O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“ TABIIY FANLAR” FAKULTETI
“BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI” TA’LIM YO’NALISHI
2- “B” GURUH TALABASI
Kamolova Shahnozaning ZOOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN
MAVZU: Amfibiyalar biologiyasi.
Bajardi: Kamolova Shahnoza
Tekshirgan o’qit: SOHIBNAZAROV.R.A
Navoiy – 2016yil
REJA:
I. Kirish.
1.1.Amfbiyalar sinfiga umiy xarakteristika klassifikatsiyasi ……
|
3
|
II. Asosiy qism
|
|
2.1. Amfibiyalarning sistematikasi……………………………..
|
5
|
.2. Amfibiyalarning tashqi tuzulishi ……………………..
|
10
|
2. 3. Amfibiyalarning ichki tuzulishi , embrion rivojlanishining o’ ziga xos xususiyatlari………………………………
|
16
|
2.4. Amfibiyalarning yashash sharoiti, tarqalishi va iqtisodiy ahamiyati…….………………………………………………..
|
24
|
III. Xulosa………………………………………………………
|
29
|
IV. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………
|
31
| KIRISH
Suvda va quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar xali suv muxiti bilan anchagina aloqasini saqlab qolgan birinchi quruqlikka chiqqan umurtqali xayvonlardir. Quruqlikka yashashga o’tish bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tuzulishi baliqlarga nisbattan takomillashgan xususan skeletining tayanch vazifasini bajarishga o’tishi bilan uzun naysimon suyaklar paydo bo’lishi oyoqlarning vujudga kelishiga sabab bo’lgan.Quruqlikda yashash atmosfera havosi bilan nafas olishga imkon beruvchi organ – o’pkaning rivojlanishiga, qon aylanish, nevr sistemasi va sezgi organlarining takomillashuviga olib kelgan.Shuning bilan birga suvda va quruqlikda yashovchilar skeletida tog’ayning ko’p bo’lishi, nafas olish, ayirish, qon aylanish, nerv sitemalari va boshqa organlarining sodda tuzulganligi, lichinkasining yon chiziqlari , dumi, yuragining ikki kameradan
, qon aylanish sistemasining bir doiradan iboratligi ularni quruqlikda yashovchi eng soda tuzulgan umurtqali hayvon ekanligini ko’rsatadi. Ko’pchilik Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning hayoti voyaga yetgan davrida ham suv bilan bevosita bog’liq. Aksariyat ko‘pchilik turlarini tuxumlari qattiq po‘st bilan qoplanmagan va faqat suvda rivojlanadi. Lichinkalari (itbalig‘i) faqat suvda yashaydi. Xayoti davomida ular o‘z boshidan metomarfoz davrini o‘tkazadi, ya’ni itbaliqdan quruqlikda yashaydigan xolga aylanadi. Buning natijasida jabra yo‘qolib, uning o‘rniga o‘pka xosil bo‘ladi, oyoqlar rivojlanadi.Lichinkalarida metamarfoz davridan keyin voyaga yetgan individga xos organlar paydo bo’ladi va quruqlikda ham yashayveradi. Voyaga yetgan amfibiyalar uchun sharnir bo’g’inli juft oyoqlar xarakterlidir .
Bosh skeletining ensa qismida ikkita ensa bo’rtmasi bo’yin umurtqasi bilan harakatchan qo’shiladi. Tanglay – kvadrat tog’ayi miyaquttisiga qo’shilib ketadi. Bunday tipdagi bog’lanishga autositiliya deyiladi. Tilosti yoyining ustki elementi hisoblangan giomandibulyare _ ostki suyak o’rta quloq
bo’shlig’ida joylashgan uzangi suyagiga aylanadi,chanoq kamari dumg’oza umurtqasining ko’ndalang umurtqalariga yopishib turadi. Ikkita qon aylanish doirasi vujudga keladi, yuragi ikkita yurak bo’lmasidan va bitta yurak qorinchasidan tashkil topgan. Ko’ zlarida harakatchan qovoqlari bor. Yon chiziq organlari yo’qolib ketgan. Oldingi miya ancha kattaradi va ikkita yarim sharga ajraladi. Uningqopqog’ida nerv moddasi to’planadi. Amfibiyalarning o’rtacha metabolizm darajasi baliqlarga nisbattan ancha yuqori bo’ladi. Shu bilan bir qatorda amfibiyalar suvda yashovchi umurtqalilarning ham bir qancha xususiyatlarini saqlab qolgan. Terisi suv va gazni o’tkazib turadi. Ayirish organi bo’lib tana mezonefretik buyrak va teri xizmat qiladi. Poykiloterm_ tana harorati tashqi muhit harorat bog’liq bo’ladi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |