Tabiiy fanlari fakulteti



Download 0,86 Mb.
bet7/13
Sana23.12.2022
Hajmi0,86 Mb.
#894959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Kalsiy uning xossalari, birikmalari suvning qattiqligi va ularning xossalari

Ohak suti —sutga o‘xshash loyqa (suspenziya). U mol miqdordagi so‘ndirilgan ohak suvga aralashtirilganda hosil bo‘ladi. Ohak suti xlorli ohak tayyorlashda, qand ishlab chiqarishda, o‘simliklarning kasalliklariga qarshi ishlatiladigan aralashmalar tayyorlashda, daraxtlarning tanasini oqlashda ishlatiladi.
Ohakli suv —kalsiy gidroksidning ohak sutini filtrlashda olinadigan tiniq eritmasidir. U laboratoriyada uglerod (IV) oksidni aniqlashda ishlatiladi:
Uglerod (IV) oksid uzoq vaqt davomida filtrdan o‘tkazilganda eritma tiniq bo‘lib qoladi:
CaCO3+CO2+H2O →Ca(HCO3)2
Agar olingan kalsiy gidrokarbonatning tiniq eritmasi qizdirilsa, yana qaytadan loyqalanish sodir bo‘ladi:

Bu kabi jarayonlar tabiatda ham sodir bo‘lib turadi. Agar suv tarkibida erigan uglerod (IV) oksid bo‘lsa, u ohaktoshga ta’sir qiladi va kalsiy karbonatning ma’lum bir qismi suvda eriydigan kalsiy gidrokarbonatga aylanadi. Yer yuzasida eritma qiziydi va undan yana kalsiy karbonat cho‘kmasi tushadi. Xlorli ohak katta amaliy ahamiyatga ega. U so‘ndirilgan ohakning xlor bilan reaksiyasida hosil bo‘ladi:
2Ca(OH)2 +2Cl2 →Ca(ClO)2 +CaCl2 +2H2O
kalsiy
gipoxlorit
Xlorli ohakning ta’sir etuvchi tarkibiy qismi kalsiy gipoxloritdir.Gipoxloritlar gidrolizga uchraydi. Bunda gipoxlorit kislota ajralib chiqadi. Gipoxlorit kislotani uning tuzidan, hatto karbonat kislota ham siqib chiqaradi:
Ca(ClO)2 +H2O+CO2 → CaCO3↓ +2HClO
Gipoxlorit kislota mustahkam emas, u oson parchalanadi:
2HClO → 2HCl+O2
Xlorli ohakning bu xossasidan ohorlash, dezinfeksiyalash va degazatsiyalashda foydalaniladi.
Gips.  Gipsning tabiiy –CaSO4 ·2H2O, kuydirilgan –(CaSO4)2. ·H2O, suvsiz gips – CaSO4 xillari bo‘ladi.
Kuydirilgan (yarim suvli) gips yoki alebastr (CaSO4)2 ·H2O tabiiy gipsni 150 –180°C da qizdirish yo‘li bilan olinadi:
2 [CaSO4 · 2H2O] → (CaSO4)2 · H2O+3H2O ↑ 
tabiiy gips kuydirilgan gips Alebastr kukuni suv bilan aralashtirilsa, yarim suyuq plastik massa hosil bo‘ladi va u tez qotadi. Qotish jarayoni suv biriktirilishi natijasida sodir bo‘ladi:
(CaSO4)2 ·H2O+3H2O → 2 [CaSO4 · 2H2O]
Kuydirilgan gipsning qotish xossasidan amalda foydalaniladi.Chunonchi, alebastr bilan qum va suv aralashmasi suvoqchilikda ishlatiladi. Тoza alebastrdan bezak buyumlari, tibbiyotda esa gipsli bog‘lamlar quyishda foydalaniladi. Agar tabiiy gips CaSO4·2H2O ancha yuqori temperaturagacha qizdirilsa, bunday holda suvning hammasi yo‘qoladi:

Hosil bo‘lgan suvsiz gips CaSO4  endi suv biriktirish xossasiga ega bo‘lmaydi va shuning uchun uni „o‘lik gips“ deb ataladi.
Magniy. Тabiatda ko‘p miqdorda magniy karbonat holida uchraydi; magniy karbonat magnezit MgCO3  va dolomit MgCO3·CaCO3 minerallarini hosil qiladi. Magniy sulfat bilan magniy xlorid kaliyli minerallar—kainit KCl·MgSO4·3H2O va karnallit KCl·MgCl2·6H2O tarkibiga kiradi, shuningdek, ular dengiz suvida ham bo‘ladi, dengiz suvining taxir bo‘lishiga sabab ham ana shu. Yer po‘stlog‘ida magniyning umumiy miqdori massa jihatidan 2,35% ni tashkil etadi. Magniy kumushdek oq, zichligi 1,74 g/sm3 bo‘lgan, juda yengil metalldir. Magniy havoda kam o‘zgaradi, chunki magniy sirti yupqa oksid parda bilan tez qoplanib qoladi, bu oksid parda magniyni yanada oksidlanishdan saqlaydi. Magniy hozirgi vaqtda, suyuqlantirilgan magniy xloridni yoki, ko‘pincha, suyuqlantirilgan karnallitni elektroliz qilish yo‘li bilan olinadi. Magniy metallarning kuchlanishlar qatorida, garchi vodoroddan ancha oldin tursa ham, lekin yuqorida aytib o‘tilganidek, suvni tarkibiy qismlarga juda sekin ajratadi, chunki suvda qiyin eriydigan magniy gidroksid hosil bo‘ladi. Magniy kislotalarda oson erib, ulardan vodorodni ajratib chiqaradi. Ishqorlar magniyga ta’sir etmaydi. Magniy qizdirilganda olov olib yonadi va magniy oksid hamda oz miqdorda magniy nitrid Mg3N2 hosil qiladi. Yonayotgan magniy shu’lasi nihoyatda ravshan bo‘ladi, magniyning shu’lasida ultrabinafsha nurlar ko‘p. 
Shuning uchun, ba’zan, fotografik rasmlar olishda yoritish maqsadida magniydan foydalaniladi. Magniy pirotexnikada ham ishlatiladi. Metall holidagi magniy ishlatiladigan asosiy soha magniy asosida yengil har xil qotishmalar tayyorlaydigan sohadir. Magniyga oz miqdorda boshqa metallar qo‘shilishi natijasida, uning mexanik xossalari juda o‘zgarib ketadi, qotishma ancha qattiq, mustahkam va korroziyabardosh bo‘lib qoladi. Elektrod deb ataladigan qotishma (bu qotishma 90% magniydan iborat bo‘lib, qolganlari aluminiy, rux va marganesdir) ayniqsa, qimmatli xossalarga ega; bu qotishmaning zichligi kichik (1,8 g/sm3) va ancha mustahkam bo‘lganidan, samolyotsozlikda keng ko‘lamda ishlatiladi.
Magniy oksid MgO, odatda, tabiiy magnezit MgCO3 ni qattiq qizdirish bilan qiyin suyuqlanuvchan po‘rsildoq oq kukun holida olinadi; bu kukun kuydirilgan magneziya nomi bilan ma’lumdir. Magniy oksidning suyuqlanish temperaturasi yuqori bo‘lganligidan u o‘tga chidamli tigel, quvur va g‘ishtlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Magniy gidroksid Mg(OH)2 magniyning suvda eriydigan tuzlariga ishqorlar ta’sir ettirilganda, oq cho‘kma holida hosil bo‘ladi. Magniy gidroksidning Be(OH)2 dan farqi shuki, Mg(OH)2 faqat asoslik xossalarga ega bo‘lib, o‘rtacha kuchdagi asosdir. Magniy gidroksid suvda ozroq erib, suvga ishqoriy reaksiya beradi. Magniy tuzlarining eng ko‘p ishlatiladiganlari quyidagilardir:

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish