savollar Qizil kitob bo'yicha beriladi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning va
24
o'simliklarning nomi, sinfi, turkumi, oilasi to'g'risida savollar beriladi. Shu tariqa
o'yin davom etadi. Kim ko'p savolga javob bersa o'sha o'quvchi g'olib bo'ladi.
«Har to'siq - bitta savol» o'yini. Dastlab o'qituvchi sinf o'quvchilarini
qatorlarga qarab 3 ta guruhga bo'lib oladi. Ularga kema qoidalari birinchi darsda
aytiladi.
Kema qoidalari:
1. Matros o'quvchi – ozoda kiyingan, kemani toza tutgan holda bo'lishi lozim.
2. Matros o'ziga zarur qurollarga ega bo'lgan bo'lishi kerak (daftar, kitoblar,
ruchka, atlas, qalam va boshqalar).
Kema shiori: «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun», «Kemaga
tushganni joni bir».
Dastlab o'quvchilar o'tilgan mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob berish
asosida o'z kemalarini barpo qilishadi. Buning uchun o'qituvchi o'quvchilarga
o'tilgan mavzu yuzasidan savol beradi. Savolning javobi kemani barpo qiladi.
1-savol: Dunyoda maydoni bo'yicha eng katta mamlakat qaysi va u qaysi
materikda joylashgan?
Javob: Rossiya, u Yevroosiyoda joylashgan.
Demak, birinchi guruh kemasi barpo bo'ldi.
2-savol: 2-3 qatorlarga beriladi va ularning ham kemalari barpo qilinadi.
O'quvchilar savollarga javob bera olmasa, savol yengillashtirilgan holda
bayon etiladi. Uchchala guruhning kemalari barpo qilingandan so'ng o'qituvchi
kema bayroqlarini tanlashga o'tadi.
Savol: Osiyodagi ikki kara yopiq hudud qaysi?
Javob: O'zbekiston.
Demak, guruh O'zbekiston bayrog'i ostida suzadi.
2-guruh savoli: O'zbekistonga chegaradosh maydoni eng katta mamlakat
qaysi?
Javob: Qozog'iston.
Demak, 2-guruh Qozog'iston bayrog'i ostida suzadi.
25
3-guruh savoli: Osiyodagi quduqlar mamlakati qaysi?
Javob: Turkmaniston.
Demak, 3-guruh kemasi Turkmaniston bayrog'i ostida suzadi.
Endi o'quvchilar kemalarning nomlarini topishga o'tadilar. Kemalarni
nomlashda ham o'iltgan mavzu bo'yicha yondashadi. O'tilgan mavzular tog'lar,
daryolar, ko'llar bo'lishi mumkin.
1-guruh savoli: O'rta Osiyoni tadqiq etgan Labnor ko'li va yovvoyi o'tlarni
topgan sayyoh kim?
Javob: Prjevalskiy.
Demak, 1-guruh kemasining nomi «Prjevalskiy».
2-guruh savoli: O'rta Osiyodagi tog'larni o'rgangan va shu tog'lardan biri
uning taxallusiga aylangan olim nomini aniqlang.
Javob: Semyon Tyan-Shanskiy.
Demak, 2-guruh kemasining nomi «Semyon Tyan-Shanskiy».
3-guruh savoli: Pomir tog'laridagi eng uzun muzlikka qaysi olimning nomi
qo'yilgan?
Javob: Fedchenko.
Demak, 3-guruh kemasining nomi «Fedchenko».
Kemalar barpo qilinib, bayroqlar, nomlar yoziladi. Bular doskaga magnitli
qog'ozchalar yordamida yopishtirilsa yaxshi bo'ladi. Endi o'quvchilar o'zlari
sayohat qilishlari kerak bo'lgan orolni tanlashadi. Aytaylik, o'quvchilar
Indoneziyadagi orolni tanlashdi. Orollar atrofini mustahkam tosh to'siqlar to'sib
turadi. Bu to'siqlar soni o'qituvchi yangi bo'yicha tayyorlagan savollarga mos
keladi. Har bir to'siq bitta savol o'quvchilar istagan orolni tanlashadi. Masalan,
Madagaskar, Shri-Lanka va hokazo orollar rasmi temir doskaga yopishtiriladi.
Atrofi yumaloq qoyalar bilan o'raladi. Qoya belgisi orqasiga magnit yopishtiriladi.
O'qituvchi orol atrofiga 10 ta qoya qo'ygan bo'lsa, shu asosda 10 ta yangi
mavzudagi savollar beriladi. O'quvchilar kengashib uni bayon etishadi. Savolga
to'g'ri javob bergan kema 1 ballga ega bo'ladi. Ularning kemasiga bitta qoya rasmi
26
joylashadi. Shu zaylda kemalar orolga qarab suzib boradi. Qoyalarga kemalardan
to'p yoki torpeda otiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: