1. Konsentrasiyaning ta'siri.
Muvozanatda turgan sistemadagi biron moddaning konsentrasiyasi oshirilsa, sistemada mumkin bo’lgan reaksiyalardan shunday reaksiya kuchayadiki,natijada konsentratsiya oshirilgan modda sarf bo’ladi va kimyoviy modda shu modda sarf bulishi tomonga siljiydi. Masalan,
CO2+ H2 = CO + H2O
tenglamasi bilan ifodalanadigan muvozanatdagi sistama berilgan bo’lsa, bu sistemaga qo’shimcha CO bersak, sistema CO konsentratsiyasini kamaytirishga intiladi. Aksincha, agar CO ning miqdorini kamaytirsak, sistema uni ko’paytirishga intiladi, ya’ni kimyoviy muvozanat chap tomonga siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |