«Geografik krossvordlar va skanvordlar yechish» o'yini.
Bu o'yindan barcha fanlar bo'yicha o'tiladigan darslarda, jumladan,
geografiya darslarida ham samarali foydalanish mumkin. Bu o'yin odatda
darslikdagi yirik bo'limlar mavzulari o'rgatib bo'lingach takrorlash darslarida
bo'lim mavzulari materiallari bo'yicha tuzilgan krossvordlar asosida o'tkaziladi.
Shuningdek, bu o'yinni ayrim mavzularni o'rgatib bo'lgach, shu mavzudagi
ma‘lumotlar asosida krossvord tuzib o'quvchilar bilimlarini sinash va
mustahkamlash maqsadida ham o'tkazish mumkin. Masalan, tog'lar, daryolar,
ko'llar, dengizlar, davlatlar krossvordlari kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |