Misli, ruxli, marganesli, molibdenli, kobaltli o‘g‘itlar. Misli o‘g‘itlarga odamlarning sutkalik talabi 2 mg atrofida bo‘ladi. Misli o‘g‘it sifatida sulfat kislota ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan kolchedan kuyundisi va mis ishlab chiqarishda hosil bo‘luvchi kuyundilar qo‘llaniladi. Ular tarkibida 0,3-0,6% mis va boshqa mikroelementlar Zn, Co, Mo saqlaydi. Konsentrlangan misli o‘g‘it sifatida mis ko‘parosi, CuSO4·5H2O (tarkibida 23,4-24% gacha Cu saqlaydi) qo‘llaniladi. U ham sof holda, ham boshqa o‘g‘itlarga qo‘shib ishlatiladi. Masalan, miskaliyli o‘g‘it (90% KCl 1%-Su dan iborat). B markali ammofos (0,3-0,5%Cu saqlaydi) ishlab chiqariladi.
Ruxli o‘g‘it sifatida ZnSO4·5H2O (21,8-22,5% Zn saqlaydi) hamda ruhli belila ishlab chiqarish korxonalarining chiqindisidan olinadigan PMU-7 markali (polimernoe mednoe udobreniya) bosh harflaridan olingan, tarkibida 25% gacha Zn saqlaydi) o‘g‘itlar ishlatiladi. PMU-7 tarkibida Mn va boshqa mikroelementlar ham uchraydi. Ruxli o‘g‘itlarni 1,4% gacha atmosferaga, 1,5-1,7% gacha karbamidga qo‘shib ishlatilganda yaxshi foyda beradi.
Marganetsli o‘g‘it sifatida marganetsli rudalarni ho‘l usulda boyitilganda hosil bo‘ladigan chiqindi ham ishlatiladi. U tarkibida 14%gacha MnO2 ushlaydi, ammo u suvda juda qiyin eriydi. Suvda yaxshi eruvchi marganetsli o‘g‘it bu MnSO4·5H2O dir. U karbonatli marganets rudalarini sulfat kislota bilan ishlov berib olinadi.
Oddiy superfosfatga donadorlashdan oldin MnSO4·5H2O qo‘shib marganetslangan oddiy superfosfat olinadi u tarkibida 19% gacha P2O5 va 1,5% gacha Mn ushlaydi.
Asosiy molibdenli o‘g‘itlarga ammoniy paramolibdat 3(NH4)2O ·7MoO3· 4H2O yoki ammoniy molibdat 5(NH4)2O·12MoO3·7H2O hamda natriy-ammoniy molibdatlar kiradi. Ferroqotishmalar ishlab chiqarishning chiqindilaridan hamda elektr lampochkalar ishlab chiqarish chiqindilaridan olinadi. Ularning superfosfatga qo‘shib molibdenli superfosfatlar ishlab chiqariladi (tarkibida 0,13- 0,03% gacha Mo saqlaydi). Qo‘sh superfosfatga (0,8% gacha Mo saqlaydi) hamda nitroammofoskka ham (0,2% Mo saqlaydi) qo‘shiladi. Kobaltli o‘g‘itlar asosan sulfatli va xlorli Сo tuzlari shaklida foydalaniladi. Qo‘sh superfosfatga va nitroammofoskka 0,1% gacha qo‘shiladi, fosfat uniga 0,001-0,02% gacha qo‘shiladi.
Shuningdek, kompleks mikroo‘g‘itlar ham ishlab chiqariladi. Shundaylardan mis, rux, kobalt, marganets sulfatlari, ammoniy molibdat va kaliy yodidlarini borat kislota bilan qo‘shib tayyorlanadi. Ular tarkibida 5,5% B, 2,8% Cu, 5,5% Zn, 0,1% dan Mo, Co va J, 11% Mn saqlaydi. Ular massasi 0,18 va 0,36g li tabletkalar shaklida hamda kukunlar shaklida chiqariladi. Sobiq ittifoq davrida 10 xil markada mikroo‘g‘itlar ishlab chiqarilgan[15,16-19].
Do'stlaringiz bilan baham: |