3. Karbon kislotalar va ularning tuzlarini dekarboksillash. Karbon kislotalarni dekarboksillash uglevodorodlar olishning umumiy usulidir:
R– COOH R– H + CO2
To‘yingan monokarbon kislotalarning suvsiz natriyli tuzlari o‘yuvchi natriy, natron ohak yoki bariy gidroksid bilan aralashtirib qizdirilganda ham alkanlar hosil bo‘ladi (Dyuma):
CH3COONa +NaOH CH4 +Na2CO3
4. To‘yingan monokarbon kislotalar tuzlarining suvdagi eritmasini elektroliz qilish (Kolbe, 1849-yil).
2R– COONa +2H2O R– R + 2CO2 +2NaOH+ H2
Metanning struktura va fazoviy tuzilishi:
2.4.2.-rasm: Navoiy yonilg’i zavodi
Qo’shimcha sifatida dars so’ngida o’quvchilarga alkanlar bilan bog’liq laboratoriya tajribalari ko’rsatib, so’ng ulardan izoh talab qilish orqali ham o’quvchilarda fikr va mulohazalar tug’dirish mumkin. Quyida misol tariqasida bir necha laboratoriya mashg’ulotlari keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |