni bilishni juda xohlashadi. Kattalar qiziqishni rag`batlantirish, bolalarga bilim berish ularni turli tadbirlarga jalb qilish orqali bolalar tajribasini kengaytirishga hissa qo`shadilar. Tajriba va bilimlarni to`plash kelajakdagi ijodiy faoliyat uchun zaruriy shartdir. Ijodiy faoliyat natijasi insonning avvalgi tajribasida bo`lgan taasurotlar yoki harakatlarni takrorlash emas balki yangi obrazlar va harakatlarni yaratishdir. Ushbu faoliyat markazida ijodkorlik yotadi.
Ijodiy faoliyat- bu insonning turli xil ijodiy faoliyatini bajarish muvaffaqiyatini belgilaydigan fazilatlarning individual xususiyatlari.
Ijodkorlik qobiliyati.
Muammoni boshqalar ko`rmaydigan joyda ko`rish qobiliyati.
O`rgangan tajribalarini boshqa tajribalarda qo`llay olish.
Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ijodiy qobiliyatini shakllantirishga, ilmiy izlanishlarga yo`llaydigan, bilishga oid ilmiy faoliyatni tashkil etish shakl va metodlaridan foydalanish o`z samarasini berdi. Bu borada ijodiy faoliyatni rivojlantirish darslariga dialog-darslar munozara, bahs, suhbat, fantaziya izlanish darslari muammolarni qo`yish va ularni yechish darslari, ishtirokchilik darslari, modellashtirish badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish kichik kashfiyotlar yaratish, insholar yozish, solnomalar tuzish, ishbop o`yinlarni innovatsion metodlardan foydalanish kabilar eng samarali bo`ladi.
Ma`lumki, boshlang`ich sinf o`quvchisi kattalar hatti-harakatini taqlid qilishga qiziqadi. Bunda ta`lim jarayonida qo`llanilayotgan ishbop o`yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalarga mo`ljallangan o`yinlarni takrorlash, mustahkamlash, o`tilganlarni qay darajada o`rganganligini diktantlar, musobaqalar, krossvordlar, sirtqi, sayohatlar, rolli o`yinlar, dramatik sahnalar tarzida aniqlash maqsadida o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |