9
I BOB. YENGIL SANOAT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH VA
UNING MINTAQAVIY MUAMMOLARI
1.1.Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish nazariyasi va metodologiyasi
O‗zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi,
xalqaro munosabatlar tizimida munosib o‗rin egallashi, o‗z manfaatlarini siyosiy,
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy sohalarda sobitqadamlik bilan amalga
oshirishi bilan belgilanadi. Birinchi prezidentimiz I.A Karimov ta‘kidlagani kabi:
―Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va
jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang-
barangligini o‗z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko‗ramiz. Biz butun
ma‘rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch- totuv, erkin va farovon hayot
kechirish, o‗zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz―
2
. Mustaqillik yillarida
bu borada katta muvaffaqiyatlar qo‗lga kiritildi. Xususan, respublikamiz tashqi
siyosatini har tomonlama rivojlantirish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar
bilan tengma- teng manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ko‗plab ishlar
amalga oshirildi. Xalqaro aloqalar va iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga
yo‗naltirilgan davlatlararo bitimlar qabul qilindi.
Bozor munosabatlariga o‗tish respublika iqtisodiyotining turli jabhalarida
bo‗lganidek, sanoatda ham tub tarkibiy va hududiy islohotlar o‗tkazishni talab etdi.
CHunki, O‗zbekistonda sobiq Ittifoq davrida shakllantirilgan mamlakat sanoati tor
ixtisosli bir qancha tarmoqlarni qamrab olgan bo‗lib, uning tarmoq va hududiy
joylanishi ancha nomukammal va qoloq texnologiyaga asoslangan edi. Aynan shu
sababli
mustaqillikning
dastlabki
yillarida
respublika
sanoati
jiddiy
qiyinchiliklarga duch keldi va unda islohotlar iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga
qaraganda birmuncha og‗ir kechdi. Sanoat ishlab chiqarishida olib borilgan
islohotlarga qaramay, og‗ir sanoat tarmoqlarining ustunligi saqlanib qolmoqda.
Ayni vaqtda hududlarda yangi quvvatlarning tashkil etilishi hamda eski sanoat
rayonlarida ishlab chiqarishning qisqarishi natijasida mintaqalarning mamlakat
iqtisodiyotidagi salmog‗i biroz o‗zgardi. Binobarin, bozor munosabatlariga o‗tish
2
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch.-Т.: ―Ma‘naviyat‖, 2008, 114-b.
10
sharoitida sanoat tarmoqlari rivojlanishining asosiy yo‗nalishlarini tanlab olish
lozim. Xususan, respublikamizda gidromeliorativ, agroindustrial, to‗qimachilik
industrial, rangdor metallurgiya, neft-gaz-kimyo va boshqa energiya ishlab
chiqarish sikllarini joriy etish zarur.
XX asrda 2-yarmida jahon to‗qimachilik sanoatining hududiy tarkibi ancha
o‗zgardi. Ayniqsa, xom ashyo va ishchi kuchiga bo‗lgan sarf-xarajatlar kattaligi
sababli ko‗pchilik eski sanoat tarmoqlari kabi to‗qimachilik sanoati ham xom
ashyo va arzon ishchi kuchi rayonlariga siljidi. Eng so‗nggi yillarda to‗qimachilik
sanoati bo‗yicha Evropa mamlakatlari hamda AQSHning mavqei pasayib, uning
asosiy markazi sharqga, Osiyoga ko‗chmoqda.
Ma‘lumki, respublika o‗zining mavjud boy tabiiy resurslari, ishlab chiqarish,
ilmiy-texnikaviy va inson salohiyati bo‗yicha jahon xo‗jalik tizimida alohida
o‗rinni egallab kelmoqda. Jumladan, respublika sanoatining iqtisodiy ahamiyati
asosan uning iqtisodiy o‗sishini ta‘minlash, eksport salohiyatini oshirish, milliy
bozorni investitsion va yengil sanoat mahsulotlaribilan to‗ldirishdagi roli bilan
belgilanadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida sanoatning ko‗proq xom ashyo
qazib oluvchi, qayta ishlovchi va iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sohalari
ustun rivojlandi. Buning natijasida yoqilg‗i mustaqilligi ta‘minlandi, mahalliy xom
ashyoni qayta ishlash darajasi ortib, ichki iste‘mol bozori mahalliy ishlab
chiqaruvchilar mahsulotlari bilan to‗yintirildi.
O‗zbekiston iqtisodiyotida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda yengil
sanoat markaziy o‗rinda turadi, chunki, ushbu tarmoq aholi iste‘mol tovarlari
ishlab chiqarish davomida bozor ehtiyojlarining katta qismi to‗yinishiga ta‘sir
qiladi. Bundan tashqari, ko‗p miqdordagi ish o‗rinlari bilan ta‘minlashda, asosan
ayollarning band bo‗lishi sanoat rayonlarida demografik balansni ushlab turish
imkonini beradi. Eng asosiy va muhim omillardan biri, bu – eksport salohiyatining
o‗sishidir. Bu jihat respublika iqtisodiy salohiyati va turmush darajasi o‗sishiga
to‗g‗ri mutanosiblikda rivojlanmoqda.
O‗zbekiston ko‗p yo‗nalishlarni o‗ziga qamrab olgan yengil sanoat tizimiga
ega bo‗lib, uning hissasiga sanoat mahsulotining 25 foizi, ishlab chiqarish asosiy
11
fondlarining 13 foizi to‗g‗ri keladi. SHu bilan birga, mazkur tarmoqda sanoat
xodimlarining 32 foizi mehnat qilmoqda.
SHuningdek, yengil sanoatning barcha tarmoqlarini rivojlantirish va
ta‘minlash uchun boy xomashyo bazalari (paxta, jun, qorako‗l, ipak, neft, gaz va
hokazo)ga, bundan tashqari, iqtisodiyotni tez sur‘atlarda rivojlantirish uchun etarli
darajadagi shart-sharoitlar (tabiiy-iqlim, hududiy va mehnat resurslari)ga ham
egadir. Agar 1991 yilda respublikada etishtirilgan paxta tolasining etti foizi qayta
ishlangan bo‗lsa, hozirgi kunda yengil sanoat korxonalari tomonidan 40 foiz paxta
xomashyosi qayta ishlanmoqda. 2030 yilga borib, respublikamizda etishtiriladigan
paxta xom ashyosining 100 foizi qayta ishlanib, ishlab chiqarish hajmini 5,6
martaga oshirishning ustuvor yo‗nalishlari amalga oshiriladi.
Bozor munosabatlariga o‗tish davrida aholini ijtimoiy muhofaza qilish
jarayonida xalq xo‗jaligi tarmoqlarini rivojlanish barqarorligi ta‘minlanadi.
CHunonchi, har bir xalq xo‗jaligi tarmog‗ida yaratilayotgan mahsulot birligi
dastavval inson uchun xizmat qiladi. Aholi sonining ortib borishi jarayonida
aholining iste‘mol ko‗rsatkichlari ham ortib boradi va albatta bu xalq xo‗jaligi
tarmoqlarida ham iste‘mol mollarini ishlab chiqarishni ko‗paytirishni taqozo etadi.
Aynan shu jarayonda xalq xo‗jaligi tarmoqlarining aholi va uning ko‗payishiga
bog‗liqligi yanada yaqqol ko‗zga tashlanadi.
Bozor munosabatlariga o‗tishning ilk davrlarida albatta aholini ijtimoiy
muhofaza qilishda ba‘zi bir qiyinchiliklarga duch kelish tabiiy xolat hisoblanadi.
Bu qiyinchiliklarni engib o‗tish xalq xo‗jaligi tarmoqlariga bog‗liq bo‗lib qoladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida aholini yengil sanoat mahsulotlari bilan
ta‘minlash uchun respublikamiz boy qishloq xo‗jaligi, mineral xom- ashyo va
mehnat resurslari mavjuddir.
Ichki iste‘mol bozorini to‗ydirish eng avvalo yengil va oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‗liq. Yengil sanoat mahsulotlariishlab
chiqaradigan tarmoqlar majmuasi yengil va oziq- ovqat sanoatini o‗z ichiga oladi.
Hozirgi kunda og‗ir sanoatning bir qator tarmoqlari ham tobora ko‗plab ishlab
chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlari tayyorlashda ishtirok etmoqda.
12
Umuman olganda, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan tarmoqlar
mamlakat iqtisodiyotining alohida bir sohasini tashkil etmasada, tarmoqlararo
kompleks hisoblanadi.
Mamlakat yoki mintaqada xalq xo‗jaligi tarmoqlarini joylashtirishning
o‗ziga xosligi va qonuniyatlari, bu tarmoqlarning sezilarli darajada kompleks
ravishda o‗zaro ta‘sir kuchi, aholining oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar
bilan ta‘minlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash
dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi,
respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi.
1995 yilda sanoat ishlab chiqarishning hajmi 1990 yilga nisbatan 0,2 foizga
kamayganiga qaramay, 2000 yildan boshlab (1990 yilga nisbatan) o`sish 1,2 m.,
2005 yilda – 1,8 m., 2010 yilda – 3,0 m. va 2016 yilda esa 4,6 m. oshganini
ko`rsatmoqda. (1-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |