Kimyo sanoati chiqindilaridan tayyorlangan kompostdan foydalanilganda g‘o‘zaning hosildorligini o‘zgarishi
Variant
|
Hosildorlik, kg
|
Hosildorlik, mos holda kg/ga
|
№
|
kg kompost/sotix
|
Terimlar
|
Jami
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
1
|
10
|
22
|
17
|
7
|
3
|
49
|
4900
|
2
|
12
|
22
|
19
|
7
|
3
|
51
|
5100
|
3
|
14
|
23
|
19
|
8
|
3
|
53
|
5300
|
4
|
16
|
24
|
20
|
8
|
2
|
54
|
5400
|
5
|
18
|
23
|
19
|
7
|
2
|
51
|
5100
|
Nazorat (chiqindi
solinmagan)
|
20
|
16
|
7
|
2
|
45
|
4500
|
Tajribalar natijasida ma’lum bo‘ldiki, Samarqand kimyo kombinati chiqindilardan tayyorlangan kompostni gektariga har xil miqdorda berish g‘o‘za hosildorligini turlicha darajada oshirdi. Bir sotix maydonga 10 kg (gektariga 1000 kg) mikroo‘g‘it berilganda hosildorlik nazorat variantiga nisbatan 8,8%ga oshirish mumkin.
3.2-chizma. Kimyo sanoati chiqindilaridan tayyorlangan kompostdan foydalanilganda g‘o‘zaning hosildorligining o‘zgarishi
Xuddi shu tarzda 12 kg (gektariga 1200 kg), 14 kg (gektariga 1400 kg), 16 kg (gektariga 1600 kg) va 18 kg (gektariga 1800 kg) kompost berilgan variantlarda g‘o‘za hosildorligi mos tarzda 13,3%, 17,7%, % va 20,0%ga ortishi kuzatildi. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, Samarqand kimyo kombinati chiqindilaridan tayorlangan kompostdan foydalanilganda, gektariga 1600 kg miqdorda berish, eng yuqori hosil olish(nazoratga nisbatan 20,0% ko‘p) imkonini beradi[28,29,31].
QISHLOQ XOJALIK MAXSULOTLARIDAN YUQORI XOSIL ОLISH JАRАYONIGА INVESTITSIYANI JАLB QILISH
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha tajribalar to‘plandi va ular bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning geografik xududiy joylashuvi, xilma xil tabiiy foydali qazilma boyliklarga ega ekanligi, yurtimizdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, mamlakatimizni jahon hamjamiyatidagi o‘rni va obro‘si, xorijiy sarmoyalar uchun ishonchli hamkor ekanligi, xorijiy hamkorlar uchun sharoitning qulayligi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda boshqa davlatlarga nisbatan qator ustunliklar beradi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini byudjet hisobiga moliyalashtirish tizimi bizningcha, agrar sektorni rivojlantirishning asosiy strategik maqsadlarini - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini zarur miqdorda etishtirish, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloqda xo‘jalik yuritishning istiqbolli shakllarini rivojlantirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksportga chiqarish samaradorligini oshirishni aks ettirish tamoyili bo‘yicha yaratilishi lozim.
Byudjet mablag‘laridan foydalanish tahlili qishloq xo‘jaligiga subsidiyalar ajratishning davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash normativlariga asoslangan, xo‘jalik guruhlari va hududlar bo‘yicha taqsimlangan, xo‘jalik faoliyati iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirishga yo‘naltirilgan tashkiliy-iqtisodiy modelini ishlab chiqish zaruratini ko‘rsatadi.
Xalqaro tajribani umumlashtirish ko‘pchilik mamlakatlar uchun agrar xo‘jaliklarni himoya qilishning eng ahamiyatli va umumiy yo‘nalishlarini, xususan, quyidagilarni aniqlashga imkon beradi:
qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni himoyalash bo‘yicha profilaktika tadbirlari qonunchilik me’yorlari asosida amalga oshiriladi. Jahon narxlari kon’yunkturasi yoki tabiiy iqlim muammolari qulay bo‘lmagan sharoitlarda maxsus chora tadbirlar amalga oshiriladi.
agrar xo‘jaliklarda bankrotga uchraganlik belgilarini aniqlashda qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari hisobga olinadi. Bunda
barcha mamlakatlarda kichik imkon topilish bilan qimmat turuvchi bankrot jarayonlarini aylanib o‘tish tendensiyasi ko‘zga tashlanib turibdi.
qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning bankrot rejimi birmuncha avaylash xarakteriga ega bo‘lib, bu bir tomondan ishlab chiqarishning o‘zini biznes sifatida saqlab qolishga, ikkinchi tomondan esa bankrotga uchragan korxonaga yordam ko‘rsatish va hatto uning yangi biznes boshlashiga ko‘maklashishga imkon beradi.
bankrotning qayta tiklash jarayonlari qayta tuzilmalash, kuzatuv, sanatsiya kabilar keng qo‘llanib, ular ishlab chiqarishni tugatishdan ko‘ra afzal hisoblanadi.
Mazkur amaliyot O‘zbekiston uchun ham qiziqish uyg‘otishi shubhasiz, albatta. Quyida respublikamizda amal qiluvchi, mos keluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar va jahon tajribalarini umumlashtirish asosida berilgan tavsiyalar keltirilgan. Fermer xo‘jaliklarining moliyaviy nochorliklarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, xususan, quyidagilar muhim ahamiyat kasb etmoqda: suv bilan ta’minlash va tuproq mahsuldorligini muhofaza qilish tizimlarini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash; tijorat banklarining qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga imtiyozli kreditlar berishini rag‘batlantirish va Moliya vazirligi qoshidagi davlat ehtiyojlari uchun xaridlar bo‘yicha hisob kitob jamg‘armasi orqali hisob kitob qilishdan asta- sekinlik bilan voz kechish.
Qishloq xo‘jaligida moliya-sanoat guruhlarini samaradorligini oshirish uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini davlat yo‘li bilan tayyorlash, sanoat bilan qishloq xo‘jaligi o‘rtasidagi iktisodiy aloqalarning amalga oshiruvchi pul tovar muomalasining rivojlantirish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sotib olish respublika mikyosida yagona davlat rejasiga asosan olib boriladi.
Namangan viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va uni qayta ishlash asosida aholini oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlarini xom ashyo bilan ta’minlashdan iborat murakkab tizimni tashkil qiladi. Qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarish tizimida paxtachilik va bu tarmoq bilan bog‘liq qayta ishlash sanoati (paxta tozalash va yog‘ moy korxonalari) etakchi mavqeni egallaydi.
Qishlok xo‘jaligi moliya-sanoat guruhlari tarkibidagi mahsulotlarini tayyorlash va davlatga topshirishning mohiyati aholini yil davomida uzluksiz oziq- ovqat bilan, sanoatni xom ashyo bilan ta’minlab turish extiyot fondlar yaratish chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatish, mamlakatning o‘z ichidagi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish kabi zaruriyatlaridan kelib chiqadi. Ana shu ehtiyojlarni qondirish uchun davlat uzining oziq-ovqat fondiga ega bo‘lish kerak. Bunday fondga ega bulmagan davlatning siyosati quruq safsata bozlikdan yoki xayolparaslikdan boshka narsa emas. Moliya sanoat guruhlari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish yuli bilan qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga katta ta’sir kursatadi. Moliya sanoat guruhlari davlat xo‘jaliklariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish uchun buyurtma berish yuli bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini kat’iy baxolarda sotilishiga kafolat beradi.
Dexqonchilik va chorvachilik samaradorligi asosan ishlab chikarishning tashkil etilishiga boglik. Shuning uchun qishloq xo‘jalik korxonalarini boshkarish va tashkil etish formalarini takomillashtirish birinchi darajali axamiyatga ega bo‘lgan ishdir. Iqtisodiy isloxotlarning xal kiluvchi bug‘ini sifatida qishloq xo‘jaligida moliya sanoat guruhlari jadal rivojlantirishga aloxida e’tibor berildi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror, erkin bozor iqtisodiyotiga, kuchli demokratik huquqiy davlatni barpo etish maqsadida respublikaning barcha sohalarida, jumladan, qishloq xo‘jaligida ulkan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar davlat rahbarligida bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. Dastavval, qishloq xo‘jaligida moliya snoat gurhlarni mustahkam barpo etilishini, yuritilishini ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lgan huquqiy asosi yaratilib, rivojlantirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi moliya sanoat guruhlarini istiqbolda asosiy maqsadiga erishishi uchun turli xildagi mahsulotlar etishtiriladi, ishlar, xizmatlar bajariladi, ular talabni qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi. Korxonalar, birlashmalar, tarmoqlar (tuman, viloyat, respublika) miqyosida kechayotgan bu jarayonlar erkin
bozor munosabatlari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Ularni nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida hal etish uchun respublikada tub islohotlarni amalga oshirish zarur.
Bozor islohotlarini amalga oshirish boshlangan paytdan boshlab mamlakatimizda agrar sohani tartibga solishning bozor va nobozor mexanizmlari, davlatning ushbu jarayondagi ishtiroki borasida qizg‘in bahs munozaralar olib borilmoqda. Gap shundaki, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning hozirgi bosqichida biz bozor agrar xo‘jaliklari ichki va tashqi muhitining rivojlanishini belgilab beruvchi omilga aylanib ulgurganligi haqida bemalol gapira olamiz. SHu sababli ularning faoliyatida raqobatbardoshlik asosiy tamoyil hisoblanadi. Bunday sharoitlarda tarmoqni qat’iy boshqarish o‘rniga asta sekinlik bilan bozor faoliyati va huquqiy me’yorlarni nazorat qilish joriy qilinmoqda.
Yuqorida moliya-sanoat guruhlari iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratishda xalqimiz hamda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqazo etiladi[31,32].
XULOSALAR
O‘simliklarda mikroelementlar miqdori turlicha bo‘lib, u nafaqat ularning shakliga, balki tuproq tipiga, ulardagi mikroelementlar miqdoriga, bundan tashqari ularning o‘simlik uchun layoqatligiga bog‘liq. To‘q tusli o‘tloq tuproqlarda o‘stirilgan g‘o‘zada bor va marganes miqdori ko‘p bo‘lsa, bo‘z tuproqlarda kam bo‘ladi. G‘o‘za barglarida bor va marganes eng ko‘p miqdorda uchrasa, poya va chanoqda bor kam, tola va chigitda esa marganes kam bo‘ladi.
O‘zbekiston tuproqlarida bor va marganes miqdoriga oid masala yetarlicha o‘rganilgan. Ushbu elementlar mineral shaklda ham, organik birikmaklar shaklida ham uchrashi mumkin. Tuproq kislotaligi ortishi bilan ularning harakatchanligi oshadi.
To‘plangan ma’lumotlar ruxli o‘g‘itlarni birinchi navbatda fosforli o‘g‘itlardan yuqori dozada foydalaniladigan hududlarda va fosfatlarga ko‘ra yuqori unumdor ( P2O5 30 mg/kg dan ortiq) tuproqlarda qo‘llash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi.
G‘o‘za ruxli mikroo‘g‘itlarni qo‘llash hisobiga o‘simlikning o‘sishi, meva tugishi yaxshilanadi, ko‘saklarning ochilishi tezlashadi, paxta hosili 2,1-4,9 s/ga oshadi va sifati yaxshilanadi.
Sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindilarning tarkibini aniqlash, ularning zararli jihatlarini o‘rganish va chiqindilarni zararsizlantirishning optimal usullarini ishlab chiqish hamda ulardan oqilona foydalanish istiqbollarini yaratish dolzarb masalalardan biridir.
Kimyo sanoati chiqindilari insonlar sog‘lig‘i va atrof muhit uchun salbiy ta’sirli chiqindilardan biri hisoblanadi. Ushbu chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan oqilona foydalanish uchun ularni tuproq bakteriyalari asosida fermentatsiyalab, kompost tayyorlash va ulardan o‘simliklar, jumladan g‘o‘za o‘simligining hosildorligini oshirish uchun qo‘llash mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, halqimiz faravonligini oshirishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruza. -Toshkyent. 21.01.2011.
Karimov I.A. Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida. «Xalq so’zi». 2008 yil 22 oktyabr.
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T. O’zbekiston, 2012.
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida. «Qishloq hayoti». 2007 yil 15 oktyabr.
J. Sattorov, S. Sidiqov, S. Abdullayev, A. Ergashev, Z. Xaidmuhamedova, Ya. Kulmurodova, U. Qosimov, N. Akbarov. «Agrokimyo». Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2011.y
Sidiqov S. Umumiy dehqonchilik. Toshkent, Universitet, 2008.
Musayev B.S. Agrokimyo (darslik). – Т.: «Sharq», 2001.
www.ziyonet.uz
Gafurova L.A., Abdullayev S .A , Nomozov X. Meliorativ tuproqshunoslik. Milliy ensiklopediya, 2004.
Zokirov Х.Х. Agrokimyo. Toshkent, Universitet, 1998.
www.referat.arxiv.uz
Abdullayev З.Л. Tuproq meliorasiyasi. Toshkent, Universitet, 2000.
Sattorov J.S. Tuproqdagi oziq elementlar zaxirasini saqlash va ko'paytirish usullari va rezervlari. Toshkent, Agroizdat, 2004.
www.lectures.ndpi.uz
Т.Саттаров ва б./ Ўсимлик ривожланишида кальцийнинг роли, Биоорганик кимё муаммолари. Республика ёш кимёгарлар конференцияси. Наманган. 2011 й. III-сон. 25-26 ноябр.
G‘afurov Q., Shamshidinov I. Mineral o‘g‘itlar va tuzlar texnologiyasi. T. Fan va texnologiya, 2007.
Kattayev N. Kimyoviy texnologiya. – T.: «Yangiyul polygraph service» MCHJ, 2008
Do'stlaringiz bilan baham: |